O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 21-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (bundan buyon matnda majburiy sug‘urta deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
kompensatsiya to‘lovlari — majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan to‘lovlar;
sug‘urta hodisasi — transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urta qildiruvchining yoki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha javobgarligi sug‘urtalangan boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi bo‘lib, bu sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini keltirib chiqaradi;
sug‘urtalovchi — majburiy sug‘urta qilishga haqli tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasi egasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta summasi — muayyan summa bo‘lib, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ushbu summa doirasida to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
transport vositasi — yo‘llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o‘ziga o‘rnatilgan uskunalarni tashish uchun mo‘ljallangan qurilma;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. O‘z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud o‘zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo‘lmaydi;
(3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (bundan buyon matnda majburiy sug‘urta shartnomasi deb yuritiladi) — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi;
(3-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yo‘llarda (yo‘l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo‘lgan foydalanish. Transport vositasiga o‘rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi.
4-modda. Majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplari
Majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
umumiylik;
majburiylik;
jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining kafolatlanishi.
2-bob. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish shartlari va tartibi
5-modda. Majburiy sug‘urta obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonunchilikka muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining, shuningdek transport vositasidan foydalanuvchilarning soni cheklanmagan holda foydalanishdagi boshqa egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
6-modda. Transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati
Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urtalangan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ushbu Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi boshqa shaxs tomonidan sug‘urtalangan transport vositalari egalariga nisbatan fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Egalarining fuqarolik javobgarligi ushbu Qonunga muvofiq sug‘urtalanmagan transport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlarining sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.
7-modda. Majburiy sug‘urta shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma bo‘lib, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi III-bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Shartnoma to‘g‘risida umumiy qoidalar”) va 927, 929-931-moddalari.
Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasining namunaviy shartlariga mos bo‘lishi kerak.
8-modda. Sug‘urta hodisasi hisoblanmaydigan fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
Ushbu Qonunga muvofiq quyidagilar oqibatida fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida (bundan buyon matnda sug‘urta polisi deb yuritiladi) ko‘rsatilmagan transport vositasidan foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
ma’naviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash majburiyatining yuzaga kelganligi;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv mashqlari mobaynida foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
atrof muhitning ifloslanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashilayotgan yuk ta’sirida zarar yetkazilganligi, agar bunday javobgarlik majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq majburiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lsa;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi O‘RQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi, agar bu zararning o‘rni majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa;
(8-modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi O‘RQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash majburiyati;
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning o‘rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o‘rnatilgan uskunalarga zarar yetkazganligi;
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanayotganida zarar yetkazilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlariga, nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi;
(8-moddasining birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda trancport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o‘rni ular tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
9-modda. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati
Majburiy sug‘urta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari ushbu transport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalaniladigan butun muddatga, lekin kamida o‘n besh kunga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzadi, ushbu Qonun 6-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va hokazo) uning egasi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
10-modda. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflarini davlat tomonidan tartibga solish ushbu Qonunga muvofiq iqtisodiy asoslangan sug‘urta tariflarini yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash, shuningdek sug‘urta tariflarining tuzilishini va sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta mukofoti miqdorini aniqlashda ularning qo‘llanilish tartibini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta mukofoti summasini aniqlashda ularning qo‘llanilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Belgilangan sug‘urta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lishi mumkin emas. Sug‘urta tariflarining o‘zgarishi sug‘urta qildiruvchi to‘lash paytida amalda bo‘lgan sug‘urta tariflariga ko‘ra to‘lagan sug‘urta mukofotining miqdori majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi muddati mobaynida o‘zgarishiga olib kelmaydi.
11-modda. Sug‘urta tariflarining bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlari
Sug‘urta tariflari bazaviy stavkalardan va koeffitsiyentlardan iborat bo‘ladi.
Sug‘urta tariflarining bazaviy stavkalari transport vositalarining ulardan foydalanishda zarar yetkazilishi ehtimoliga va yetkazilgan zararning potensial miqdoriga jiddiy ta’sir etadigan texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari hamda belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Sug‘urta tariflarining koeffitsiyentlari quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilanadi:
transport vositasidan eng ko‘p foydalaniladigan hududdan;
o‘tgan davrlarda majburiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘lovlari to‘langanligi yoki to‘lanmaganligidan;
haydovchining haydovchilik stajidan;
transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligidan;
o‘tgan davrlarda sug‘urtalovchi so‘ragan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi tomonidan bila turib buzib ko‘rsatilganligi, to‘g‘ri ma’lumotlar xabar qilingan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan kamroq summada sug‘urta mukofoti to‘lanishiga olib kelganligi faktlarining mavjudligidan;
o‘tgan davrlarda sug‘urta qildiruvchi (majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan boshqa shaxs) tomonidan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishiga, shuningdek yetkazilgan zararning miqdori oshishiga qasddan ko‘maklashish yoki sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishi holatlarini sug‘urta to‘lovini oshirish maqsadida bila turib buzib ko‘rsatish faktlariga yo‘l qo‘yilganligidan;
o‘tgan davrlarda regress talab qo‘yilishiga asos bo‘lgan holatlarda sug‘urta qildiruvchi (majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan boshqa shaxs) tomonidan zarar yetkazilishi faktlari mavjudligidan;
ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sug‘urta tariflarining koeffitsiyentlari qo‘llanilganidan.
