

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1417932" id="onLBC-1417932">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6648"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1417932" id="onLS-1417932">[<b>TSZ:</b><div id="LS3750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1417941" id="-1417941">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1417942" id="-1417942">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1417943" id="-1417943">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLARNING BANKLARI VAKOLATXONALARINI AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI <a href="/acts/-4590452#-4591226">NIZOMNI </a>TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1417945" id="-1417945">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 1883-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1417946" id="-1417946"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417947" id="-1417947">Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/acts/-72266#-129680">7</a>, <a href="/acts/-72266#-129699">9</a> va <a href="/acts/-72266#-129760">17-moddalariga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417949" id="-1417949">1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-1417932#-1417977">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417953" id="-1417953">2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1996-yil 20-iyulda 241-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el banklari vakolatxonalarini ochish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va akkreditatsiyalash tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-823362">nizom</a> (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 598) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417957" id="-1417957">3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1417959" id="-1417959">Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1417961" id="-1417961">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1417965" id="-1417965">2008-yil 22-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1417967" id="-1417967">26/6-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1417970" id="-1417970"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-1417976" id="-1417976">Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 22-noyabrdagi 26/6-sonli <a href="/acts/-1417932">qarori</a> bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1417977" id="-1417977">Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1417979" id="-1417979"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1417980" id="-1417980"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417988" id="-1417988">Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/acts/-4590452">Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-4581969">Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida</a>” va “<a href="/acts/-4562834">Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1417989" id="-1417989">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417992" id="-1417992">1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417994" id="-1417994"><strong>xorijiy davlatning <a href="/acts/-4581969#-5608329">banki </a></strong>(keyingi oʻrinlarda — Bank) xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan va u joylashgan hamda roʻyxatga olingan joydagi bank nazorati organi tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bank;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1417998" id="-1417998"><strong>xorijiy davlatning banki <a href="/acts/-4581969#-4582826">vakolatxonasi </a></strong>(keyingi oʻrinlarda — Vakolatxona) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning akkreditatsiya qilinganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4590452#-4590654">Markaziy bankining </a>sertifikatiga ega boʻlgan, bank va boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanish huquqisiz Bank manfaatlarini koʻzlab ish yuritadigan alohida Bank boʻlinmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418001" id="-1418001"><strong>vakolatxonani <a href="/acts/-4581969#-4582827">akkreditatsiya qilish </a></strong>— xorijiy davlatning banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz Vakolatxonasini ochish va uning faoliyat olib borishi uchun ruxsat berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418004" id="-1418004"><strong>akkreditatsiya toʻgʻrisida sertifikat</strong> (keyingi oʻrinlarda — Sertifikat) — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Vakolatxona akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi yozma hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418007" id="-1418007">2. Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi bank sohasidagi iqtisodiy vaziyatni va holatni oʻrganish maqsadida, maslahat berish, Oʻzbekiston Respublikasida <a href="/acts/-4581969#-5679653">Bank </a>manfaatlarini ifodalash, kredit tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Bank tomonidan tashkil etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1418010" id="-1418010">II. Bank Vakolatxonasini ochish va akkreditatsiya qilish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418011" id="-1418011">3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida Bankning Vakolatxonasini akkreditatsiya qilish masalasini Bank ariza taqdim etganda koʻrib <a href="/acts/-4581969#-4582827">chiqadi</a>. Bunda, Bank oʻzining davlatida kamida besh yil mobaynida faoliyat koʻrsatayotgan, bank tizimida yaxshi obroʻ-eʼtiborga va mustahkam moliyaviy holatga ega boʻlib, ushbu maʼlumotlar Bankni <a href="/acts/-4590452#-4590755">roʻyxatdan </a>oʻtkazgan davlatning bank <a href="/acts/-4590452#-4590654">nazorati organi </a>tomonidan tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825429" id="edi-5825429"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418012">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825429" id="-5825429">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824569">qaroriga</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418013" id="-1418013">5. Oʻzbekiston Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochish istagini bildirgan Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418014" id="-1418014">a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi nomiga, quyidagilar qayd etilgan holda ariza:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418015" id="-1418015">vakolatxonani tashkil etish zaruriyati toʻgʻrisidagi asos;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418018" id="-1418018">moʻljallanayotgan faoliyat dasturi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418019" id="-1418019">Bankning Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, Vakolatxona tomonidan bajarilishiga koʻmaklashishni