O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIIY MONOPOLIYALAR SUBYEKTLARI TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT KO‘RSATILISHI KERAK BO‘LGAN ISTE’MOLCHILARGA TOVARLARNI SOTISH, ISHLARNI BAJARISH VA XIZMATLAR KO‘RSATISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni hamda ularga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
1. Quyidagilar:
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar
RO‘YXATI
1. Elektr ta’minoti sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmalari;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bo‘linmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bo‘linmalari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo‘linmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalari;
aeroportlar va “O‘zaeronavigatsiya” markazining obyektlari — yorug‘lik signalizatsiyasi asbob-uskunalari, radiotexnika vositalari (navigatsiya, lokatsiya va aloqa uskunalari), parvozlarni boshqarish punktlari;
temir yo‘llarning tashish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan infratuzilma obyektlari;
uzluksiz energiya ta’minotining birinchi kategoriyasi bo‘yicha shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten);
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(1-bandning o‘niinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari obyektlari — vaksinalar saqlanadigan omborlar, alohida xavfli infeksiyalar laboratoriyalari, bakteriologik va virusologik tadqiqotlar laboratoriyalari;
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Respublika karantin va alohida xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi, uning patogenlik va bioxavfsizlik bo‘yicha I va II guruhlarga tegishli deb topilgan mikroorganizmlar bilan ishlaydigan filiallari va bo‘limlari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining teleradio mahsulotlarini shakllantirish, uzatish va efirga tarqatish obyektlari;
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari obyektlari;
issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti va suv-kanalizatsiya korxonalari;
gidrotexnik inshootlar;
yadro yoqilg‘isi va yadro materiallaridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar;
texnogen jarayon uzib qo‘yilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari;
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchilar).
2. Gaz ta’minoti sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmalari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bo‘linmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalari;
issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
Oldingi tahrirga qarang.
texnogen jarayon uzib qo‘yilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ilovada keltirilgan strategik tashkilotlar;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanuvchilar).
3. Issiqlik ta’minoti sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari.
4. Suv ta’minoti sohasida:
issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
yadro yoqilg‘isi va yadro materiallaridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar;
suv ta’minoti to‘xtatilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun iste’molchilar tushunchasi ostida — tabiiy monopoliya subyektidan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida bo‘lgan yuridik shaxs tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
II. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda davlat monopoliyaga qarshi organi deb ataladi) taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) davlat monopoliyaga qarshi organining taklifi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat monopoliyaga qarshi organi o‘z vakolatlari doirasida muntazamlilik asosida iste’molchilarning tabiiy monopoliyalarning tovarlari bilan ta’minlanmaganligi mamlakatning milliy manfaatlariga va aholining normal hayot faoliyatiga real xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan iste’molchilarni aniqlash uchun ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
5. Tahlil qilishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
iste’molchilarning strategik yoki ijtimoiy ahamiyati, ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlanmasligining mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligiga hamda uning mudofaa qobiliyatiga, aholining hayot faoliyatiga, shu jumladan alohida hududga ehtimoli bo‘lgan oqibatlari;
korxonalarning to‘xtovsiz faoliyatini ta’minlash imkonini beradigan ehtiyojlarni qondirishning muqobil usullari mavjudligi;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining imkoniyatlari.
6. Zaruriyat bo‘lganda, amalga oshirilgan tahlil natijalari bo‘yicha davlat monopoliyaga qarshi organi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga ro‘yxatga tegishli vazirliklar, idoralar va tabiiy monopoliyalar subyektlari bilan kelishilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif kiritadi.
III. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish qonunchilik va ushbu Nizom talablariga muvofiq ular o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda qayd etiladigan hajm va sifat bo‘yicha belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatish uchun quvvatlar yetarli bo‘lmagan taqdirda tovarlar majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga asosiy faoliyatni yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan eng kam darajada sotiladi.
9. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni ta’minlashning eng kam darajalari (keyingi o‘rinlarda ta’minlashning eng kam darajasi deb ataladi) tovarni sotish uchun ular o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
10. Ta’minlashning eng kam darajasi faoliyatning o‘ziga xosligidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan (ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘rsatkichlari) va ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalarning tavsifidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda iste’molchilarning asosiy faoliyatiga va funksiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan noishlab chiqarish tusidagi obyektlar hisobga olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlashni to‘xtatish fors-major holatlari yuzaga kelganda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28 bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”).
IV. Majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom talablari buzilishi holatlari aniqlanganda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan aybdorlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 516-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)