1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TARAQQIYOT UYUSHMASI ISHTIROKIDAGI “QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH. II BOSQICH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarishini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasiga “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 35 yilda qaytarish muddati bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz berish maxsus huquqlarining 41,3 mln. miqdoridagi krediti (ekvivalentda 67,96 mln. AQSH dollari) berilishi Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanganligi;
O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi hissasi — ekvivalentda 8,98 mln. dollarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — ekvivalentda 7,44 mln. dollarni va loyiha qatnashchilarining hissasi — ekvivalentda 1,54 mln. dollarni tashkil qilishi;
LexUZ sharhi
(1-bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
loyihani amalga oshirish davri olti yil (2008—2014-yillar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
2. Belgilab qo‘yilsinki, loyiha:
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyalashtirish” hamda “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini o‘qitish va ularga konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish” komponentlari bo‘yicha — Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (keyingi o‘rinlarda loyihaga kiritilgan viloyatlar deb ataladi);
LexUZ sharhi
(2-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
LexUZ sharhi
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
“Irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” komponenti bo‘yicha — Ulug‘nor (Andijon viloyati), Olot (Buxoro viloyati), Mirishkor (Qashqadaryo viloyati), Bo‘ka (Toshkent viloyati), Pastdarg‘om (Samarqand viloyati), Boyovut (Sirdaryo viloyati) va Yozyovon (Farg‘ona viloyati) tumanlarida amalga oshiriladi.
Loyihaga kiritilgan viloyatlar hududidagi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi fermer xo‘jaliklari davlat oldidagi shartnomaviy majburiyatlaridan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyalashtirish” komponenti doirasida tijorat banklari bilan kredit mablag‘larini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
kreditning “Irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” komponenti doirasidagi qismiga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha huquqlarni berish to‘g‘risida Aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” bilan bitimni imzolashga vakil qilinsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasidagi moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
7. “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash:
loyiha yechimlari joriy etilishini jadallashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqqan holda ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;
loyiha amalga oshirilishini muntazam ravishda, har chorakda kamida bir marta, ko‘rib chiqsin va, zaruriyat bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
bir oy muddatda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligida loyihani boshqarish guruhi uchun mutaxassislarni qo‘shimcha ravishda yollagan holda Agentlikka va loyiha amalga oshiriladigan viloyatlarda loyihani amalga oshirish guruhlariga yuklash bo‘yicha tashkiliy masalalar hal etilishini, guruhlarning shtat jadvali va ularni moliyalashtirishning yillik smetalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilishini;
ko‘rsatib o‘tilgan loyiha amalga oshiriladigan viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihani amalga oshirish guruhlarini joylashtirish uchun ijara to‘lovi undirilmasdan binolar ajratilishini;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyalashtirish” komponenti doirasida Kredit liniyalaridan foydalanish to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini, kredit mablag‘larini qayta moliyalashtirish tartibi, muddatlari va shartlari, subloyihalar tanlanishi va ularni baholash mezonlari, shu jumladan xarid qilish taklif etilayotgan asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va minitexnologiyalarning texnik darajasi, shuningdek import bo‘yicha sotib olinayotgan qoramol mahsuldorligi belgilanishini;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tartib-qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va boshqa hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishi tashkil qilinishini ta’minlasin.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalarning ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-avgust,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qaroriga 4-ILOVA
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, kengash raisi
Xolmuradov S.R.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, kengash raisining o‘rinbosari
Salimov A.
—
Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari
Alixonov B.
—
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi
Tursunov Yo.
—
Moliya vazirining o‘rinbosari
Bakirov N.J.
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
lavozimi bo‘yicha
—
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari
lavozimi bo‘yicha
—
Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
lavozimi bo‘yicha
—
loyihada qatnashuvchi tijorat banklari boshqaruvi raislari (tanlab olish natijalariga ko‘ra)
lavozimi bo‘yicha
—
loyihani boshqarish guruhi rahbari
Izoh: Kengash a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs uning tarkibiga kiritiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)