Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARI TOMONIDAN VALYUTAVIY SVOP OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-iyulda 1839-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2007 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish Dasturi”ning 26-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 454-modda) muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyun,
15/1-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 40 va 43-moddalari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 9 va 10-moddalariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) muvofiq, shuningdek, Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) svop bitimini tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadida quyidagi atama va tushunchalar qo‘llaniladi:
valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha bank mijozlari (bundan keyingi o‘rinlarda bank mijozlari deb yuritiladi) — tijorat banklarida chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lgan va qonunchilikka muvofiq joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlardir;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
valyuta birjasining savdo tizimi (bundan keyingi o‘rinlarda savdo tizimi deb yuritiladi) — Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, shuningdek, banklarning o‘zaro valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha elektron savdolar amalga oshiriladigan valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
valyutalash sanasi — svop bitimi shartlarini bajarish sanasi;
valyutaviy svop operatsiyasi — bitimda belgilangan muddat va valyuta kursi bo‘yicha hisoblashish (qayta almashuv) sharti asosida valyutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish (almashuv) bo‘yicha ikki tomonlama bitimdir. Valyutaviy svop operatsiyasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismini amalga oshirishda valyutalarning dastlabki almashinuvi (spot bitim), ikkinchi qismini bajarishda esa, qayta almashinuvi (forvard-bitimi) va svop shartnomasining yopilishi sodir bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
raqobatli buyurtma — buyurtmada ko‘rsatilgan maksimal xarid bahosidan oshmaydigan baho bo‘yicha asbobning ma’lum miqdorini sotib olishga yoki buyurtmada ko‘rsatilgan sotuvning minimal bahosidan past bo‘lmagan baho bo‘yicha asbobning ma’lum miqdorini sotishga qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydigan rozilikni ifodalovchi buyurtma turi;
raqobatsiz buyurtma — buyurtmaning eng yaxshi bahosi bo‘yicha asbobning ma’lum miqdorini sotib olish va sotishga qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydigan rozilikni ifodalovchi buyurtma turi;
svop bitimining bazaviy kursi — svop bitimi tuziladigan sanadagi spot-kurs. So‘m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra erkin belgilanadi;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
svop bitimining yakuniy kursi — svop bitimini tuzish sanasidagi forvard-kurs. Svop bitimining yakuniy kursi svop bitimi ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy o‘rnatilishi yoki quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
bu yerda:
YaK — svop bitimining yakuniy kursi;
BK — svop bitimining bazaviy kursi;
FSso‘m/chet el — so‘mdagi foiz stavka (agar svop bitimi ikki chet el valyutasi o‘rtasida tuzilsa, tegishli chet el valyutasidagi stavka);
FSchet el — chet el valyutasidagi foiz stavka;
K — svop bitimining birinchi va ikkinchi qismi o‘rtasidagi kalendar kunlar soni (bunda bitimning birinchi va oxirgi kuni bir kun deb olinadi);
YKso‘m — svop bitimining birinchi qismini amalga oshirish kunidagi so‘m bo‘yicha kalendar kunlar soni (365 kun);
YKchet el — svop bitimining birinchi qismini amalga oshirish kunidagi tegishli chet el valyutasi bo‘yicha kalendar kunlar soni (AQSh dollari, yevro, Yaponiya iyenasi va Shveysariya franki uchun 360 kun, Angliya funt sterlingi uchun 365 kun);
svop bitimining bahosi (svop punkti) — svop bitimining yakuniy kursini hisoblashda foydalaniladigan kattalik. Svop bitimining bahosi svop bitimi ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy o‘rnatilishi yoki quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
svop bitimining bahosi (svop punkti) = YaK — BK.
