Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA” 2008 YIL 30 IYuLDAGI O‘RQ-164-SON QONUNI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ-164-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-sentabr,
204-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 204-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi Nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda):
1) 1-bo‘limning 1.1-kichik bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1.1. Buyurtmanoma berilganligi uchun to‘lanadigan boj
1.1.1 Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga buyurtmanoma berish:‎ Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda
— bitta ixtiroga ‎ 1‎ 420‎
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir ixtiroga‎ 0,5‎ 210‎
— 35 sahifadan ortiq bo‘lgan tavsifning keyingi har bir sahifasi uchun qo‘shimcha ravishda ‎ 0,01‎ 0,4‎
1.1.2 Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga buyurtmanoma berish:‎
— bitta foydali modelga‎ 1‎ 420‎
— foydali modellar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir foydali modelga‎ 0,5‎ 210‎
1.1.3 Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga buyurtmanoma berish:‎
— sanoat namunasining bitta variantiga‎ 1‎ 420‎
— variantlarga, qo‘shimcha ravishda ikkitadan o‘ntagacha bo‘lgan har bir variant uchun‎ 0,5‎ 210‎
— variantlarga, qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan har bir variant uchun‎ 1‎ 420‎
2) 1.2-kichik bo‘limning 1.2.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1.2.2‎

Quyidagilarga nisbatan ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish:
a) bitta ixtiroga ‎ 3‎ 1260‎ Ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir ixtiroga‎ 3‎ 1260‎
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga‎ 0,2‎ 84‎
— qo‘shimcha ravishda yigirmatadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga‎ 0,1‎ 42‎
b) bitta sanoat namunasiga‎ 3‎ 1260‎ Rasmiy ekspertiza o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaror yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida
— qo‘shimcha ravishda ikkitadan o‘ntagacha bo‘lgan sanoat namunasining har bir variantiga‎ 1‎ 420‎
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan sanoat namunasining har bir variantiga‎ 2‎ 840‎
v) ixtiro uchun berilgan buyurtmanomada xalqaro qidirish organlarining biri tomonidan tayyorlangan xalqaro qidirish to‘g‘risida hisobot majud bo‘lgan taqdirda, Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boj miqdori quyidagilarni tashkil etadi: ‎ Ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda
— bitta ixtiroga ‎ 2,5‎ 1000‎
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir navbatdagi ixtiroga ‎ 2‎ 840‎
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga‎ 0,2‎ 84‎
— qo‘shimcha ravishda yigirmatadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga‎ 0,1‎ 42‎
3) 1.4-kichik bo‘limning 1.4.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1.4.2 Buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab ixtiroga patentning amal qilishini saqlash:‎ Uch yil uchun – patent berilganligi uchun boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun – joriy yilning oxirgi uch oyi mobaynida
— uchinchi yil uchun‎ 0,2 84
— to‘rtinchi
‎‎— oltinchi yillar uchun
0,4 168
— yettinchi
‎— o‘ninchi yillar uchun ‎
0,5 210
— o‘n birinchi
‎— o‘n to‘rtinchi yillar uchun‎
0,7 294
— o‘n beshinchi
‎— o‘n oltinchi yillar uchun ‎
0,9‎ 378‎
–– o‘n yettinchi
‎–– yigirmanchi yillar uchun‎
1‎ 420‎
Ixtiroga patentning amal qilishini har yili buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab uzaytirish: ‎
— yigirma birinchi
‎–– yigirma beshinchi yillar uchun‎
3‎ 1260‎
4) 1.4-kichik bo‘lim 1.4.3-bandining “Bojning vazifasi” ustunidagi “uchinchi yilidan boshlab”, “uch yil uchun” tegishli ravishda “buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab”, “uchinchi yili uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5) 1.4-kichik bo‘limning 1.4.4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1.4.4 Qo‘shimcha boj:‎
a) patentning amal qilish muddati o‘tgandan keyin 6 oylik muddat berganlik uchun‎ belgilangan boj miqdorining 50 foizi‎ Uzaytirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda‎
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patentning amal qilish muddatini tiklaganlik uchun‎ patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi (patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida ariza berilgan sana to‘g‘ri keladigan yil uchun) ‎ Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda‎
6) 1.7-kichik bo‘limning 1.7.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1.7.2 Muddatini uzaytirish:‎
a) ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga buyurtmanomalar sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini, lekin ko‘pi bilan 2 oyga ‎ 0,5‎ 210‎ Ariza berish bilan bir vaqtda
b) ixtiroga ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish muddatini, lekin ko‘pi bilan 2 oyga ‎ 0,5‎ 210‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 374-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)