koʻzda tutadigan shartnoma va bitimlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418022" id="-1418022">hamkorlikning rivojlanish istiqbollari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418023" id="-1418023">Bank nomidan ishlarni olib borish vakolatiga ega boʻlgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418024" id="-1418024">b) Bankning Oʻzbekiston Respublikasi hududida Vakolatxona ochish toʻgʻrisidagi qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418025" id="-1418025">v) Bank ustavi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418026" id="-1418026">g) Bankning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki bank reyestridan koʻchirma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418027" id="-1418027">d) Bankni roʻyxatga olgan mamlakat nazorat organining Vakolatxonani ochishga bergan roziligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418028" id="-1418028">e) Bankning yillik hisobotlari, jumladan, auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan, oxirgi uch moliya yili uchun yigʻma balansi hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisoboti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418030" id="-1418030">j) Vakolatxona ochish yuzasidan muzokaralar olib boruvchi shaxsga Bankning vakolatli organi tomonidan berilgan ishonchnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418033" id="-1418033">z) Bankning boshqaruv organlari tuzilmasi toʻgʻrisida axborot bilan birga Bank toʻgʻrisida maʼlumotnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418037" id="-1418037">i) Bankning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan Vakolatxona toʻgʻrisidagi nizom;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418040" id="-1418040">k) Vakolatxona ofisi uchun binoni ijaraga olish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki bino egasining binoni ijaraga berishga tayyorligini tasdiqlovchi (ijara shartlari va muddatini koʻrsatgan holda) kafolat xati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418048" id="-1418048">Hujjatlar notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan ikki nusxada taqdim etiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7519074" id="edi-7519074"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-7519073">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7519074" id="-7519074"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7519075" id="-7519075">5<sup>1</sup>. Bank tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ularda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Bankka kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat (imkoniyat) beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7519076" id="-7519076">Bunda, arizani koʻrib chiqish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7519077" id="-7519077">(5<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/14-sonli <a href="/acts/-7514494?ONDATE=07.05.2025 00#-7515031">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 1883-2, 06.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5639308" id="edi-5639308"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418049">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5639308" id="-5639308"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5639309" id="-5639309">6. Agar ushbu Nizomning <a href="/acts/-1417932#-1418013">5-bandida </a>koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning ayrimlari Bank mamlakatining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Bank taʼsis etilgan mamlakatning vakolatli organining yoxud Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining bu haqidagi tasdiqnomasini taqdim etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5639310" id="-5639310"><em>(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5542209">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825432" id="edi-5825432"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418053">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825432" id="-5825432"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825438" id="-5825438">7. Vakolatxonani akkreditatsiya qilganlik uchun toʻlovlar undirilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825444" id="-5825444">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824572">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418057" id="-1418057">8. Offshor hududlarda roʻyxatga olingan Banklarga Oʻzbekiston Respublikasida Vakolatxona ochish taqiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7519078" id="edi-7519078"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418061">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7519078" id="-7519078"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7519079" id="-7519079">9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkaziladi va Bankka ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron tasdiqnoma yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7519080" id="-7519080">Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda ariza navbatdagi ish kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7519081" id="-7519081">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakolatxonani akkreditatsiya qilish (akkreditatsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish) toʻgʻrisidagi qarorni ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan vaqtdan boshlab bir oy muddat ichida qabul qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7519082" id="-7519082">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/14-sonli <a href="/acts/-7514494?ONDATE=07.05.2025 00#-7515034">qarori </a>(roʻyxat raqami 1883-2, 06.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418068" id="-1418068">10. Quyidagilar Vakolatxonani akkreditatsiya qilishni yoki akkreditatsiyaning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish uchun asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418069" id="-1418069">a) qasddan qalbaki hujjatlar taqdim etish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5639311" id="edi-5639311"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418070">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5639311" id="-5639311"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5639312" id="-5639312">b) Vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zidligi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5639313" id="-5639313"><em>(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5542209">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418071" id="-1418071">v) taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418072" id="-1418072">11. Vakolatxonaga akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab, u akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825476" id="edi-5825476"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418073">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825476" id="-5825476"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825478" id="-5825478">12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Vakolatxonaga akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825482" id="-5825482">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824575">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825492" id="edi-5825492"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418074">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825492" id="-5825492"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825496" id="-5825496">13. Akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida sertifikat berilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi hamda ushbu axborot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825498" id="-5825498">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824580">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418075" id="-1418075">14. Vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni olgandan keyin qonunchilikda belgilangan muddatda, Vakolatxona joylashgan hududdagi soliq organlarida hisobda turishi va uning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7347967" id="-7347967"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining </em><a href="/acts/4678459">16-bobi</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418076" id="-1418076">15. Vakolatxona koʻpi bilan 3 yil muddatga akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish zarurati tugʻilgan taqdirda, Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga akkreditatsiyani amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin xabar berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418077" id="-1418077">16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega boʻlgan Bank qayta tashkil etilganda, tugatilganda yoki nomi oʻzgarganda hamda Vakolatxonaning joylashgan manzili oʻzgargan taqdirda, Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy <a href="/acts/-4590452#-4590814">bankiga </a>bu haqda ikki hafta muddatda maʼlum qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418078" id="-1418078">17. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish uchun Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418079" id="-1418079">a) akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yozma ariza;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825499" id="edi-5825499"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418080">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825499" id="-5825499"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825505" id="-5825505">b) Bank tomonidan Vakolatxona boshligʻiga berilgan vakolatlar hamda uning pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari toʻliq koʻrsatilgan holda berilgan ishonchnoma (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ilgari berilgan ishonchnomaning muddati oʻtgan taqdirda);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825520" id="-5825520">(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824583">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418081" id="-1418081">v) oʻz pochta manzilini yozma ravishda tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418082" id="-1418082">18. Vakolatxona rahbarini akkreditatsiya qilish uchun Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan yozma ariza beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418083" id="-1418083">19. Vakolatxona rahbarini akkreditatsiya qilish uchun berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418084" id="-1418084">a) Bank tomonidan tayinlangan shaxsning vakolati, huquq va majburiyatlari koʻrsatilgan holda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418085" id="-1418085">b) oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxada shaxsiy varaqa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418086" id="-1418086">v) ikkita fotosurat (3x4 oʻlchamda);</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825531" id="edi-5825531"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418087">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825531" id="-5825531"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825536" id="-5825536">g) pasport (identifikatsiya ID-kartasi) nusxasi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825546" id="-5825546">(19-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824585">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418088" id="-1418088">20. Markaziy bank tomonidan Vakolatxona rahbariga shaxsiy akkreditatsiya kartochkasini berish ariza berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418089" id="-1418089">21. Vakolatxona boshligʻining akkreditatsiya muddatini uzaytirish zaruriyati tugʻilgan taqdirda, Bank ushbu Nizomning <a href="/acts/-1417932#-1418083">19-bandida </a>koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1418090" id="-1418090">III. Vakolatxonaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oldidagi hisoboti va faoliyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418091" id="-1418091">22. Vakolatxona ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-4581969#-4582824">qonunchiligi </a>talablariga va Vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga <a href="/acts/-4590452#-4591226">oshiradi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418092" id="-1418092">23. Vakolatxona oʻz faoliyatini tasdiqlangan Vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolatlar doirasida uni tashkil qilgan Bank nomidan amalga oshiradi va u yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda bank yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418093" id="-1418093">24. Vakolatxona xarajatlari Bank tomonidan moliyalashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418094" id="-1418094">25. Vakolatxona oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining rezident banklaridan birida bank hisobvaragʻini ochadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418095" id="-1418095">26. Vakolatxona boshligʻi Bankning ishonchnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi asosida faoliyat yurituvchi Vakolatxona rahbari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418096" id="-1418096">27. Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir yilda ikki marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi (joriy yilning 15-iyuligacha birinchi yarim yillik uchun, kelgusi yilning 15-yanvarigacha yillik).