Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
LOYIHA-TADQIQOT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Keyingi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylar, sogʻliqni saqlash obyektlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida loyiha-tadqiqot ishlari hajmi sezilarli ravishda oshganini qayd etish zarur.
Shu bilan birga, loyihalash ishlarini tashkil etish borasidagi jiddiy kamchiliklar amalga oshirilayotgan investitsiya jarayonlariga toʻsqinlik qilmoqda va ularning samaradorligini pasaytirmoqda. Aksariyat xususiylashtirilgan loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyati loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqish boʻyicha zamon talablariga javob bermaydi. Loyihalash ishlari sifati ham sezilarli ravishda pasaygani kuzatilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari koʻpincha vakolatli ekspertiza organlari tomonidan qayta ishlab chiqish uchun qaytarilmoqda.
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari amaliyotiga loyihalashtirishning zamonaviy uslublari, jumladan, loyihalash ishlarini avtomatlashtirish va amaliy dasturiy mahsulotlar sust joriy etilmoqda.
Yosh va istiqbolli loyihachi kadrlarni koʻpaytirishga yetarli eʼtibor qaratilmayotgani, respublikamizning ushbu yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarida ularni tayyorlash sifatining talab darajasida emasligi natijasida aksariyat loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi pastligicha qolmoqda.
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirokini taʼminlash, moddiy-texnika bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqiladigan loyihalar sifatini jiddiy oshirish maqsadida:
1. Nizom jamgʻarmasida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar qayd etilgan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash, shuningdek, investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartibini ishlab chiqishda ishtirok etish;
obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning, jumladan, qurilishning ilgʻor va yangi turdagi qurilish materiallarini qoʻllashni koʻzda tutadigan zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;
mualliflar tomonidan loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik nazoratini taʼminlash;
ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi oliy oʻquv yurtlarini jalb etgan holda, yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qoʻllashni koʻzda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy meʼyorlar va standartlarni tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalarining oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashida, oʻqituvchilarining tajriba orttirishida, ularga avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalari boʻyicha materiallar hamda uslublarni taqdim etish borasida koʻmaklashish.
2. Oʻzbekiston Respublikasida Loyihalash ishlarini takomillashtirishga oid kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
loyiha ishlarini muvofiqlashtirish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari mintaqaviy tarmogʻini kengaytirish va uning ishlari samaradorligini oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari buyurtmachisi boʻlish, bu mazkur ishlarni qurilish meʼyorlari, qoidalari va standartlariga kiritishni, loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratishni ham oʻz ichiga oladi.
4. 2008-yilning 1-mayidan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari asosiy faoliyat turi boʻyicha 3 yil muddatga foyda va mulk soligʻini toʻlashdan, shuningdek, davlat ulushi boʻyicha dividendlarni berishdan ozod etilsin, boʻshagan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mutaxassislar malakasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Belgilansinki, soliq solishdan boʻshagan mablagʻlar, shuningdek, davlat ulushi boʻyicha dividendlar 1-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari nizom jamgʻarmalariga davlatning qoʻshgan hissasi sifatida kapitallashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2008-yil 1-iyulgacha:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbarlari hamda ixtisoslashgan kafedralari mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda yuqorida nomlari qayd etilgan oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan boshqa oliy oʻquv yurtlarida oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqsin, bunda sanoat, infratuzilma va fuqarolik obyektlarini loyihalashtirish sohasida loyihalash ishini rivojlantirishning xalqaro standartlari hamda yoʻnalishlariga muvofiq tarzda zamonaviy fikrlaydigan, malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N. Xanov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 396-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-aprel,
PQ-847-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga
1-ILOVA
Nizom jamgʻarmasida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari
roʻyxati

1.

“OʻzInjiniring” RLI

2.

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK

3.

“OʻzGAShKLITI” DUK

4.

“ToshkentboshplanLITI” DUK

5.

“Qishloq qurilish loyiha” MChJ

6.

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ

7.

“Tashgiprogor” AJ

8.

“ToshuyjoyLITI” AJ

9.

“Boshtransloyiha” AJ

10.

“Yoʻl loyiha byurosi” MChJ

11.

“Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ

12.

“OʻzGEORANGMETLITI” DUK

13.

“OʻzLITIneftgaz” AJ

14.

“Oʻzyengilsanoatloyiha” MChJ

15.

“Oʻzbek kommunal loyiha qurilish” MChJ

16.

“Oʻzgazloyiha” MChJ

17.

“Qishloqenergoloyiha” AJ

18.

“Issiqlikelektrloyiha” AJ

19.

“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ

20.

“Gidroproyekt” AJ

21.

“Aloqaloyiha” DUK

22.

“OʻzGIP” MChJ

23.

“Oʻzsuvloyiha” AJ

24.

“Suvsanoatfuqaroli” MChJ

25.

“Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ

26.

“Oʻztibloyiha” MChJ

27.

“Harbiyloyiha” DK

28.

“Chegaraloyiha” MChJ

29.

“Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ

30.

“QurilishmaterialLITI” MChJ

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida loyihalash ishlarini takomillashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Loyihalash ishlari sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.1.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari tomonidan, shu jumladan loyihalashtirilayotgan obyektlarning ishonchliligi va foydalanish xavfsizligini taʼminlashga doir normativ talablarga rioya etilishi boʻyicha qatʼiy litsenziya shartlarini belgilashni inobatga olgan holda, ayrim turdagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni loyihalash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.2.