Svop bitimi bahosi (svop punktlari) musbat (qo‘shuv belgisi bilan) yoki manfiy (ayirish belgisi bilan) bo‘lishi, shuningdek, nolga teng bo‘lishi ham mumkin;
svop bitimi bo‘yicha asbob (bundan keyingi o‘rinlarda asbob deb yuritiladi) — ma’lum qat’iy sifatlar (valyuta kurslari nisbati va majburiyatni bajarish muddati) bilan tavsiflanuvchi svop bitimining standart predmeti;
svop shartnoma — valyutaviy svop operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha bitim ishtirokchilari tomonidan mazkur Nizom shartlariga muvofiq tuzilgan kelishuvdir;
tizim doirasidagi (avtomatik) svop bitimi — savdo davomida ikki “manzilsiz” (ya’ni, bitim bo‘yicha aniq kontragent ko‘rsatilmagan buyurtma) qarama-qarshi buyurtmalarga asoslanib tuziladigan bitim;
tizimdan tashqari svop bitimi — tomonlari bir-birini bitim bo‘yicha kontragent sifatida ko‘rsatuvchi ikki qarama-qarshi (muqobil) buyurtma asosida savdo davomida tuziladigan svop bitimi;
T_0 hisob-kitob kodi — chet el valyutasi bilan bitimlarni tuzishda foydalaniladigan hisob-kitoblar kodi bo‘lib, u bitimning ijrosi bitim tuzilgan kunda bajarilishi va bitim tuzishda bitimning ijrosi uchun pul mablag‘larining to‘liq yetarliligi ustidan nazorat jarayonlarining amalga oshirilishini anglatadi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq valyutaviy svop operatsiyasi:
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida;
tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro;
bank mijozlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
3. Valyutaviy svop operatsiyasi milliy yoki chet el valyutasida banklarning likvidliligini saqlab turish, valyutadagi aktivlarni diversifikatsiyalash va valyuta xatarini minimallashtirish va xedjirlash (valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar xatari), shuningdek, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish orqali daromad olish maqsadlarida amalga oshirilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida ularning xohishiga ko‘ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Valyutaviy svop operatsiyasi so‘m va chet el valyutasi bilan, shuningdek, ikki chet el valyutasi o‘rtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
5. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, shuningdek tijorat banklarining o‘zaro valyutaviy svop operatsiyalari Savdo tizimida tuziladi va bajariladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
6. Tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari ushbu Nizomga muvofiq bevosita banklarda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
7. Tijorat banklari valyutaviy svop operatsiyasini amalga oshirishda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan ochiq valyuta pozitsiyasi limitlari:
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
chet el valyutasining har bir turi bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi;
ochiq valyuta pozitsiyalari qiymat kattaligiga rioya qilishlari lozim.
8. Valyutaviy svop operatsiyasini o‘tkazish maqsadida milliy valyutadagi hisob-kitob foiz stavkalari (bundan keyingi o‘rinlarda so‘m bo‘yicha foiz stavkalari deb yuritiladi) va chet el valyutasidagi hisob-kitob foiz stavkalari (bundan keyingi o‘rinlarda chet el valyutasi bo‘yicha foiz stavkalari deb yuritiladi) o‘rnatiladi.
So‘m bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida yoki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining banklararo kredit stavkasi bo‘yicha ham o‘rnatilishi mumkin.
Chet el valyutalari bo‘yicha foiz stavkalari valyuta turiga bog‘liq ravishda quyidagi miqdorlarda o‘rnatilishi mumkin:
AQSh dollari uchun — AQSh Federal zaxira tizimi foiz stavkalari (Federal funds target rate);
Yevro uchun — Yevropa Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi (Minimum bid rate at refinancing tender);
Angliya funt sterlingi uchun — Angliya bankining bank stavkasi (bank rate);
Yaponiya iyenasi uchun — Yaponiya bankining “overnayt” (overnight funding rate) qayta moliyalash stavkasi;
Shveysariya franki uchun — Shveysariya Milliy bankining shveysariya frankida 3 oylik Libor stavkasi (3 month Swiss Libor).
Shuningdek, chet el valyutalari bo‘yicha foiz stavkalari LIBOR yoki ISDAFIX stavkalari miqdorida yoki chet el markaziy (milliy) banklarning hisob stavkalari miqdorida ham o‘rnatilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chet el valyutasidagi foiz stavkalariga doir ma’lumotlarni REUTERS tizimidan va Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasi (International Swaps and Derivatives Association — isda.org), Britaniya banklari assotsiatsiyasi (British Bankers’ Association — bba.org.uk), shuningdek, tegishli chet el markaziy (milliy) banklari veb-saytlaridan va boshqa manbalardan ham olish mumkin.
