1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
SUGʻURTALOVCHILARNING SUGʻURTA ZAXIRALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 15-dekabrda 1882-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 96-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-5, 17.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 713-modda)
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizomtasdiqlansin.
2. Sugʻurtalovchilar 2008-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan muddatda ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomlarini yuqorida koʻrsatilgan Nizomga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 8-fevraldagi 11-sonli “Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2006-yil 6-may, roʻyxat raqami 1571 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 166-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-noyabr,
107-son
Moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va joylashtirish tartibiga talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 96-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-5, 17.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 713-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ijtimoiy sugʻurta tashkilotlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
ajratilgan aktivlar — sugʻurtalovchining sugʻurta zaxiralari summasiga muvofiq keluvchi aktivlari;
bartaraf etilmagan daʼvo — sugʻurta hodisasining yuz berishi munosabati bilan vujudga kelgan, hisobot sanasiga u boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari hali bajarilmagan yoki toʻliq bajarilmagan, xabar qilingan zarar;
bogʻliq shaxslar — sugʻurtalovchi bilan alohida munosabatlarga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, yaʼni:
sugʻurtalovchining Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tarkibidagi har qanday shaxs, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
sugʻurtalovchining ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulushga ega har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, yoki ushbu yuridik shaxsning har qanday rahbari yoki yirik aksiyadorlari (taʼsischilari), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
sugʻurtalovchining faoliyatini qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning boshqaruvchilari;
sugʻurtalovchining ulushi ustav kapitalida 20 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ushbu yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari va ularning yaqin qarindoshlari.
Yuqorida koʻrsatilgan shaxslardan biri bilan bogʻliq shaxs ularning har biri bilan bogʻliq shaxs boʻlib hisoblanadi;
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
diversifikatsiya — sugʻurta zaxiralari mablagʻlari yoki ulardan olinadigan daromadlarning ehtimol tutilgan yoʻqotishlar tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida sugʻurtalovchining ushbu mablagʻlarining turli qoʻyilma obyektlari oʻrtasida taqsimlanishi;
zararlarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar — sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zarar (ziyon) hajmini baholash va kamaytirish bilan bogʻliq ekspert va maslahat yoki boshqa xizmatlar uchun haq toʻlashga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari summasi;
mablagʻlarning likvidligi — sugʻurtalovchining oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun sugʻurta zaxiralarining nominal qiymatini saqlab qolgan holda ularni pul mablagʻlariga tezlik bilan konversiyalash imkoniyati;
mablagʻlarning qaytarilishi — sugʻurtalovchining sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini joylashtirishning aniq sharoitlarida investitsion tavakkalchilikni eng past darajaga keltirish orqali imkon qadar yuqori xavfsizligini taʼminlash. Ushbu holatda investitsion tavakkalchilik deganda investitsiyalardan olingan haqiqiy foyda moʻljallangan foydadan past boʻlishi ehtimoli tushuniladi;
mablagʻlarning foydaliligi — sugʻurtalovchining sugʻurta zaxiralari mablagʻlaridan davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozordagi daromadliligidan kam boʻlmagan darajada daromad olish;
naf oluvchi — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini oluvchi sifatida tayinlangan va sugʻurta qilinmagan jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzuvchi, sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotini toʻlovchi hamda sugʻurtalovchilar bilan muayyan sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
sugʻurta qilingan — sugʻurtada ishtirok etuvchi, mulkiy manfaatlari sugʻurta himoyasining obyekti boʻlgan, jismoniy yoki yuridik shaxs. Sugʻurta qilingan, agar oʻziga nisbatan sugʻurta shartnomasini tuzsa va hisoblangan sugʻurta mukofotini toʻlasa, ayni paytda sugʻurta qildiruvchi ham boʻlishi mumkin. Agar sugʻurta shartnomasi boshqa shaxsga nisbatan tuzilsa, u holda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta qilinganlar sugʻurtada ishtirok etuvchi turli shaxslar hisoblanadilar;
sugʻurta mukofotlari (sugʻurta brutto-mukofotlar) — soʻm yoki chet el valyutasida toʻlanadigan, hisoblash tartibi va miqdori sugʻurta shartnomasi bilan belgilanadigan, sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga toʻlanadigan badallar;
sugʻurta zaxiralari — sugʻurta qildiruvchi tomonidan soʻm yoki xorijiy valyutada toʻlangan sugʻurta mukofotlari hisobiga sugʻurtalovchi tomonidan shakllantiriladigan hamda sugʻurtalovchining balansida aktiv yoki majburiyat koʻrinishida hisobga olinadigan, sugʻurta toʻlovlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish, zararlarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar va ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar;
sugʻurta zarari — sugʻurta hodisasining yuz berishi natijasida sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurta qilingan shaxsning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan va sugʻurta shartnomasining shartlariga muvofiq sugʻurtalovchi tomonidan qoplanadigan zarar (ziyon) miqdorining puldagi ifodasi;
texnik zaxiralar — hisobot sanasiga alohida sugʻurta shartnomasi va/yoki umumiy sugʻurta portfeli boʻyicha hisoblangan, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta toʻlovlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi;
falokat — muayyan joyda bir vaqtning oʻzida sodir boʻluvchi hamda buning natijasida bir necha sugʻurtalangan obyektlarga juda yirik zarar yetkazuvchi bitta voqea yoki oʻzaro bogʻliq voqealar ketma-ketligi;
xabar qilingan zarar — sugʻurta hodisasining yuz berishi toʻgʻrisida qonun yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda sugʻurtalovchiga xabar qilingan hamda buning natijasida sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan ziyonning (shikastning) puldagi ifodasi;
yuz berishi mumkin boʻlgan eng yuqori zarar — bir yoki bir necha sugʻurta shartnomalari shartlari boʻyicha ularda belgilangan sugʻurta hodisalari natijasida sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchi koʻrishi mumkin boʻlgan sugʻurta zararining baholangan eng yuqori hajmi;
yalpi hisoblangan sugʻurta mukofoti — hisobot sanasiga qadar oldingi oʻn ikki oy mobaynidagi, kiruvchi qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlarini qoʻshilgan, ushbu davrda qaytarilgan sugʻurta mukofotlarini chegirgan holdagi, biroq qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha mukofotlarni chegirgunga qadar hisoblangan sugʻurta mukofotlarining umumiy miqdori;
hisoblangan sugʻurta mukofoti — pul mablagʻlari qachon olinganligidan qatʼi nazar, hisobot davrida hisoblangan sugʻurta mukofotlari;
hisobot davri — 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan kalendar yil. Bunda mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va maʼlumotlar tuziladigan hisobot davri deb, hisobot yilining 1-yanvaridan har bir choragining oxirgi kalendar kunigacha boʻlgan davr qabul qilinadi;
hisobot sanasi — mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va maʼlumotlar tuziladigan hisobot davrining oxirgi kalendar kuni.