Investorlar tomonidan loyiha-tadqiqot tashkilotlarini xususiylashtirishda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-iyun

Davlat mulki qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.3.

Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.4.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari va ular xodimlarining loyiha va loyihaviy yechimlar sifati va samaradorligi uchun masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Takliflar

2008-yil 1-sentabr

Davarxitektqurilish, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

1.5.

Loyihalash boʻyicha zamonaviy, ilmiy asoslangan texnologik reglamentlarni, shuningdek, loyihalash jarayonlariga xalqaro standartlar darajasidagi yuqori texnologiyali uslublar va jihozlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi normativ va standartlarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Loyihalash boʻyicha texnologik reglamentlar, normativlar va standartlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy

Davarxitektqurilish, Fanlar akademiyasi, Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.6.

Intellektual mulkni, shu jumladan loyiha-tadqiqot tashkilotlarining intellektual mulkini aniqlash va baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyul

Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

1.7.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari uchun olib kiriladigan texnologik uskunalar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlab, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim qilish.

Takl�flar

2008-yil 20-may

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2008-yil 1-iyun

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi

II. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2.1.

Davlat boshqaruvi organlari va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari va yuqori malakali mutaxassislari orasidan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakili etib tayinlash uchun nomzodlarni Aksi�dorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga taqdim qilish.

Takliflar

2008-yil 10-may

Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini tasdiqlash va ular bilan ishonchli boshqaruv boʻyicha shartnomalar tuzish.

Komissiya qarori

2008-yil 20-may

Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi

2.2.

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga davlatning ishonchli vakillari, shuningdek, ijro organlari rahbarlarini kiritgan holda, kuzatuv kengashlarining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlar (taʼsischilar)ning umu�iy yigʻilishlari oʻtkazilishini taʼminlash.

Aksiyadorlar (taʼsischilar)ning umumiy yigʻilishlari

2008-yil 20-iyun

Davlat mulki qoʻmitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

III. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ishtirokini faollashtirish

3.1.

Obyektlarni avtomatik tarzda loyihalashtirish boʻyicha, shu jumladan ilgʻor qurilish uslublarini va qurilish materiallarining yangi turlarini qoʻllashni nazarda tutuvchi unifikatsiyalashtirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Tadbirlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, OʻzAAA, Davarxitektqurilish

3.2.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish boʻyicha oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga doir asoslantirilgan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-oktabr, keyinchalik — har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning birinchi sanasiga qadar

Xoʻjalik birlashmalari, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Kiritilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari yigʻilishlarida koʻrib chiqib, istiqbolli loyihalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taqdim qilish.

Har chorakda Vazirlar Mahkamasi komplekslari va Rayosatining yigʻilishlarida

Vazirlar Mahkamasi komplekslari

3.3.

Obyektlarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida topshirish boʻyicha yaxlit boshqaruv tizimini takomillashtirish va toʻliq injini�ingni amaliyotga joriy etishga doir takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

Takliflar

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

3.4.

Sanoatning bazaviy tarmoqlarida loyihalarni ishlab chiqishga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirishni taʼminlash.

Tadbirlar

Doimiy

“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti, Davarxitektqurilish

3.5.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini reyting baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tadbirlar

2008-yil 1-sentabr

Davarxitektqurilish

3.6.

Amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalar va arxitektura-loyiha yechimlari boʻyicha koʻrik-tanlovlar tashkil qilish.

Koʻrik-tanlovlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — har yili dekabr oyida

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

IV. Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash

4.1.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

4.2.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Attestatsiyadan oʻtkazish

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish

4.3.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish, loyihalash ishida izchillik va tajriba toʻplashni taʼminlash boʻyicha metodik koʻrsatmalar ishlab chiqish.

Metodik koʻrsatmalar

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

4.4.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining rahbarlari hamda sohaviy kafedralar mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Attestatsiyadan oʻtkazish

2008-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti

4.5.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va talabalarni oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqish, bunda sanoat, infratuzilma va fuqarolik obyektlarini xalqaro standartlar va loyihalash ishining rivojlanish tendensiyalariga muvofiq loyihalashtirish sohasida zamonaviy fikrlaydigan, malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish.

Oʻquv rejalar va talabalarni oʻqitish dasturlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

2008-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, Davarxitektqurilish

4.6.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyot va diplom loyihalari himoyasini bevosita loyiha-tadqiqot tashkilotlari bazasida oʻtkazishi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davarxitektqurilish

4.7.

Texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan va oʻqish davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan bitiruvchilarini Davarxitektqurilishning har yilgi buyurtmanomalari asosida yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlariga ishga yuborish.

Tadbirlar

Har yili

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, Davarxitektqurilish

4.8.

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi qoshida turli ixtisoslik yoʻnalishlarida loyiha-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi kurslar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Davarxitektqurilish

4.9.

Tizimli asosda mutaxassislar malakasini, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-loyiha markazlariga yuborish orqali oshirish.

Tadbirlar

Doimiy

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 147-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 20-son,151-modda; 2017-y., 21-son, 381-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)