II. Savdo tizimida valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish
9. Savdo tizimida svop bitimlari tizim doirasidagi (avtomatik) va tizimdan tashqari tartibda tuzilishi mumkin.
10. Svop bitimi bo‘yicha tomonlar sifatida tijorat banklari — chet el valyutasidagi savdolar bo‘yicha valyuta birjasi a’zolari (bundan keyingi o‘rinlarda Dilyerlar deb yuritiladi) ishtirok etishi mumkin. Chet el valyutasidagi savdolar bo‘yicha valyuta birjasining a’zosi bo‘lmagan vakolatli banklar Dilyerlar orqali svop bitimlarini tuzishlari mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
11. Agarda bitim yaqinroq valyutalash sanasidagi asbob bo‘yicha “xarid” yo‘nalishiga ega bo‘lsa, u holda svop bitimi “xarid/sotuv” yo‘nalishiga ega bo‘ladi.
Agarda bitim yaqinroq valyutalash sanasidagi asbob bo‘yicha “sotuv” yo‘nalishiga ega bo‘lsa, u holda svop bitimi “sotuv/xarid” yo‘nalishiga ega bo‘ladi.
12. Tizim doirasidagi svop bitimlarini tuzishda savdo ishtirokchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi.
13. Tizim doirasidagi svop bitimini tuzish uchun buyurtmalarni taqdim etishda bitimning quyidagi parametrlari ko‘rsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
buyurtma yo‘nalishi: “xarid/sotuv” yoki “sotuv/xarid”;
buyurtma turi: raqobatli yoki raqobatsiz (tizim doirasidagi bitimlarda);
bitim miqdori;
svop bitimining bahosi (svop punktlar).
Barcha svop bitimlari pul mablag‘larini oldindan zaxiralash (T_0 kodli hisob-kitoblar) orqali tuziladi.
14. Savdo tizimiga kiritilgan buyurtma mavjud muqobil buyurtmalarga uzluksiz solishtirish jarayonidan o‘tadi. Bunda xarid uchun buyurtmalar doimo sotuv buyurtmalariga nisbatan muqobil hisoblanadi va aksincha, sotuv buyurtmalari doimo xarid buyurtmalariga nisbatan muqobil hisoblanadi.
15. Bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud bo‘lganda, bitimning avtomatik tuzilishi sodir bo‘ladi, ya’ni mazkur buyurtmani taqdim etgan savdo ishtirokchisining qo‘shimcha roziligi yoki tasdig‘i talab etilmaydi.
16. Svop bitimi bo‘yicha o‘zaro kontragentini ko‘rsatgan holda taqdim qilingan ikki muqobil buyurtmalarning Savdo tizimida ro‘yxatga olinishi bilan tizimdan tashqari svop bitimi tuzilgan hisoblanadi.
17. Tizimdan tashqari svop bitimini tuzish uchun buyurtma taqdim qilishda bitimning quyidagi parametrlari ko‘rsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
buyurtma yo‘nalishi: “xarid/sotuv” yoki “sotuv/xarid”;
bitim miqdori;
svop bitimi bahosi (svop punktlar);
svop bitimi bo‘yicha so‘nggi kontragent.
18. Buyurtmalarning standart shakllari va turlari valyuta birjasi tomonidan belgilanadi.
19. Muqobil buyurtmalarda svop bitimining yuqorida ko‘rsatilgan barcha shartlarining mos kelishi ushbu bitimni Savdo tizimida ro‘yxatga olinishi uchun zarur hisoblanadi (moslik sharti).
20. Tizim doirasidagi (avtomatik) yoki tizimdan tashqari svop bitimlarini tuzish uchun buyurtmalar kelib tushganda, Savdo tizimi quyidagilarni amalga oshiradi:
bitim tomonlarining pul pozitsiyalari miqdorini bitim tuzish uchun zarur bo‘lgan, Savdo tizimining vositachilik haqini qo‘shgan holda, pul mablag‘lari yetarliligi jihatidan tekshiradi;
tekshiruv natijalariga ko‘ra buyurtmani bekor qiladi (yetarlilik shartlari bajarilmagan holda) yoki uni tomonlarning pul pozitsiyalarini o‘zgartirgan holda ro‘yxatga oladi;
21. Tizim doirasidagi (avtomatik) yoki tizimdan tashqari svop bitimlarini tuzishda Savdo tizimi quyidagilarni amalga oshiradi:
ikki muqobil buyurtmani bitim parametrlariga moslik shartlari bo‘yicha tekshiradi;
bitim tomonlarining pul pozitsiyalari miqdorini o‘zgartiradi.
