|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SAMKOChAVTO” QO‘ShMA KORXONASIDA IShLAB ChIQARIShNI YANADA RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mamlakatimizda avtobuslar va yuk avtotransporti ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni eksportga va ichki bozorga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“SamKochavto” qo‘shma korxonasining ustav fondi 1998-yildan buyon qo‘shma korxona muassislarining ulushlariga mutanosib tarzda 47,5 mln AQSh dollaridan 64,1 mln AQSh dollarigacha ko‘payganligi;
“SamKochavto” qo‘shma korxonasi tomonidan qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning 2001-yilga biznes-rejasi hamda 2005-yilga borib avtobuslar ishlab chiqarishni 4 baravardan ortiq ko‘paytirishga va mahalliylashtirish darajasini — 25 foizgacha yetkazishga qaratilgan 2001—2005-yillarda avtomobillar uchun butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi tasdiqlanganligi;
2001-2002-yillarda eksportga yetkazib berishga mo‘ljallangan 1000 avtobus ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan butlovchi detallar, xomashyo va materiallar narxi xorijiy hamkor tomonidan pasaytirilganligi;
2001-yildan boshlab “Asaka” banki tomonidan ochiladigan to‘lovni kechiktirish butlovchi detallar va materiallar yuklab jo‘natilgan sanadan boshlab xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobiga tasdiqlangan akkreditivlar bo‘yicha 180 kundan 270 kunga ko‘paytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan “SamKochavto” qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtotransport vositalarini sotib olishda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im sotib olingan avtotransport vositalari qiymatining 5 foizi miqdoridagi stavka bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R, QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
6. “O‘zavtosanoat” uyushmasi va “SamKochavto” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalari bo‘yicha korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun respublikaga kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan milliy valyutadagi tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “SamKochavto” qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ularga ko‘p martalik vizalar uzaytirilishi va berilishini, yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilishini ta’minlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 25-iyul,
316-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R, QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)