II. Sugʻurta zaxiralarini hisoblash uslubi va shakllantirish tartibiga talablar
3. Sugʻurta zaxiralari sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtaning har bir turi (klassi) boʻyicha sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash nazarda tutilgan valyutada shakllantiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
Sugʻurtalovchi buxgalteriya hisobotini tuzishda hisobot sanasiga sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olingan moliyaviy natijalarini aniqlashda sugʻurta zaxiralari hajmini hisoblaydi. Sugʻurta zaxiralari hisob-kitobi sugʻurtalovchining hisob va hisobot maʼlumotlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
4. Har bir hisobot sanasiga har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarini hisob-kitob qilish uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan sanadan boshlab, 3 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanishi lozim. Xususan, quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjatlarning saqlanishi lozim:
shartnoma (polis, guvohnoma, kvitansiya) raqami;
shartnomaning kuchga kirgan sanasi (sugʻurtaning amal qilishining boshlanish sanasi);
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
hisoblangan sugʻurta mukofoti (badallari) miqdori;
sugʻurta mukofoti (badallari) hisoblangan sana;
sugʻurta mukofotining (badallarining) miqdori (miqdorlari) va toʻlangan sanasi (sanalari);
shartnoma tuzganlik uchun hisoblangan mukofot miqdori;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda sugʻurta mukofotidan (badallaridan) ajratmalar miqdori;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shartnomani muddatidan oldin tugatish sanasi;
shartnoma shartlarini oʻzgartirish sanasi (sanalari);
shartnomaning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) qaytarilgan sugʻurta mukofoti (badallari) miqdori;
sugʻurta mukofotini (badallarini) qaytarish sanasi;
sugʻurta hodisasi (hodisalari) toʻgʻrisida ariza tushgan sana (sanalar);
sugʻurta hodisasi (hodisalari) yuz bergan sana (sanalar);
xabar qilingan zarar (zararlar) miqdori (miqdorlari), shuningdek, uni bartaraf etish jarayonida xabar qilingan zarar (zararlar) miqdorining (miqdorlarining) oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot;
sugʻurta toʻlovi (toʻlovlari) sanasi (sanalari);
sugʻurta toʻlovi (toʻlovlari) miqdori (miqdorlari);
sugʻurta toʻlovini (toʻlovlarini) toʻlashni rad etish sanasi (sanalari).
Koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron maʼlumotlar bazasi, shuningdek, Tuzilgan sugʻurta shartnomalarini hisobga olish jurnali, Zararlar va muddatidan oldin tugatilgan sugʻurta shartnomalarini hisobga olish jurnali, Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalarni hisobga olish jurnali, Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha zararlarni hisobga olish jurnali uchun ham majburiy rekvizitlar hisoblanadi. Sugʻurtalovchi sugʻurta zaxiralari hisob-kitobini koʻrsatilgan registrlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiradi.
5. Mazkur Nizomga muvofiq sugʻurtalovchi oʻzining balansida (holatga koʻra) majburiyat yoki aktivlar sifatida hisobga olinuvchi quyidagi texnik zaxiralarni shakllantirishi shart:
a) ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (umumiy sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
b) mukofotlar zaxirasi (hayotni sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
v) keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
v-1) keyingi yillarda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) (ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli (roʻyxat raqami 1882-1, 13.08.2009-y.) buyrugʻiga asosan “v-1” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)
v2) keyingi yillarda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ) (tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) asosan “v2” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
g) sugʻurta hodisasining yuz berishi bilan kelib chiquvchi hamda sugʻurta shartnomasi shartlari boʻyicha qoplanishi lozim boʻlgan zarar (ziyon) hajmiga muvofiq holda aniqlanadigan va quyidagilardan tarkib topgan zararlar zaxirasi:
xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ);
sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ).
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OCHZ);
falokatlar zaxirasini (FZ);
zararlilikning tebranishi zaxirasini (ZTZ);
aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasini (ANZ);
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa turdagi sugʻurta zaxiralarini tashkil etishi mumkin.
Bunda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni va/yoki tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar tegishlicha, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (FJMS OCHZ) va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (IFJMS OCHZ) va/yoki tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (TFJMS OCHZ) shakllantirishlari shart.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
7. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan tashqari, texnik zaxiralarni hisob-kitob qilish bazasi sifatida bazaviy sugʻurta mukofoti — hisobot davrida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalarini tuzish boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatilganlik uchun hisoblangan komission mukofoti va ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi chegirilgan, hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
8. Foydani aniqlashda texnik zaxiraning kamayishi sugʻurtalovchining daromadini, texnik zaxiraning koʻpayishi esa zararini namoyon etadi.
9. Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (IMZ) — bu sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha hisoblangan, keyingi hisobot davrlarida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan, kelgusi toʻlovlarni taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun moʻljallangan hisobot davrining chegaralaridan chiquvchi shartnomaning amal qilish davriga tegishli sugʻurta mukofotining qismi.