22. Tizim doirasidagi (avtomatik) svop bitimi bo‘yicha har qanday buyurtma, agar u ushbu vaqtgacha qondirilmagan bo‘lsa, uni taqdim qiluvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
23. Tizimdan tashqari svop bitimi bo‘yicha berilgan buyurtmaga javob tariqasida kelib tushgan buyurtma Savdo tizimida ro‘yxatga olingunga qadar berilgan buyurtmani taqdim qiluvchi uni qaytarib olishi mumkin.
24. Buyurtma qaytarib olinganda Savdo tizimi qaytarib olingan buyurtmaga muvofiq tarzda pul pozitsiyasi miqdorini to‘g‘rilaydi.
25. Savdo tizimining vositachilik haqi bitim tuzishda har bir svop bitimi bo‘yicha undiriladi.
26. Har bir svop bitimini tuzishda Savdo tizimi unga yagona ro‘yxat raqamini biriktiradi va ro‘yxatga oladi.
27. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari Markaziy bank va tijorat banki o‘rtasida valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan Bosh shartnomaga (bundan keyingi o‘rinlarda Bosh shartnoma deb yuritiladi) muvofiq o‘tkaziladi.
Bosh shartnomada qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida svop bitimini amalga oshirishning majburiy shartlari;
Bosh shartnomaning amal qilish muddati.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
28. Markaziy bank va tijorat banki o‘rtasida svop bitimi tuzishning majburiy shartlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
a) tijorat banki tomonidan majburiy zaxira talablari va ochiq valyuta pozitsiyasi limiti, shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan boshqa iqtisodiy normativlarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilishi;
(28-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
b) tijorat bankining Markaziy bank bilan oldingi tuzilgan svop bitimi bo‘yicha muddati o‘tgan majburiyatlarining bo‘lmasligi.
(28-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
29. Markaziy bank valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazishning umumiy limitini, shuningdek, tijorat banklari bilan svop operatsiyalarini o‘tkazishning individual limitlarini tasdiqlaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
30. Markaziy bank tijorat banklariga Savdo tizimi orqali, bitim tuzish nazarda tutilgan sanadan oldingi bir ish kunidan kechikmagan holda svop bitimini tuzish to‘g‘risida ma’lumot beradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Markaziy bankning ma’lumoti svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim.
31. Svop bitimi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob-kitob kliring operatsiyalari Savdo tizimida ushbu maqsadlar uchun ochilgan maxsus hisob raqamlar orqaligina amalga oshiriladi.
Svop shartnomaning yopilish sanasida svop bitimlari tomonlari bo‘lgan Dilyerlar svop bitimi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq so‘ndirish uchun Savdo tizimining maxsus hisob raqamlariga mos valyutada pul mablag‘larini o‘tkazadilar.
Savdo tizimi, pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, o‘z navbatida bu mablag‘larni tegishli Dilyerlarning hisob raqamiga o‘tkazish orqali hisob-kitob kliring xususiyatidagi operatsiyalarni amalga oshiradi.
32. Agarda svop shartnomaning yopilish sanasi savdo kuniga to‘g‘ri kelmasa, bunday holda svop shartnomaning yopilish kuni deb ko‘rsatilgan sanadan keyingi birinchi savdo kuni hisoblanadi.
33. Svop shartnomaning yopilish sanasida Dilerning pul pozitsiyasi svop bitimi shartlariga mos kelmagan holda, Diler svop bitimi shartlari bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmagani uchun javobgar deb topiladi.
