1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh O‘RINLARINI BAND QILIB QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-avgust,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlarini tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ajratish;
band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga nisbatan foizlar hisobidagi ish o‘rinlarining eng kam soni.
3. Aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi (band qilib qo‘yiladi).
Ushbu toifaga quyidagilar kiradi:
yolg‘iz ota, yolg‘iz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor ko‘p bolali ota-onalar;
ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar;
muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
nogironlar;
aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
jazoni o‘tash muassasalaridan bo‘shatilgan, jazoni o‘tayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar.
Mehnat bozorida vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazi tavsiyasiga ko‘ra ish o‘rinlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun ham, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar, kichik yoshli bolalari bo‘lgan ishlamayotgan ayollar, atrofdagilar uchun xavfli bo‘lmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan og‘riyotgan shaxslar uchun ham band qilib qo‘yilishi mumkin.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
II. Ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish shartlari va tartibi
4. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilganlar uchun band qilib qo‘yilayotgan ish o‘rinlari soni ish topishda qiynalayotganlar sonining o‘zgarishiga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.
5. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi.
Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qo‘yiladi.
Band qilib qo‘yilayotgan ish o‘rinlarining jami miqdori mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkilot xodimlari ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonining 7 foizidan ortiq miqdorda belgilanishi mumkin emas.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi takliflar tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bo‘yicha alohida tegishli qaror qabul qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organiga kiritiladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Aniq tashkilot uchun ish o‘rinlarini band qilish bo‘yicha takliflar kiritishda aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tashkilotdagi ishlarning kasb bo‘yicha tarkibi va tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari majburiy tartibda hisobga olinishi kerak.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Nogironlar uchun ish o‘rinlarini band qilish miqdorini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritishda nogironlarni reabilitatsiya qilish dasturlari parametrlari hisobga olinadi.
Band qilinishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari sonini va ularga qo‘yiladigan talablarni belgilash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari boshchilik qiladigan maxsus komissiya tuziladi.
Kalendar yili boshlangungacha uch oydan kechikmay tashkilotlarga yetkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorida (ushbu Nizomga 1-ilova) ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni, ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ushbu hududda joylashgan tashkilotlar bo‘yicha alohida band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni, band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlariga talablar, taqdirlash chora-tadbirlari, mahalliy davlat hokimiyati organining ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar ko‘rsatiladi.
6. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun shaxslarning mazkur toifalariga, shu jumladan quyidagilar uchun qo‘yiladigan xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rni tashkil etilgan ish o‘rni hisoblanadi:
yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va 14 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalari bor ko‘p bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo‘yicha vazifalarni uyg‘unlashtirish imkonini beradigan, o‘zgaruvchan ish jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;
ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb bo‘yicha tayyorgarligiga muvofiq bo‘lgan ish o‘rinlari;
muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun — ularning kasb bo‘yicha tayyorgarligiga muvofiq bo‘lgan ish o‘rinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to‘sqinliksiz bajarish imkonini (sog‘lig‘ining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish o‘rinlari;
aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish o‘rinlari;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
jazoni o‘tash muassasalaridan bo‘shatilgan, jazoni o‘tayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar uchun — ularning kasb bo‘yicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o‘rinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo‘lmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish o‘rinlari.
7. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ishga joylashtirib bo‘lingan ish o‘rinlari keyingi davr uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini belgilashda hisobga olinadi.
8. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazi yo‘llanmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
9. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga nogironlar jamoatchilik birlashmalari, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni ta’minlaydigan aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlariga yuborish yo‘li bilan ko‘maklashishi mumkin.
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tashkilotlar aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga aniq tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish, shuningdek aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlaridan har bir tashkilot bo‘yicha tashkil etilgan, shuningdek band qilib qo‘yilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari soni va xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
10. Mahalliy davlat organi tomonidan belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam soniga muvofiq tashkil etilgan (band qilib qo‘yilgan yoki ajratilgan) eng kam ish o‘rinlari sonini qisqartirishga yoki tugatishga mahalliy davlat hokimiyati organi qarori asosida amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
11. Texnologiyani, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar sonining o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirilgan shaxslarda ish o‘rinlari, agar ushbu shaxslar soni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan miqdordan oshmasa, ustuvor tartibda saqlanib qoladi.
12. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rni ilgari ushbu ish o‘rnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi munosabati bilan bo‘shab qolgan taqdirda tashkilot o‘n kun muddatda aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazini yangidan ochilgan bo‘sh ish o‘rni to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
13. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirishi shart.
Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan toifaga mansub bo‘lsa, mehnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha band qilib qo‘yilgan ish o‘rniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
14. Tashkilot yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish o‘rinlari band qilib qo‘yilishini va tayyor bo‘lishini ta’minlaydi, bu to‘g‘rida aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga yil boshlangungacha axborot beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining qolgan qismini band qilib qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlanadi, bu to‘g‘rida Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot beriladi.
Tashkilotlar har chorakda aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha axborot taqdim etadilar.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining tayyorligi to‘g‘risidagi axborotning tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qaraydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
15. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani to‘laganlik tashkilotni band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
16. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorini bajarmaganlik uchun undirilgan jarimalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asosan aholining ushbu toifasi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga, shu jumladan nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etishga sarflanadi.
17. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorining bajarilishini nazorat qilish mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
18. Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalariga:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlarining band qilib qo‘yilishi;
ushbu ish o‘rinlariga mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
mahalliy davlat hokimiyati organining ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga jarimalar solish to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni yuborishadi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
19. Nogironlar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
20. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan ko‘rsatkichdan ortiqcha, shu jumladan ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy bo‘lmagan binolarni birinchi navbatda ajratish yo‘li bilan band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashi mumkin.
21. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini tuman (shahar) hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish o‘rinlarini tashkil etishga sarflangan mablag‘larning bir qismini aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi aholi bandligiga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi aholi bandligiga ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan tashkilot (ish beruvchi)ning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etishga xarajatlarini qisman qoplashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
_____________ tumani (shahri) hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida QARORI 20__ yil “___” _________ ____-son
1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____________tumani (shahri) hokimi _________________________________ ______________________________________________________________ uchun:
(tashkilot nomi)
xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonidan ___ kishini tashkil etadigan ___ foiz miqdorida, shu jumladan: o‘n to‘rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalar uchun __ foiz (__ kishi); ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun __ foiz (__ kishi); muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun __ foiz (__ kishi); nogironlar uchun __ foiz (__ kishi); aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun __ foiz (________ kishi);
jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o‘tayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar uchun __ foiz (_______ kishi); ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun__ foiz (______ kishi) miqdorida ish o‘rinlari zaxirasini belgilaydi. 2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o‘rinlari xodimlar tomonidan o‘zlarining mehnat majburiyatlarini to‘siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak, shu jumladan ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
(ish o‘rinlariga nisbatan aniq talablar sanab o‘tiladi)
3. Ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladigan kasblar va lavozimlar: ______________________________________________________________________________________________________________________________________
(kasblar va lavozimlar sanab o‘tiladi)
4. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko‘rsatilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasinlar. 5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi. 6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish sonidan ortiqcha ish o‘rinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi: ___________________________________________________________________ (imtiyozlar mazmuni ko‘rsatiladi)
7. Aholi bandligiga ko‘maklashishmarkazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda ko‘rsatilgan tashkilot rahbarlari e’tiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
___________________________tumani (shahri) hokimi _________________
(imzo)
M.O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ILOVA
Tashkilot nomi: _________________________________ _________________________________ Yuridik manzili: _________________________________ _________________________________
Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga taqdim etiladi Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar
20__ yilning _____choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj
va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun
ish o‘rinlarini band qilibqo‘yish to‘g‘risida
AXBOROT
1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari soni ___ ish o‘rni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ___ ish o‘rni.
2. Band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilganlar soni:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari
Hisobot davrining yakuniy holatiga ko‘ra ishlayotganlar
(kishi)
Shundan ishga joylashtirilganlar
hisobot chorakda
yil boshidan
Jami:
shu jumladan:
O‘n to‘rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalar
Ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar
Muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar
Nogironlar
Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar
Jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o‘tayotganyoki sud qaroriga ko‘ratibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari
3. Hisobot davri oxirida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari soni: ___ ish o‘rni
Tashkilot rahbari
______________________
(imzo)
Kadrlar bo‘limi (inspektori)boshlig‘i
______________________
(imzo)
M.O‘.
20__ yil “___” ____________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 26-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):
“26. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi banligini oshirish hamda mehnat va aholini ijimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda):
“7. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;