IMZ mablagʻlari hisobidan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) muddatidan oldin tugatilgan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlarini qaytarish amalga oshiriladi.
10. IMZni hisoblash uchun sugʻurta faoliyati toʻrtta hisob guruhlariga boʻlinadi:
a) 1-hisob guruhi:
baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish (1-klass);
kasallikdan ehtiyot shart sugʻurta qilish (2-klass);
yer usti transport vositalarini sugʻurta qilish (3-klass);
harakatlanadigan temir yoʻl tarkibini sugʻurta qilish (4-klass);
aviatsiya sugʻurtasi (5-klass);
dengiz sugʻurtasi (6-klass);
yoʻldagi mol-mulkni sugʻurta qilish (7-klass);
mol-mulkni olovdan, tabiiy ofatdan (8-klass) va zarardan sugʻurta qilish (9-klass);
avtofuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish (10-klass);
aviatsiya (11-klass) va dengiz (12-klass) sugʻurtasi doirasida javobgarlikni sugʻurta qilish;
umumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish (13-klass) (qarz oluvchilarning kreditni toʻlamaganligi uchun javobgarligini sugʻurta qilishdan tashqari);
huquqiy himoya bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta qilish (17-klass);
noproporsional qayta sugʻurta qilish shartnomalari (har bir qayta sugʻurtaga qabul qilingan shartnoma (shartnomalar) boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish doirasiga tushuvchi zararning sodir boʻlishi borasida sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan har bir sugʻurta toʻlovidagi oldindan oʻrnatilgan ulushni qoplash boʻyicha qayta sugʻurtalovchining majburiyati paydo boʻluvchi shartlarga ega boʻlgan qayta sugʻurta qilish shartnomalaridan tashqari qayta sugʻurta qilish shartnomalari);
b) 2-hisob guruhi:
kreditlarni sugʻurta qilish (14-klass);
kafillikni (kafolatlarni) sugʻurta qilish (15-klass);
boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish (16-klass) (qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosilini sugʻurta qilishdan tashqari);
qarz oluvchilarning kreditni toʻlamaganligi uchun javobgarligini sugʻurta qilish (13 klass);
v) 3-hisob guruhi:
sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati boshlanishining va tugashining noaniq (“ochiq”) sanalariga ega boʻlgan sugʻurta shartnomalarini tuzish imkoniyatini nazarda tutuvchi sugʻurta turlari;
g) 4-hisob guruhi:
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosilini sugʻurta qilish (16 klass).
Sugʻurta zaxiralarini hisoblash uchun sugʻurtalovchi mazkur bandda nazarda tutilgan har bir hisob guruhi ichida sugʻurta shartnomasining shartlari, sugʻurta obyektlari, sugʻurta obyektlarining joylashuvi va sugʻurta tavakkalchiliklari roʻyxatiga bogʻliq holda qoʻshimcha hisob guruhlarini kiritishi mumkin.
Har bir qayta sugʻurtaga qabul qilingan shartnoma (shartnomalar) boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish doirasiga tushuvchi zararning sodir boʻlishi borasidagi sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan har bir sugʻurta toʻlovidagi oldindan oʻrnatilgan ulushni qoplash boʻyicha qayta sugʻurtalovchining majburiyati paydo boʻluvchi shartlarga ega boʻlgan proporsional qayta sugʻurta qilish shartnomalari tegishli sugʻurta shartnomalariga oid hisob guruhlariga kiritiladi.
11. Sugʻurtalovchi tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan guruhlanish boʻyicha bir nechta hisob guruhlariga taalluqli boʻlgan shartnoma tuzilgan taqdirda, sugʻurta zaxiralarini hisoblash maqsadida koʻrsatilgan shartnomaning muayyan hisob guruhiga toʻgʻri keluvchi har bir qismi tegishli hisob guruhiga taalluqli alohida shartli shartnoma sifatida hisobga olinadi.
12. Shartnomaning kuchga kirish sanasi (sugʻurtaning amal qilishining boshlanish sanasi) shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotini (badallarini) hisoblash sanasidan kechroq boʻlsa va sugʻurta zaxiralarining hisob-kitobi shartnomaning kuchga kirish sanasiga (sugʻurtaning amal qilishining boshlanish sanasiga) qadar amalga oshirilgan taqdirda, ishlab topilmagan mukofot zaxirasini hisoblash maqsadida ishlab topilmagan mukofot zaxirasi shartnoma boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti (badallari) (sugʻurta brutto-mukofoti) miqdoriga teng deb qabul qilinadi.
13. Birinchi hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha alohida “pro rata temporis” usuli — ishlab topilmagan mukofotni hisobot sanasiga sugʻurta shartnomasining tugamagan amal qilish muddatiga proporsional holda hisoblash orqali hisoblanadi. Har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot hisob-kitob uchun qabul qilingan bazaviy sugʻurta mukofotining hisobot sanasiga sugʻurta shartnomasining tugamagan amal qilish muddatining (kunlarda) sugʻurta shartnomasining butun amal qilish muddati (kunlarda) nisbatiga koʻpaytmasi sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda:
Imi — i-shartnoma boʻyicha ishlab topilmagan mukofot;
Bmi — i-shartnoma boʻyicha bazaviy sugʻurta mukofoti;
Ti — i-shartnomaning kunlardagi amal qilish muddati;
Mi — i-shartnomaning kuchga kirishidan boshlab hisobot sanasigacha boʻlgan kunlar soni.
Butun hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi har bir shartnoma boʻyicha “pro rata temporis” usuli orqali hisoblangan ishlab topilmagan mukofotlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Birinchi hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi “1/24” usuli boʻyicha ham hisoblanishi mumkin.
