O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
INNOVATSION LOYIHALAR VA TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQARISHGA TATBIQ ETISHNI RAG‘BATLANTIRISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda innovatsion g‘oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili o‘tkazilishini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori saviyada o‘tkazish va tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
4. Amaliy ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari quyidagilarni:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amortizatsion ajratmalari va sof foydasi, shuningdek buyurtmachilarning maqsadli tushumlari shakllantirish manbalaridan iborat bo‘lgan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armalarini;
tarmoq va korxonani innovatsion rivojlantirishga javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar, zarur hollarda esa — loyiha-konstruktorlik byurolarini tashkil etishda xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalarga ko‘maklashsin.
5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni innovatsion rivojlantirish tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‘rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‘rta muddatli dasturlarini shakllantirish;
mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish;
amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq etish.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni, shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
8. 2013-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha modernizatsiya qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009—2012-yillar mobaynida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlarining maqsadli grant mablag‘larini jalb etish masalalarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-iyul,
PQ-916-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qaroriga
1-ILOVA
O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Innovatsion faoliyatni axboriy ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini transfer qilish

1.

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi, yarmarkani o‘tkazish

Har yili aprel oyida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari

2.

Har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Monitoring olib borish to‘g‘risida nizom

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiya agentligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

3.

“Innovatsion g‘oyalar va loyihalar katologi”ni doimiy ravishda nashr qilish.

Katalog

Yarmarka o‘tkazilishidan bir oy oldin (yilda bir marotaba)

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi

4.

Bajarishga tayyorlanayotgan, bajarilayotgan va yakuniga yetgan innovatsion loyihalar, biznes tomonidan innovatsion yechimlar topish bo‘yicha so‘rovlar haqidagi barcha axborotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni jamlagan Internet portalini qo‘llab-quvvatlash va yangilash.

Veb-sayt

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

O‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlash va yangilash.

Veb-sayt

2008-yil 1-avgustdan boshlab doimiy

Fanlar akademiyasining ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari O‘zAAA bilan hamkorlikda

5.

Amaldagi patent berish tartibini patent berish tartib-taomillarini soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2009-yil 1-yanvar

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mahalliy o‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari hamda boshqa subyektlarga ITTKI natijalarini xalqaro va mintaqaviy bazalarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini berish hamda intellektual mulk huquqlarini respublikadan tashqarida yanada samarali himoya qilish maqsadida dunyo ilmiy hamjamiyati va xalqaro patent idoralari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar

2009-yil 1-yanvar

Fanlar akademiyasi, TIV, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi

6.

Intellektual mulkni baholashning milliy standartlarini xalqaro talab va me’yorlardan kelib chiqib rivojlantirish.

Intellektual mulkni baholashning milliy standartlari

2009-yil 1-mart

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi

7.

O‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari uchun ITTKIni tijoratlashtirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilish.

Malaka oshirish kurslari

2008-yil 1-noyabr

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ITTKIni boshqarish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va fanlar, shu jumladan “Innovatsion menejment”, “Innovatsiya jarayonlarini boshqarish” va boshqa mutaxassisliklarni ochish.

Fanlar va o‘quv dasturlari

2009/2010 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

8.

Ilmiy faoliyatni ommalashtirish maqsadida yurtimiz ilm-fani yutuqlari to‘g‘risida muntazam haftalik teleko‘rsatuvlarni tashkil qilish.

Teleko‘rsatuv

2008-yil sentabrdan boshlab

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi

II. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni rag‘batlantirish

9.

Innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha loyiha

2008-yil 1-sentabrgacha

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

10.

Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

Tahliliy ma’lumotnoma, jadvalli materiallar

2008-yil 1-sentabr

Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Xatlov natijalari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalari bilan qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

11.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligidan 2007-yil 11-iyunda 1688-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘zgartirishlar kiritish.

Nizomga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha

2008-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi

12.

Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda ITTKIni joriy qilishga to‘sqinlik qiluvchi ziddiyatlarni va kamchiliklarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2009-yil 1-yanvar

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

13.

Texnologiyalar transferi agentligini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazish hamda yuqori texnologiyalarni o‘rganish, mustaqil ekspertizadan o‘tkazish, mahalliy amaliyotga moslashtirish va joriy etishni uning asosiy vazifalari etib belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi

14.

Quyidagilar bo‘yicha takliflarni kiritish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida faoliyat yuritayotgan Fan va texnika markazlarini Innovatsion faoliyat, mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferi hududiy markazlari etib qaytadan tashkil etish;

Hududiy markazlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida, shuningdek, tasarrufida o‘quv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari mavjud boshqa vazirlik va idoralar huzurida texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlarini tashkil etish.

Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlari to‘g‘risida namunaviy nizom

2008-yil 1-oktabr

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

15.

Har bir oliy ta’lim muassasasida talabalarning ITTKIda ishtirok etishi, kelgusida ushbu tajribadan diplom va dissertatsiya ishlarini tayyorlashda foydalanishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.

Talabalarni ITTKIga jalb qilish va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha namunaviy tartib

2008-yil 1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasalari

III. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga talabni rag‘batlantirish

16.

Davlat ulushi bo‘lgan har bir xo‘jalik birlashmasi va yirik korxonalarda quyidagilarni tashkil etish:

tarmoqni innovatsion rivojlantirishga javob beruvchi bo‘linma, zarur hollarda — loyiha-konstruktorlik byurosini ham;

Namunaviy nizom

2009-yil 1-yanvargacha

Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalar

modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi.

Namunaviy nizom

17.

Tarmoq vazirliklar va idoralarida ichki tizim (tarmoq), shu jumladan innovatsion texnologiyalar va ITTKIni joriy etish bo‘yicha texnologik siyosatni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijro uchun qabul qilish.

Idoraviy hujjat

2008-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalar

Tarmoq korxonalaridagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnologik muammolarning innovatsion yechimlariga bo‘lgan ehtiyojni yig‘ish va tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

18.

Tarmoq vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi mezonlarining tarmoq tizimlarini shakllantirish, bunda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishda resurs sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, fondlar samaradorligi bo‘yicha faoliyatni baholash mezonlarini tizimga kiritish.

Mezonlar tizimi, korxonalarning innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlarining statistik hisobini yuritishni tashkil qilish

2009-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari

19.

Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan innovatsion loyihalarni o‘rnatilgan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish.

Mahalliylashtirish dasturiga taklif

Arizalar kelib tushishiga qarab

Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni venchur moliyalashtirishni rivojlantirish

20.

Venchur kompaniyalar, fondlar, venchur fondlarni boshqaruvchi kompaniyalar, innovatsion korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Venchur fondlar va kompaniyalar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash.

O‘quv kurslari

2008-yil va keyingi yillar

Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bank-moliya akademiyasi

22.

Venchur loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Venchur loyihalarni sug‘urtalash tartibi

2009-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi, Sug‘urta kompaniyalari assotsiatsiyasi, “O‘zsug‘urta” SK, “O‘zagrosug‘urta” MSK, sug‘urta kompaniyalari, TIAISV

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda; 2010-y.,1-2-son,2-modda; 2011-y., 36-son, 366-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)