III. Tijorat banklari va bank mijozlari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari
(III bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
34. Valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan to‘lovlar uchun sarflanishi mumkin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
35. Tijorat banklari va bank mijozlari o‘rtasidagi valyutaviy svopni o‘tkazish tartibi tijorat banklari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi. Ushbu tartib majburiy tarzda quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkazishning umumiy limitini o‘rnatish va bir mijoz bilan valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkazishning individual limitini o‘rnatish tartibi;
tijorat banklari mas’ul ijrochilari va mansabdor shaxslarining svop bitimini tuzish tashabbusi bilan chiqishi, tasdiqdan o‘tkazishi va bitimni tuzishni tasdiqlashi bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishini o‘z ichiga olgan svop bitimlarini tuzish tartibi;
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
svop bitimlarining bazaviy va yakuniy kurslarini, shuningdek, svop bitimlari bo‘yicha banklar tomonidan qo‘llaniladigan asboblarni aniqlash tartibi;
valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarni yuritish, shu jumladan, hujjatlarning tasdiqlangan shakli va ularni tuzishning hamda valyutaviy svop operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning tartibi;
valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazish ustidan tijorat banklarining ichki audit xizmati va ichki nazorati tomonidan monitoring va nazorat qilinishi;
(35-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
mijozlar tomonidan svop bitimi shartnomaviy majburiyatlarini buzish hollarida tijorat banklarining harakati, shu jumladan, valyuta operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi bo‘yicha bo‘linmalarning va yuridik xizmatning birgalikda harakat qilish tartibi;
(35-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
valyuta birjasining savdo tizimida amalga oshiriladigan valyutaviy svop operatsiyalarining hujjatlarini yuritish bo‘yicha tijorat bankining ichki jarayoni;
(35-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
valyutani tartibga solish bo‘yicha qonunchilikka va tijorat bankining ichki hujjatlariga muvofiq valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishni ta’minlaydigan boshqa holatlar.
(35-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
36. Valyutaviy svop operatsiyalari tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi tuzilgan svop shartnomalarga muvofiq o‘tkaziladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Svop shartnomada xo‘jalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar ham ko‘rsatilishi shart:
tuziladigan svop bitimi bo‘yicha ikki asbobning nomi;
bitim summasi;
svop bitimining bahosi (svop punktlari);
kalendar kunlaridagi svop muddati;
svop bitimining bazaviy va yakuniy kursi to‘g‘risidagi ma’lumot;
bankning vositachilik haqining miqdori.
Tomonlarning kelishuviga binoan svop shartnomada boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
37. Valyutaviy svop operatsiyalari bozori rivojlanishini tahlil qilish va tartibga solish maqsadida tijorat banklari svop bitimlari bo‘yicha Markaziy bankka har oyda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotni taqdim etadilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
IV. Valyutaviy svop operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
38. Svop bitimi tuzilayotganda, ushbu bitim ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida svop bitimi yakunidagi ayirboshlashga lozim bo‘lgan valyuta miqdorida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish orqali aks ettiriladi:
a) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini xarid qilayotgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida barcha AQSh dollari ishtirokidagi bitimlarda — AQSh dollarini, yevro ishtirokidagi bitimlarda — yevroni (AQSh dollari bilan bitimdan tashqari), Angliya funt sterlingi ishtirokidagi bitimlarda — funt sterlingni (AQSh dollari va yevro bilan bitimlardan tashqari) va Shveysariya franki bilan iyena bitimida — Shveysariya frankini xarid qilayotgan bo‘lsa:
Dt 92736 — “Svop shartlarida sotib olish”;
Kt 96373 — “Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i”;
b) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini sotayotgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida barcha AQSh dollari ishtirokidagi bitimlarda — AQSh dollarini, yevro ishtirokidagi bitimlarda — yevroni (AQSh dollari bilan bitimdan tashqari), Angliya funt sterlingi ishtirokidagi bitimlarda — funt sterlingni (AQSh dollari va yevro bilan bitimlardan tashqari) va Shveysariya franki bilan iyena bitimida — Shveysariya frankini sotayotgan bo‘lsa:
Dt 92732 — “Svop shartlarida sotish”;
Kt 96371 — “Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i”.
39. Svop shartnomasi tuzilgandan so‘ng dastlabki valyuta almashuvi amalga oshiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
a) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini xarid qilayotgan bo‘lsa hamda ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizomning 38-bandining “a” kichik bandiga muvofiq:
chet el valyutasi kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
Kt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
so‘m kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida — chet el valyutasi kitobida):
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
b) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini sotayotgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizom 38-bandining “b” kichik bandiga muvofiq:
chet el valyutasi kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
so‘m kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida — chet el valyutasi kitobida):
Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
Kt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
40. Svop bitimi tuzilgandan so‘ng tijorat banki valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkazishni ta’minlaganligi uchun vositachilik haqini hisoblaydi va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiradi:
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Dt 16401 — “Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar”;
Kt 45924 — “Komissiya va xizmatlardan olingan boshqa daromadlar”.