14. Ishlab topilmagan mukofotni (ishlab topilmagan mukofot zaxirasini) “1/24” usuli orqali hisoblash uchun bitta hisob guruhiga taalluqli boʻlgan shartnomalar kichik guruhlarga ajratiladi. Kichik guruhlarga amal qilish muddati (oylarda) bir xil boʻlgan va amal qilishining boshlanish sanasi bir xil oylarga toʻgʻri keluvchi shartnomalar kiritiladi.
Kichik guruhga kiruvchi shartnomalar boʻyicha bazaviy sugʻurta mukofotining umumiy summasi kichik guruhga kiruvchi har bir shartnoma boʻyicha hisoblangan bazaviy sugʻurta mukofotlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ishlab topilmagan mukofot (ishlab topilmagan mukofot zaxirasi) “1/24” usuli boʻyicha hisoblanganda, quyidagi shartlar qoʻllaniladi:
sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanish sanasi deb oyning oʻrtasi qabul qilinadi;
sugʻurta shartnomasining oylarning butun sonlariga teng boʻlmagan amal qilish muddati oylarning eng yaqin katta butun soniga teng deb qabul qilinadi.
Ishlab topilmagan mukofot (ishlab topilmagan mukofot zaxirasi) har bir kichik guruh boʻyicha bazaviy sugʻurta mukofotlari umumiy summasini ishlab topilmagan mukofot zaxirasi miqdorini hisoblash koeffitsiyentlariga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Har bir kichik guruh uchun koeffitsiyent kichik guruhlarga kiruvchi shartnomalarning hisobot sanasiga tugamagan amal qilish muddatining (yarim oylarda) kichik guruhga kiruvchi shartnomalar amal qilishining umumiy muddatiga (yarim oylarda) nisbati sifatida aniqlanadi.
Butun hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi “1/24” usuli orqali har bir kichik guruh boʻyicha hisoblangan ishlab topilmagan mukofotlarni (ishlab topilmagan mukofot zaxiralarni) qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
15. Ikkinchi hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati toʻliq tugagunga qadar bazaviy sugʻurta mukofoti miqdorida har bir shartnoma boʻyicha aniqlanadi.
16. Uchinchi hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot hisobot sanasiga bazaviy sugʻurta mukofotining 40 foizi miqdorida har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha aniqlanadi.
17. Toʻrtinchi hisob guruhi boʻyicha ishlab topilmagan mukofot sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati toʻliq tugagunga qadar bazaviy sugʻurta mukofotining 75 foizi miqdorida har bir shartnoma boʻyicha aniqlanadi.
18. Mukofotlar zaxirasi keyingi hisobot davrlarida roʻy berishi mumkin boʻlgan hayotni sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha kelgusidagi toʻlovlarni taʼminlashga oid majburiyatlarni bajarish va sugʻurta polisining kafolati asosida qarz berish uchun moʻljallangan. Mukofotlar zaxirasi quyidagilardan iborat:
hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira (HJZ);
hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxira (HZ).
Mukofotlar zaxirasi hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira va hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxirani qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
19. Hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati toʻliq tugagunga qadar yoki sugʻurta hodisasi yuz bergunga qadar bazaviy sugʻurta mukofotining 92 foizidan va uni joylashtirishdan (unga hisoblangan foizlardan) olinadigan investitsiya daromadining 50 foizidan kam boʻlmagan hajmda har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblanadi. Bunda HJZning olingan hajmi sugʻurta shartnomasi bilan belgilangan qaytarib sotib olish summasidan (sugʻurta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinganda kafolatlangan) kam boʻlmasligi lozim.
Umumiy holda HJZ har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblangan HJZlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
20. Hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxira har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha “pro rata temporis” yoki “1/24” usuli bilan hisoblanadi.
Umumiy holda HZ har bir sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblangan HZlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
21. Zararlar zaxirasi oʻz ichiga xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasini va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasini oladi.
22. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar boʻlgan davrlarda sodir boʻlganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sugʻurtalovchiga xabar qilingan sugʻurta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan sugʻurta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zararni (ziyonni) miqdorini baholash va kamaytirish bilan bogʻliq ekspert, maslahat yoki boshqa xizmatlarga haq toʻlash uchun sugʻurtalovchiga zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasini toʻlash boʻyicha sugʻurtalovchining hisobot sanasiga bajarilmagan yoki toʻliq bajarilmagan majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
XZZ har bir bartaraf etilmagan daʼvo boʻyicha aniqlanadi. Agarda zarar toʻgʻrisida xabar qilingan boʻlib, uning miqdori aniqlanmagan boʻlsa, hisob-kitob uchun sugʻurta summasidan katta boʻlmagan eng yuqori ehtimoli kutilgan zarar miqdori olinadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
XZZ xabar qilingan zararlarni hisobga olish jurnalida roʻyxatga olingan hisobot davridagi xabar qilingan zararlar summasining hisobot davridan oldingi davrlarda bartaraf etilmagan zararlar summasiga qoʻshilgan va hisobot davrida toʻlangan zararlar summasiga kamaytirilgan, hamda hisobot davrida bartaraf etilmagan daʼvolar summasidan uch foizgacha miqdorda zararni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar qoʻshilgan summaga mos keladi.
23. Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar boʻlgan davrlarda sodir boʻlganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sugʻurtalovchiga hisobot davrida yoki unga qadar boʻlgan davrlarda xabar qilinmagan sugʻurta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan, oʻz ichiga zararlarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlarni olgan, sugʻurtalovchining hisobot sanasiga majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi har bir sugʻurta turi boʻyicha alohida, sugʻurtalovchining ushbu sugʻurta turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan yigʻilgan statistikani inobatga olgan holda, hisoblanadi.
Umumiy holda, SXZZ har bir sugʻurta turi boʻyicha hisoblangan SXZZlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Biroq ushbu summa umumiy sugʻurtada (qayta sugʻurta qilishda) har qanday holda hisobot davriga qadar oʻn ikki oy mobaynida umumiy sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha bazaviy sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
24. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) keyingi yillarda sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni hisobot davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
sugʻurtalovchilarning transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga toʻlaydigan majburiy badallari;
boshqa koʻrsatkichlar.