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418097" id="-1418097">28. Hisobotda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418098" id="-1418098">a) Vakolatxonaning shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418099" id="-1418099">b) Bankning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan asosiy loyihalari boʻyicha muddati, hajmi va hamkorlari koʻrsatilgan holda qisqacha tavsifnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418100" id="-1418100">v) Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va tijorat banklari bilan hamkorliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418101" id="-1418101">g) hisobot davrida Bank xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari toʻgʻrisida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418102" id="-1418102">d) hamkorlik sohasidagi boshqa masalalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418103" id="-1418103">29. Vakolatxona boshligʻi xodimlar shtatining oʻzgarishi hamda Vakolatxona faoliyati bilan bogʻliq favqulodda hodisalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini oʻz vaqtida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418104" id="-1418104">30. <a href="/acts/-6257288#-6257906">Vakolatxona </a>Oʻzbekiston Respublikasining mehnat <a href="/acts/-6257288#-6257574">qonunchiligida </a>belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini hamda chet el fuqarolarini ishga qabul qilish huquqiga ega.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7347978" id="-7347978"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi </em><a href="/acts/-4045557">qarori</a><em>, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi </em><a href="/acts/-4251564">qarori</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418105" id="-1418105">31. Vakolatxona oʻz ehtiyojlarini qoplash yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418106" id="-1418106">32. Vakolatxona Bank tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1418107" id="-1418107">IV. Vakolatxona faoliyatini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418108" id="-1418108">33. Quyidagi hollarda Vakolatxona faoliyati tugatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418109" id="-1418109">Vakolatxonani tashkil etgan Bankning vakolatli organi qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda xabar bergan holda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418110" id="-1418110">akkreditatsiya muddati tugaganda, agar Bank bu muddatni uzaytirish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilmagan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418111" id="-1418111">34. Quyidagi hollarda Vakolatxonadan Sertifikat qaytarib olinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418112" id="-1418112">Sertifikat berilishida asos boʻlgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418113" id="-1418113">Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan holda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418114" id="-1418114">bank operatsiyalari va tasdiqlangan nizomda koʻzda tutilmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanilsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418115" id="-1418115">Bank faoliyati tugatilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418116" id="-1418116">35. Vakolatxona faoliyati <a href="/acts/-111189#-152061">qonunlarda </a>koʻzda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham <a href="/acts/-111189#-7974674">tugatilishi </a>mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1418117" id="-1418117">36. Vakolatxona faoliyati Bank qaroriga asosan tugatilgan taqdirda, Vakolatxona ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Vakolatxona tugatilishi toʻgʻrisida Bank qarorining nusxasini va akkreditatsiya hujjatlarini taqdim etadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5825555" id="edi-5825555"><a href="/acts/-1417932?ONDATE=02.01.2009 00#-1418118">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5825555" id="-5825555"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5825561" id="-5825561">37. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakolatxona faoliyati tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini roʻyxatga olish kitobidan chiqarilganligi toʻgʻrisida Bankka va uning Vakolatxonasiga xabar beradi hamda ushbu axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida eʼlon qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5825566" id="-5825566">(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli <a href="/acts/-5824207?ONDATE=14.01.2022 00#-5824588">qarori</a> (roʻyxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1418119" id="-1418119"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1418120" id="-1418120">Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida <a href="/acts/-1417932#-1417977">Nizomga </a><br />ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1418121" id="-1418121"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1418122" id="-1418122" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 544px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="3" border="1">
<colgroup>
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><strong>AKKREDITATSIYA TOʻGʻRISIDAGI SERTIFIKAT<br />‎</strong></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">1. Ushbu akkreditatsiya toʻgʻrisidagi sertifikat __________________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><sup><em>(bank nomi)‎</em></sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎Vakolatxonasini ochilishi va faoliyat olib borishi uchun huquq berilganligini tasdiqlaydi.<br />‎<br />‎2. Vakolatxona boshligʻi vakolatlari __________________________________ bankning ishonchnomasi hamda Markaziy bank bergan akkreditatsiya guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar bir yoʻla koʻrsatilganda yuridik kuchga ega.<br />‎<br />‎3. Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 20___ yil ___ _______ da ___-son bilan akkreditatsiya qilingan.<br />‎<br />‎4. Vakolatxona _____________________________________________ bank nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab, bank hamda boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanish huquqisiz vakillik vazifalarini bajaradi.<br />‎<br />‎5. Sertifikat 20___ yil ___ _______ da berildi va 20___yil ___ _________ gacha (koʻpi bilan uch yillik muddat koʻrsatiladi) amal qiladi.</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><br /><strong>‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari ‎</strong></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr></tbody></table></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1417944" id="-1417944">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 535-modda; <em>Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son; </em>07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
