Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI IQTISODIY FAOLIYATINI YANADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 27 MARTDAGI PQ–823-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (2007-yilgi versiya)ga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
90-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 161-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)