Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING ChET ELGA BORIShLARI TARTIBINI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DIPLOMATIK PASPORTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1995 YIL 6 YaNVARDAGI 8-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro xarakterdagi rasmiy tadbirlarda qatnashish uchun borishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-noyabr,
255-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 255-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Qarorning 2-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning xalqaro xarakterdagi rasmiy tadbirlarda qatnashishini kelishib olish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”.
2. 4-ilovaga quyidagi mazmundagi 7.1 va 7.2-bandlar qoʻshilsin:
7.1‎ Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda xoʻjalik va davlat boshqaruvi boshqa organlarining xodimlari‎ Vazirliklar, idoralar, muassasalar rahbarlari‎
7.2‎ Huquqni muhofaza qilish, xavfsizlik va mudofaa organlari xodimlari xalqaro xarakterdagi rasmiy tadbirlarda qatnashish uchun‎ Huquqni muhofaza qilish, xavfsizlik va mudofaa organlari rahbarlari (zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Davlat maslahatchisi xizmati bilan kelishuv boʻyicha)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 475-modda)