FJMS BZni hisoblash maqsadida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 25 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
FJMS BZning hisob-kitobi brutto-sugʻurtalash koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda (qayta sugʻurtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
25. Sugʻurtalovchi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
FJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha xarajatlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hisobot davrida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlari;
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida kamayish tomonga oʻzgarishi.
Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida sugʻurta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
quyidagilardan iborat boʻlgan hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlash xarajatlari:
a) sugʻurtalovchilarning Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga hisobot davri uchun toʻlaydigan majburiy badallari;
b) ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida koʻpayish tomonga oʻzgarishi;
v) hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga koʻrsatilgan ortiq summaga koʻpayadi.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Agar sugʻurtalovchi hisobot davri boshiga qadar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan boʻlsa, mazkur zaxira hisobot davri boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy qiymatga ega boʻlsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi miqdori hisob-kitoblar natijasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasidan ortiq boʻlsa, koʻrsatilgan zaxira hisobot sanasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasiga teng deb qabul qilinadi, va koʻrsatilgan ortiq summa soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan keyin sugʻurtalovchining ustav fondiga kapitallashtiriladi.
(25-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisob-kitob qilish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan jadvallardan foydalaniladi.
25-1. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) keyingi yillarda sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni hisobot davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
boshqa koʻrsatkichlar.
IFJMS BZni hisoblash maqsadida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
IFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sugʻurtalash koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda (qayta sugʻurtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
25-2. Sugʻurtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
IFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha xarajatlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlari;
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida kamayish tomonga oʻzgarishi.
Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida sugʻurta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
quyidagilardan iborat boʻlgan hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlash xarajatlari:
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida koʻpayish tomonga oʻzgarishi;
hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari.
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga koʻrsatilgan ortiq summaga koʻpayadi.
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Agar sugʻurtalovchi hisobot davri boshiga qadar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan boʻlsa, mazkur zaxira hisobot davri boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy qiymatga ega boʻlsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisob-kitob qilish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan jadvallardan foydalaniladi.
(25-1 va 25-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli (roʻyxat raqami 1882-1, 13.08.2009-y.) buyrugʻiga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)
253. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ) keyingi yillarda sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari;
hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
boshqa koʻrsatkichlar.
TFJMS BZni hisoblash maqsadida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
TFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sugʻurtalash koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda (qayta sugʻurtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
254. Sugʻurtalovchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
TFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha xarajatlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlari;
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida kamayish tomonga oʻzgarishi.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida sugʻurta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
quyidagilardan iborat boʻlgan hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlash xarajatlari:
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida koʻpayish tomonga oʻzgarishi;
hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga koʻrsatilgan ortiq summaga koʻpayadi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Agar sugʻurtalovchi hisobot davri boshiga qadar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan boʻlsa, mazkur zaxira hisobot davri boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy qiymatga ega boʻlsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisob-kitob qilish uchun mazkur Nizomning 21-ilovasida keltirilgan jadvallardan foydalaniladi.
(253-254-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
26. Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (OCHZ) baxtsiz hodisalarni, sugʻurta qilingan mulkni yoʻqotish yoki shikastlanishini ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek sugʻurta hodisalarining sodir boʻlishini ogohlantirish va oldini olishga yoʻnaltirilgan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan.
OCHZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
Bunda sugʻurtalovchi OCHZdan moliyalashtiriladigan ogohlantirish chora-tadbirlarining aniq roʻyxatini belgilashi va uni Agentlikka kelishish uchun taqdim etishi lozim.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
OCHZ sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlaridan ajratmalar yoʻli bilan shakllantiriladi.
OCHZga ajratmalar miqdori, tarif stavkasi tarkibida ushbu maqsadlarga koʻzda tutilgan foizlardan kelib chiqib, biroq sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 10 foizidan koʻp boʻlmagan holda (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari), ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga (FJMS OCHZ) ajratmalar miqdori, hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 5 foizi miqdorida belgilanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga (IFJMS OCHZ) ajratmalar miqdori, hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 5 foizi miqdorida belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli (roʻyxat raqami 1882-1, 13.08.2009-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga (TFJMS OCHZ) ajratmalar miqdori, hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 5 foizi miqdorida belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
27. OCHZ har bir hisobot sanasiga hisoblanadi. OCHZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan OCHZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi (FJMS OCHZ, IFJMS OCHZ va TFJMS OCHZ bundan mustasno). Biroq aniqlangan OCHZning miqdori (FJMS OCHZni, IFJMS OCHZni va TFJMS OCHZni hisobga olmagan holdagi, hisobot sanasiga boʻlgan OCHZ miqdori) har qanday holatda ham umumiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini hisobga olmagan holda) yalpi hisoblangan sugʻurta mukofotining 10 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim;
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
FJMS OCHZ har bir hisobot sanasiga alohida hisoblanadi. FJMS OCHZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan FJMS OCHZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi.
IFJMS OCHZ har bir hisobot sanasiga alohida hisoblanadi. IFJMS OCHZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan IFJMS OCHZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli (roʻyxat raqami 1882-1, 13.08.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)
TFJMS OCHZ har bir hisobot sanasiga alohida hisoblanadi. TFJMS OCHZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan TFJMS OCHZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
28. Falokatlar zaxirasi (FZ), koʻp sonli sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish zaruratini keltirib chiqargan yengib boʻlmas kuch yoki yirik miqyosdagi avariya oqibati hisoblangan, favqulodda yetkazilgan ziyonni qoplashga moʻljallangan. FZ shartlarida yengib boʻlmas kuch yoki yirik miqyosdagi avariya oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash munosabati bilan sugʻurtalovchining sugʻurta toʻlovini amalga oshirishi majburiyatini koʻzda tutuvchi sugʻurta turlari boʻyicha shakllantiriladi.
Falokatlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan falokatlar zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
29. Zararlilikning tebranishi zaxirasi (ZTZ), sugʻurta turi boʻyicha sugʻurta tarifining netto-stavkasini hisoblash uchun asos boʻlgan kutilayotgan zararlilik darajasidan hisobot davridagi zararlilik darajasi yuqori boʻlgan holatda, sugʻurtalovchining sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga moʻljallangan.
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori yalpi hisoblangan sugʻurta mukofotining 10 foizidan oshmasligi lozim.
ZTZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan zararlilikning tebranishi zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
30. Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi (ANZ) faqat hayotni sugʻurta qilish sohasida faoliyat yuritadigan sugʻurtalovchi tomonidan tashkil etilishi mumkin va mukofotlar zaxirasining 20 foizidan ortiq boʻlmasligi lozim.
ANZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
31. Oʻzida majburiyatlarni aks ettirmagan, biroq sugʻurta faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa zaxiralar sugʻurtalovchi tomonidan bunday zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlarini nazarda tutuvchi tegishli zaxira toʻgʻrisidagi nizom sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanganidan keyingina tashkil etilishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-2, 14.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 532-modda)
32. Sugʻurtalovchilar sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilar ishtirokining ulushini (FJMS BZ, IFJMS BZ va TFJMS BZdan tashqari) sugʻurta zaxiralarini hisob-kitob qilish bilan bir vaqtda hisoblaydilar.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 29-oktabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-4, 11.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 45-son, 580-modda)
Qayta sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta zaxiralaridagi ulushi har bir shartnoma (shartnomalar guruhi) boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomasi (shartnomalari) shartlariga muvofiq holda aniqlanadi.
Qayta sugʻurtalovchining ishlab topilmagan mukofot zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi ulushi qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha olingan komission mukofotni chegirgan holdagi qayta sugʻurta qilishga berilgan sugʻurta mukofoti summasining sugʻurtalovchi tomonidan qayta sugʻurta qilishga berilgan sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblangan bazaviy sugʻurta mukofotiga nisbatiga proporsional ravishda aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi:
bu yerda:
QSu — qayta sugʻurtalovchining ishlab topilmagan mukofot zaxirasi yoki sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi ulushi;
Bqsm — qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha brutto qayta sugʻurta qilish mukofoti;
Kmo — qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha olingan komission mukofot;
Shz — sugʻurtalovchi tomonidan mazkur bobga muvofiq shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot zaxirasi yoki sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi;
Bsm — sugʻurta shartnomasi boʻyicha bazaviy sugʻurta mukofoti.
Qayta sugʻurtalovchining xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi ulushi qayta sugʻurta qilish shartnomasining shartlari boʻyicha qayta sugʻurtalovchi tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan zararlar miqdoridagi ulushi miqdorida belgilanadi.
III. Ajratilgan aktivlar
33. Sugʻurtalovchi sugʻurta zaxiralari mablagʻlari qiymatiga ekvivalent boʻlgan summadagi aktivlarni ajratishi shart. Ajratilgan aktivlar, ularni ajratish vaqtida sugʻurtalovchining hisob va hisobot registrlarida aniq belgilangan boʻlishi shart.
Ajratilgan aktivlarning umumiy qiymati sugʻurta zaxiralari mablagʻlarining jami miqdoridan kam boʻlmasligi lozim. Ajratilgan aktivlar qiymati sifatida ularning balans qiymati tushuniladi.
34. Ajratilgan aktivlar diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik talablariga javob berishi lozim.
35. Ajratilgan aktivlar mablagʻlari sugʻurtalovchi tomonidan faqat tegishli sugʻurta zaxiralarining shakllantirish maqsadiga muvofiq holda ishlatilishi mumkin. Ajratilgan aktivlar garov predmeti yoki kreditorga kafilning majburiyatlari boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlash manbai sifatida xizmat qila olmaydi.
36. Sugʻurta zaxiralari xorijiy valyutada belgilangan holatlarda, aktivlar sugʻurta zaxiralari belgilangan valyutaga ekvivalent valyutada yoki erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ajratiladi.
37. Ajratilgan aktivlar quyidagi aktivlardan iborat boʻlishi mumkin emas:
sugʻurtalovchining taʼsischilari, aksiyadorlari va xodimlariga berilgan qarzlar, shuningdek ular boʻyicha jamgʻarilgan foizlar;
debitor — bogʻliq shaxslarning qarzlari;
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan toʻlov sanasidan uch oydan koʻp muddat mobaynida sugʻurta qildiruvchilar (qayta sugʻurta qildiruvchilar) tomonidan toʻlanmagan sugʻurta mukofotlari;
(37-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
kafolat boʻyicha summalar;
majburiyat predmeti boʻlgan aktivlar (qabul qilingan majburiyatlar doirasida).
IV. Sugʻurta zaxiralarini joylashtirish tartibiga talablar
38. Ajratilgan aktivlarning 70% dan kam boʻlmagan qismi quyidagilardan (yoki ularning baʼzilaridan) tarkib topishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari;
bank omonatlari (depozitlar);
kassadagi va/yoki hisob (valyuta) raqamlardagi va oʻzga bank raqamlardagi pul mablagʻlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan mablagʻlar;
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qogʻozlari (Agentlik bilan kelishgan holda);
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega boʻlgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan, hamda qimmatli qogʻozlar bozorida muomalaga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
39. Sugʻurtalovchining boshqaruv organlari ushbu Nizomga asosan ajratilgan aktivlarning hisobot sanasiga mavjudligini va qiymatini tekshirib koʻrishi, shuningdek aktivlar ajratilgan sugʻurta zaxiralari summasi bilan ularni taqqoslab koʻrishi shart va bunday huquqqa har qanday boshqa vaqtda ham ega.
