Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sport inventarlari sifatini taʼminlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “2008—2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 20-fevraldagi 26-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda; 2008-y., 5-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-avgust,
176-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 361-pozitsiya qoʻshilsin:

361.‎

Charmdan tayyorlangan buyumlar (boks qoʻlqoplari, snaryad qoʻlqoplari va boks lapalari)‎

4203 21 000 0*‎

2. 47-pozitsiyaning “Nomi” ustunidagi “bolalar assortimenti” soʻzlaridan keyin “va boks poyabzallari” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 471-pozitsiya qoʻshilsin:

471.‎

Sport uchun bosh kiyimlar‎

6506 10 800 0*,
‎6506 91 000 0*‎

4. 61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

61.‎

Oʻyinchoqlar, bolalar oʻyinlari, sport inventarlari‎

9503 00,
‎9506 40 100 0*,
‎9506 51 000 0*,
‎9506 61 000 0*,
‎9506 62 100 0*,
‎9506 62 900 0*,
‎9506 69 900 0*
‎(meditsinbol),
‎9506 91*‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 315-modda)