Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.01.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
AUDITORLIK TAShKILOTLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI OShIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda auditorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
1. 2008-yilning 1-avgustidan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablag‘laridan, qolgan qismi esa auditorlik faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi.
2. Ishlab turgan auditorlik tashkilotlari 2009-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan muddatda ustav kapitalining tuzilmasini mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan talabga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2009-yilning 1-avgustidan boshlab ushbu qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlarining litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish va bekor qilish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-iyul,
PQ-907-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomning:
12-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi-oltinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga nisbatan qo‘yilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to‘liq to‘ldirilishini nazarda tutadi.
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablag‘laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda):
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlarga malaka sertifikatlarini berish, amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 2-ilovasidagi 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Soliq organlari quyidagilar:
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
har bir xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkazgan auditorlik tashkilotini ko‘rsatib o‘tgan holda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan jarima sanksiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini olib boradi.
Davlat soliq qo‘mitasi har yili 20-fevralgacha va 20-iyulgacha litsenziya beruvchi organga ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularga nisbatan o‘tgan yil va joriy yilning birinchi yarmi uchun qo‘llanilgan jarima sanksiyalari to‘g‘risida umumlashma axborot taqdim etadi. Bunda har bir majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha mazkur tekshiruvni olib borgan auditorlik tashkiloti ko‘rsatib o‘tiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazo choralarini qo‘llamaganligi uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“mehnat daftarchalarining notarial tasdiqlangan nusxalari va asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi auditorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga to‘g‘ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
26-1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi-oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga nisbatan qo‘yilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to‘liq to‘ldirilishini nazarda tutadi.
Litsenziya olingandan so‘ng ushbu band talablariga to‘g‘ri kelmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgandan boshlab 5 kun davomida litsenziya beruvchi organni yozma ravishda xabardor qiladi hamda ko‘rsatilgan sanadan boshlab kamida 3 oy muddatda yuzaga kelgan nomuvofiqlikni bartaraf etishi, yoki boshqa turdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish yoxud belgilangan tartibda o‘z faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu bandning talablariga nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar auditorlik tekshiruvini o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi”;
quyidagi mazmundagi 26-2-band bilan to‘ldirilsin:
“26-2. Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablag‘laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 264-modda)