Mijoz tomonidan vositachilik haqini to‘lashda (so‘ndirishda) quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (boshqa bank tomonidan so‘ndirilganda)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (mijoz tomonidan so‘ndirilganda);
Kt 16401 — “Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar”.
41. Har oyning oxirgi ish kuni, shuningdek, svop bitimlari yopilganda, tijorat banklari tomonidan svop bitimlari, valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida olinadigan foyda yoki zararni aniqlash maqsadida, bitim summasini chet el valyutasini qayta baholash sanasiga bo‘lgan joriy kursi va svop bitimining yakuniy kursi orasidagi farqqa ko‘paytirish orqali qayta baholanadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
a) agar qayta baholashda realizatsiya qilinmagan foyda aniqlanayotgan bo‘lsa:
Dt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”;
Kt 45405 — “Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda”;
b) agar qayta baholashda amalga oshmagan zararlar aniqlanayotgan bo‘lsa:
Dt 55306 — “Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar”;
Kt 22811 — “Svoplar bo‘yicha realizatsiya qilinmagan zararlar”.
Svop bitimini qayta baholashga misol mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
42. Svop shartnoma yopilish sanasida valyutalar qayta almashinadi (bitim yopiladi). Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) agar bank svop bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini qayta sotib olayotgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizom 38-bandining “b” kichik bandiga muvofiq:
chet el valyutasi kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
Kt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
so‘m kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida — chet el valyutasi kitobida):
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
b) agar bank svop bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini qayta sotayotgan bo‘lsa yoki ikkita xorijiy valyuta o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizom 38-bandining “a” kichik bandiga muvofiq:
chet el valyutasi kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
so‘m kitobida quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida — chet el valyutasi kitobida):
Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan — Nostro” (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo‘lsa)
yoki
20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo‘lsa);
Kt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
43. Tijorat banki svop shartnoma yopilganda va bitim bo‘yicha mijoz tomonidan barcha majburiyatlar bajarilganda o‘zlashtirilmagan foyda yoki amalga oshmagan zararni realizatsiya qiladi. Ushbu holatda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
o‘zlashtirilmagan foydani realizatsiya qilinganda:
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”;
amalga oshmagan zararni realizatsiya qilinganda:
Dt 22811 — “Svoplar bo‘yicha realizatsiya qilinmagan zararlar”;
Kt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
O‘zlashtirilmagan foyda realizatsiya qilinishi bo‘yicha misol mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
44. Svop shartnoma yopilgandan so‘ng, bir vaqtning o‘zida, tijorat banki mazkur bitimni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarda yopishni amalga oshiradi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
a) agar bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini xarid qilgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizomning 38-bandining “a” kichik bandiga muvofiq:
Dt 96373 — “Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92736 — “Svop shartlarida sotib olish”;
b) agar bank svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha chet el valyutasini sotgan bo‘lsa yoki ikkita chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimida mazkur Nizom 38-bandining “b” kichik bandiga muvofiq:
Dt 96371 — “Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92732 — “Svop shartlarida sotish”.
V. Yakuniy qoidalar
45. Diler Savdo tizimida valyuta birjasi bilan tuziladigan Diler funksiyalarini bajarishi bo‘yicha shartnomani amal qilish doirasidan chiqadigan svop bitimlarini tuzishi mumkin emas.
46. Svop bitimlarini tuzish va ijro etish, shuningdek, majburiyatlarni tartibga solish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
47. Mazkur Nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro bitimlari doirasida tuzilgan Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalariga qo‘llanilmaydi.