40. Ajratilgan aktivlar qiymati sugʻurta zaxiralari summasidan kam boʻlgan holatda, sugʻurtalovchi ajratilgan aktivlar qiymatini sugʻurta zaxiralari summasidan kam boʻlmagan qiymatga oshirish va sugʻurta zaxiralari hajmining 105 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda koʻpaytirish uchun yetarli miqdordagi qoʻshimcha aktivlarni ajratishi shart.
41. Ajratilgan aktivlar summasi sugʻurta zaxiralari summasining 105 foizidan ortiq boʻlgan holatda, sugʻurtalovchi ajratilgan aktivlar qiymati sugʻurta zaxiralari miqdoridan kam boʻlmagan va sugʻurta zaxiralari miqdorining 105 foizidan koʻp boʻlmagan summagacha qisqargunga qadar, ajratilgan aktivlarning ortiqcha boʻlgan qismini ajratilmagan aktivlarga oʻtkazishi shart.
42. Sugʻurtalovchilar har chorakda chorak oʻtgandan keyingi oyning 25 sanasigacha moliyaviy hisobot tarkibida (buxgalteriya balansi — 1-shakl, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot — 2-shakl) mazkur Nizomning 1, 2, 21, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakllarda sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Agentlikka taqdim etadilar. Bunda yil yakuni boʻyicha moliyaviy hisobot tarkibidagi sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmagan holda taqdim etiladi (xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno). Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar yil yakuni boʻyicha moliyaviy hisobot tarkibidagi sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 25-martidan kechikmagan holda taqdim etadilar.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
43. Mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan sugʻurta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va joylashtirish tartibi talablari buzilgan taqdirda, Agentlik sugʻurtalovchiga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni eng qisqa, ammo sugʻurtalovchi koʻrsatmani olgan sanadan boshlab bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etishi toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
Kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan soʻng uch kun ichida, sugʻurtalovchi Agentlikka tegishli hisob-kitoblar va kamchiliklarni bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni (hisobotlarni) taqdim etishi shart.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
44. Agentlik sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan texnik zaxiralarning tarkibini va hisoblash usullarini oʻzgartirish borasida koʻrsatma berish, shuningdek Agentlikka sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishning boshqa tartibini oʻrnatish huquqiga ega. Zarur holda, Agentlik yuzaga kelgan holat sabablarini aniqlash maqsadida sugʻurtalovchiga oʻzining vakilini yoʻllaydi, shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq holda sugʻurtalovchi operatsiyalarining yoppasiga yoki tanlov asosida tekshiruvini amalga oshiradi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
45. Sugʻurtalovchi tomonidan mazkur Nizomda oʻrnatilgan talablarga rioya qilinmagan, belgilangan muddatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Agentlik koʻrsatmasini bajarmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblash maqsadida daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning HISOB-KITOBI
Satr t/r
Koʻrsatkich nomi
Miqdori (ming soʻm)
1.
Hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti
2.
Hisobot davrida sugʻurtalovchining toʻlovlarni kafolatlash Jamgʻarmasiga majburiy badallari
3.
Hisobot davri boshiga IMZ
4.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) IMZ
5.
Hisobot davri boshiga XZZ
6.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) XZZ
7.
Hisobot davri boshiga SXZZ
8.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) SXZZ
9.
Hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari
10.
Shartnomalarning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan hisobot davrida sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari)
11.
Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) (11 satr = 1 satr x 25%)
Moliyaviy natija (daromadlarning xarajatlardan yoki xarajatlarning daromadlardan oshganligi) (1-jadvalning 15 satri maʼlumotlariga koʻra)
3.
Hisobot davri boshiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ)
4.
FJMS BZ ning koʻpayishi/kamayishi (agar 2 satr > = 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 2 satr – 0,05 x 1 satr; agar 0 < = 2 satr < 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 0; agar 2 satr < 0, bu holda 4 satr = 2 satr.)
5.
Oraliq yakun (3 satr + 4 satr)
51.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasi
6.
Hisobot sanasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (agar 5-satr < 0, bu holda 6-satr = 0; agar 51-satr > 5-satr >= 0, bu holda 6-satr = 5-satr; agar 5-satr > 51-satr, bu holda 6-satr = 51-satr.)
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi ________________________________
_____________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
* Faqatgina sugʻurtalovchi tomonidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat olib borilgan taqdirda toʻldiriladi. Mazkur jadvaldagi daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijani aniqlashda qoʻllaniluvchi barcha miqdorlar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga taalluqlidir.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
20__ y. “___” ____________ holatiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblash maqsadida daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning
HISOB-KITOBI
Satr №
Koʻrsatkich nomi
Miqdori (ming soʻm)
1.
Hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti
2.
Hisobot davri boshiga IMZ
3.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) IMZ
4.
Hisobot davri boshiga XZZ
5.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) XZZ
6.
Hisobot davri boshiga SXZZ
7.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) SXZZ
8.
Hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari
9.
Shartnomalarning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan hisobot davrida sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari)
10.
Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) (10 satr = 1satr x 30%)
Moliyaviy natija (daromadlarning xarajatlardan yoki xarajatlarning daromadlardan oshganligi) (1-jadvalning 14 satri maʼlumotlariga koʻra)
3.
Hisobot davri boshiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)
4.
IFJMS BZ ning koʻpayishi/kamayishi (agar 2 satr > = 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 2 satr – 0,05 x 1 satr; agar 0 < = 2 satr < 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 0; agar 2 satr < 0, bu holda 4 satr = 2 satr)
5.
Oraliq yakun (3 satr + 4 satr)
6.
