Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va Patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda) 2-ilovada:
1) 1-bo‘limda:
a) “Bojning vazifasi” ustunidagi 1.3-kichik bo‘limning 1.3.3-bandidan “oldindan beriladigan patentlar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “Bojning vazifasi” ustunidagi 1.4-kichik bo‘limning 1.4.4-bandidan “oldindan beriladigan patentning” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2) 3-bo‘limda:
a) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.2-kichik bo‘limning 3.2.1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatidagi tovar belgisini kiritish”;
b) “Bojning vazifasi” ustunida 3.2-kichik bo‘limning 3.2.2-bandiga “hammaga ma’lum tovar belgilariga tegishli ma’lumotlar” so‘zlari qo‘shilsin;
v) “Boj to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etish muddatlari” ustunining 3.2-kichik bo‘limidagi “Ekspertiza qarori” so‘zlaridan keyin “yoki Apellatsiya kengashining O‘zbekiston Respublikasi hududida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori” so‘zlari qo‘shilsin;
g) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.3-kichik bo‘limning 3.3.3-bandidagi “huquqiga” so‘zi “huquqi to‘g‘risidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.5-kichik bo‘limning 3.5.2-bandidagi “huquqiga” so‘zi “huquqi to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3) 6-bo‘limda:
a) bo‘limning nomidagi “Apellatsiyalarni” so‘zidan keyin “va arizalarni” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Bojning vazifasi” ustunining 6.3-kichik bo‘limiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar”;
ikkinchi-uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi-to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) “Bojning vazifasi” va “Boj to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etish muddatlari” ustunlaridagi va 6.5-kichik bo‘limning nomidagi “apellatsiyalar” so‘zi “arizalar” so‘zi bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 19-son, 160-modda; 2011-y., 22-23-son, 236-modda; 2013-y., 50-son, 649-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)