Ushbu operatsiyalar savdo tizimidan tashqarida bevosita Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida tomonlarning kelishuvlariga asosan amalga oshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Svop bitimlari bo‘yicha olinadigan daromadlarni hisoblash bo‘yicha misollar
1. Svop bitimlarini qayta baholashdan olinadigan daromad
Svop bitimlarini qayta baholash bitimni amal qilish davrida chet el valyutasi joriy kursining (rasmiy kurs yoki kross kurs) o‘zgarishi natijasida foydaning ko‘payishi (zararning yuzaga kelishi) ehtimolidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bunda, bank balansining aktiv va passivlari bo‘yicha valyuta hisobvaraqlari qoldiqlarini qayta baholash to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriluvchi valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari qoldiqlarini qayta baholashni svop bitimlarini qayta baholashdan farqlay olish kerak. Svop bitimlarini qayta baholash chet el valyutasining qayta baholash sanasida amaldagi joriy kursi bilan svop bitimini yopilishining kelgusi sanasidagi yakuniy kursi orasidagi farq asosida amalga oshiriladi, valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari qoldiqlarini qayta baholash esa chet el valyutasining joriy kursi bilan oldingi sanadagi spot kursi (yoki o‘tgan sanaga qayta baholangan hisobvaraqlari qoldig‘i) orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Mazkur holatda spot kurs sifatida svop bitimining birinchi qismini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan kurs hisoblanadi.
a) svop bitimini qayta baholash bo‘yicha shartli misollarni ko‘rib chiqamiz:
Aytaylik, vakolatli bank 2008-yil 25-yanvarda 1 oy muddatga 100 000 AQSh dollari va 129 333 000 so‘m miqdorida (bitim tuzish sanasiga so‘mni AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi 1 AQSh dollari — 1293.33 so‘m ) valyutaviy svop bitimini tuzdi.
Bitim shartlariga ko‘ra, tijorat banklari svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha AQSh dollarini sotib oladi/so‘mni sotadi, svop bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha AQSh dollarini qayta sotadi/so‘mni sotib oladi.
(1-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Chet el valyutalari bo‘yicha bitim tuzish sanasiga foiz stavkalari quyidagicha bo‘lgan:
o‘zbek so‘mi bo‘yicha — yillik 14 foiz (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi);
AQSh dollari bo‘yicha — yillik 3,5 foiz (AQSh FZT stavkasi — Federal funds target rate);
2008-yil 25-fevralga bitimning yakuniy kursi (forvard-kurs) ushbu Nizomning 1-bandida keltirilgan formula orqali aniqlanadi:
2008-yil 30-yanvarda tijorat banki svop bitimini qayta baholaydi. Ushbu sanaga AQSh dollarini so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1294,17 so‘m/doll.
(1-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Svop bitimlari shartlari bo‘yicha tijorat banki bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha yakuniy kurs — 1304.90 so‘m/dollar bo‘yicha AQSh dollarini sotishi/so‘mni sotib olishi kerak, rasmiy kurs esa 1294,17 so‘m/doll. tashkil qiladi, u holda tuzilgan svop bitimni joriy va yakuniy kurslar o‘rtasidagi ijobiy farq hisobiga qayta baholashda hisoblangan foyda 1073 ming so‘mni ((1304.90 – 1294.17) * 100000) tashkil etadi.
(1-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Svop bitimini qayta baholashdan keyin hisoblangan foyda summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”;
Kt 45405 — “Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Svop bitimi yopilganda tijorat banki bitimni yangidan qayta baholaydi.
(1-bandning “a” kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Bu safar, bitimni yopish sanasi 2008-yil 25-fevralda rasmiy kurs 1295,52 so‘m/dollarni tashkil etadi. Ko‘rinib turganidek, 2008-yil 30-yanvarda svop bitimini oxirgi qayta baholanishidan keyin so‘mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi 1,35 so‘mga pasaygan (1295,52 – 1294,17). Bu esa, bitimning joriy kursi yakuniy kursga nisbatan ijobiy farqning 135 ming so‘mga ((1295,52 – 1294,17) * 100000) kamayganligini anglatadi va shunga muvofiq, oldin hisoblangan bankning foydasi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish orqali kamaytirilishi zarur:
Dt 45405 — “Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda”;
Kt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”.
b) ikki chet el valyutasi ishtirokidagi svop bitimlarini qayta baholashga doir misolini ko‘rib chiqamiz.
Tijorat banki 2007-yil 23-noyabrda mijoz bilan 7 kun muddatga 100 ming yevro va 146,31 ming AQSh dollarlik (bitim tuzish sanasiga yevro va dollarning kross kursi 1 yevro — 1,4631 AQSh dollari) valyutaviy svop yevro/dollar bitimini tuzdi.