Hisobot sanasiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (agar 5 satr < 0, bu holda 6 satr = 0; agar 5 satr > = 0, bu holda 6 satr = 5 satr)
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
Imzolar:
___________________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
_______________________________________________
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi _________________________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
* Faqatgina sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat olib borilgan taqdirda toʻldiriladi. Mazkur jadvaldagi daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijani aniqlashda qoʻllaniluvchi barcha miqdorlar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga taalluqlidir.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
_______________________________________________________ ning
(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
20__ y. “___” ____________ holatiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblash maqsadida daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning
HISOB-KITOBI
Satr T/r
Koʻrsatkich nomi
Miqdori (ming soʻm)
1.
Hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti
2.
Hisobot davri boshiga IMZ
3.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) IMZ
4.
Hisobot davri boshiga XZZ
5.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) XZZ
6.
Hisobot davri boshiga SXZZ
7.
Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) SXZZ
8.
Hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari
9.
Shartnomalarning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan hisobot davrida sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari)
10.
Hisobot davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) (10 satr = 1 satr x 30%)
Hisobot davri boshiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ)
4.
TFJMS BZ ning koʻpayishi/kamayishi
(agar 2 satr > = 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 2 satr — 0,05 x 1 satr;
agar 0 < = 2 satr < 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 0;
agar 2 satr < 0, bu holda 4 satr = 2 satr)
5.
Oraliq yakun (3 satr + 4 satr)
6.
Hisobot sanasiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (agar 5 satr < 0, bu holda 6 satr = 0;
agar 5 satr > = 0, bu holda 6 satr = 5 satr)
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
Imzolar:
__________________________
___________
__________________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi
organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi
__________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
* Faqatgina sugʻurtalovchi tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat olib borilgan taqdirda toʻldiriladi. Mazkur jadvaldagi daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijani aniqlashda qoʻllaniluvchi barcha miqdorlar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga taalluqlidir.
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
20___ y. “___” ________ holatiga sugʻurta zaxiralarining
UMUMIY MIQDORI
Zaxiralar
Jami (ming soʻm)
Shulardan xorijiy valyutada
AQSH dollari
yevro
boshqa
jami (ming soʻm ekv.)
Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (jami)
1-hisob guruhi, shu jumladan:
FJMS boʻyicha IMZ
IFJMS boʻyicha IMZ
TFJMS boʻyicha IMZ
2-hisob guruhi
3-hisob guruhi
4-hisob guruhi
Qayta sugʻurtalovchilarning IMZdagi ulushi
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS boʻyicha XZZ
IFJMS boʻyicha XZZ
TFJMS boʻyicha XZZ
Qayta sugʻurtalovchilarning XZZdagi ulushi
Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS boʻyicha SXZZ
IFJMS boʻyicha SXZZ
TFJMS boʻyicha SXZZ
Qayta sugʻurtalovchilarning SXZZdagi ulushi
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ)
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (TFJMS BZ)
Mukofotlar zaxirasi (jami)
jumladan, hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira
Qayta sugʻurtalovchilarning HJZdagi ulushi
Hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxira
Qayta sugʻurtalovchilarning HZdagi ulushi
Qayta sugʻurtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi
Texnik zaxiralarning umumiy miqdori
Qayta sugʻurtalovchilarning texnik zaxiralarda umumiy ulushi
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (jami), shu jumladan:
FJMS OCHZ
IFJMS OCHZ
TFJMS OCHZ
Sugʻurtaning boshqa turlari boʻyicha OCHZ
Boshqa sugʻurta zaxiralari
…
Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori
Qayta sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralaridagi umumiy ulushi
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
Imzolar:
_____________________________________
______________
_________________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi
organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi
_____________________________________
______________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli (roʻyxat raqami 1882-1, 13.08.2009-y.) buyrugʻiga asosan 4-ilovaga almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)
20__ y. “___” _________ holatiga aktivlar tarkibi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
ming soʻmda
Aktivlar
Jami aktivlar
Ulardan ajratilgan aktivlar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
1
2
3
4
5
Asosiy vositalar
Ulardan, koʻchmas mulk
Nomoddiy aktivlar
Investitsiyalar, jami
Tijorat banklaridagi depozitlar (bank omonatlari)
Kredit tashkilotlaridagi depozitlar (tijorat banklaridan tashqari)
Xodimlarga berilgan qarzlar, (bogʻliq shaxslar hisoblanuvchi xodimlardan tashqari)
Sugʻurtalovchining bogʻliq shaxslari hisoblanmaydigan taʼsischilari va aksiyadorlariga qarzlar
Bogʻliq shaxslarga berilgan qarzlar
Boshqa qarzlar
Shuʼba korxonalariga qoʻyilmalar
Bogʻliq shaxslarga qoʻyilmalar
Davlat qimmatli qogʻozlari
Aksiyalar
Obligatsiyalar
Boshqa qimmatli qogʻozlar
Boshqa investitsiyalar
Pul mablagʻlari, jami
Hisob raqamidagi pul mablagʻlari
Kassadagi pul mablagʻlari
Xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari
Boshqa pul mablagʻlari va ekvivalentlar
Boshqa aylanma aktivlar, jami
Ishlab chiqarish zaxiralari (materiallar)
Tugallanmagan ishlab chiqarish (xizmatlar)
Sotib olingan xususiy aksiyalar
Debitorlik qarzlar, jami
Sugʻurta qildiruvchilar bilan hisob-kitoblar
Qayta sugʻurtalovchilar bilan hisob-kitoblar
Boʻnak toʻlovlari
Taʼsischilar bilan hisob-kitoblar
Budjet bilan hisob-kitoblar
Boshqalar
Boshqa aktivlar, jami
Boshqa aktivlar (koʻrsating)
…
JAMI AKTIVLAR
Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.
(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)
Bosh hisobchi
__________________________
__________________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882-6, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda; 2009-y., 32-33-son, 367-modda; 2011-y., 50-son, 532-modda; 2013-y., 6-son, 84-modda; 2015-y., 45-son, 580-modda; 2017-y., 29-son, 713-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/1882-6/0346-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)