(1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Bitim shartlariga ko‘ra, tijorat banki svop bitimining birinchi qismi bo‘yicha AQSh dollarini sotib oladi/yevroni sotadi va svop bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha dollarni qayta sotadi/yevroni sotib oladi.
(1-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Bitim tuzish sanasiga valyutalar bo‘yicha foiz stavkalari quyidagicha bo‘lgan:
AQSh dollari bo‘yicha — yillik 4,5 foiz (AQSh FZT stavkasi — Federal funds target rate);
yevro bo‘yicha — yillik 4 foiz (Yevropa Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi — Minimum bid rate at refinancing tender).
2007-yil 30-noyabrga bitimning yakuniy kursi (forvard kurs) quyidagicha:
Shunday qilib, bitimning yakuniy kursi 1 yevro — 1,4632 AQSh dollari, sonli ifodada esa 100 ming yevro uchun 146,32 ming AQSh dollari.
Tijorat banki 2007-yil 30-noyabrda svop bitimi yopgach, bitimni qayta baholaydi. Ushbu sanaga AQSh dollarining yevroga nisbatan kross kursi 1,4787 doll/yevroni, so‘mni AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi esa 1285,23 so‘m/dollarni tashkil etadi.
(1-bandning “b” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Bitim shartlariga ko‘ra, tijorat banki svop bitimining ikkinchi qismiga ko‘ra yakuniy kurs — 1,4632 doll/yevro bo‘yicha AQSh dollari sotishi/yevro sotib olishi zarur, 2007-yil 30-noyabrda joriy kurs (kross-kurs) esa 1,4787 doll/yevroni tashkil etadi. U holda svop bitimini joriy kurs bilan yakuniy kurs orasidagi ijobiy farq hisobiga qayta baholashda bankning foydasi 1550 AQSh dollari (1,4787 – 1,4632) * 100000) yoki 1 992 ming so‘mni (1550 * 1285,23) tashkil etadi.
(1-bandning “b” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Svop bitimini qayta baholashdan so‘ng foyda summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”;
Kt 45405 — “Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Svop bitimi yopilishi va mijozlar tomonidan barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng tijorat banki qayta baholashdan olingan foydani quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish orqali o‘zlashtiradi:
(1-bandning “b” kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Dt 17101 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
Kt 16913 — “Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda — Svoplar”.
2. Vositachilik haqidan olinadigan daromad
Valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkazilishini ta’minlaganligi uchun undiriladigan vositachilik haqidan olinadigan daromad vakolatli banklar tomonidan o‘z tarif siyosatlariga muvofiq o‘rnatiladi.
Svop bitimining birinchi qismi tugallanganidan so‘ng tijorat banki buxgalteriya hisobining hisoblash metodiga muvofiq, valyutaviy svop operatsiyalarining o‘tkazilishini ta’minlaganligi uchun vositachilik haqini hisoblaydi va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali aks ettiradi:
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Dt 16401 — “Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar”;
Kt 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar”.
Svop bitimining ikkinchi qismi tugallanishi va mijozlar tomonidan barcha majburiyatlar bajarilishi bilan tijorat banki komissiyadan olingan daromadni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish orqali o‘zlashtiradi:
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)
Dt 20200 — “Talab qilib olinguncha depozitlar” (milliy valyutada);
Kt 16401 — “Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar”.
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
____________________banki bo‘yicha
20__ yil ___________________ holatiga
Svop bitimlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
ming. bir.‎
Kontragent nomi Bitimning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan valyuta summasi ‎‎Bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olinayotgan valyuta summasi Bitim tuzilgan sana‎‏ Bitimning bazaviy kursi‎‏ Bitimning yopilishi sanasi Bitimning yakuniy kursi‎‏
doll.‎ yevro funt st. iyena shv. frank so‘m doll. yevro funt st.‎ iyena‎ shv. frank‎ so‘m‎
I. Banklararo svop bitimlari‎
1. Bank A‎
2. Bank B‎
II. Jami banklararo svop bitimlari ‎
III. Mijozlar bilan svop bitimlari ‎
1. Mijoz A‎
2. Mijoz B‎
IV. Jami mijozlar bilan svop bitimlari ‎
Jami svop bitimlari (II + IV) ‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda; 2011-y., 22-23-son, 242-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)