Ushbu modda uchinchi qismining oltinchi—sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarni hisobga oluvchi sug‘urta tariflarining koeffitsiyentlari mazkur harakatlar yoki harakatsizlik to‘g‘risida sug‘urtalovchiga ma’lum bo‘lgan davrdan keyingi davr uchun majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llaniladi.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining eng ko‘p miqdori transport vositasidan eng ko‘p foydalaniladigan hudud inobatga olingan holda tuzatish kiritilgan tegishli sug‘urta tarifi bazaviy stavkasining uch baravaridan, ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilangan sug‘urta tariflarining barcha koeffitsiyentlari qo‘llanilganda esa, besh baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Sug‘urta tariflarida chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llaniladigan bazaviy stavkalar va koeffitsiyentlar qo‘shimcha ravishda nazarda tutilishi mumkin.
Sug‘urtalovchilar ushbu Qonunga muvofiq belgilanganidan farq qiluvchi sug‘urta tariflarining bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlarini qo‘llashga haqli emas.
12-modda. Sug‘urta mukofoti
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lashi shart. Sug‘urta mukofoti sug‘urta tariflari bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlarining ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqiladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 942-moddasi.
Transport vositasining egasi o‘zgarishi yoki transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanishi yoxud u bundan buyongi foydalanish uchun yaroqsiz holatda ekanligi sababli majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomaning qolgan amal qilish muddati kunlariga mutanosib summada sug‘urta qildiruvchiga qaytariladi.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan ilgari tugatilganda, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytariladigan qismidan mazkur majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zining isbotlanadigan xarajatlari summasini sug‘urta mukofotining 25 foizidan oshmagan miqdorda chegirib qolishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Pul mablag‘lari sug‘urtalovchining (sug‘urta agentining) bank hisobvarag‘iga kelib tushgan sana sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
13-modda. Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar
Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar ega:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941—1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
pensionerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxslar.
(13-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Sug‘urta mukofoti summasining qolgan 50 foizi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan (bundan buyon matnda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi deb yuritiladi) sug‘urtalovchining sug‘urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchining o‘ziga tegishli bitta transport vositasi bo‘yicha majburiy sug‘urta qilinganda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov to‘g‘risida sug‘urta polisiga tegishli belgi qo‘yiladi.
14-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilarga qo‘yiladigan talablar
Majburiy sug‘urtani amalga oshirish uchun sug‘urtalovchi o‘ziga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) sug‘urta to‘lovlari haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi kerak.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari egallab turgan binolarda va hududlarda majburiy sug‘urta shartnomalari tuzishga hamda majburiy sug‘urta bo‘yicha muayyan sug‘urtalovchining xizmatlari reklamasini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15-modda. Sug‘urta polisi
Majburiy sug‘urta transport vositasining egasi va sug‘urtalovchi o‘rtasida majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotini to‘laganidan keyin unga majburiy sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan sug‘urta polisini taqdim etadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta polisi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sug‘urta polisida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
sug‘urtalovchi to‘g‘risidagi;
sug‘urta qildiruvchining, haydovchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bog‘lash vositalari haqidagi hamda filiallarning ish vaqti to‘g‘risidagi;
(15-moddaning beshinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sug‘urta qildiruvchining faoliyati turi to‘g‘risidagi;
majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish davri to‘g‘risidagi;
sug‘urta mukofoti to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta summasi to‘g‘risidagi;
(15-modda to‘rtinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi;
majburiy sug‘urta shartnomasining boshqa muhim shartlari to‘g‘risidagi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta polisining namunasi, shuningdek yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaning namunasi hamda uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 1-ilova.
16-modda. Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishda majburiy sug‘urta qilish
Transport vositasining egasi o‘ziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanilishini hisobga olgan holda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositasining faqat sug‘urta qildiruvchi ko‘rsatgan haydovchilar tomonidan boshqarilishi va (yoki) transport vositasidan mavsumiy (kalendar yilda majburiy sug‘urta shartnomasida belgilangan olti yoki undan ko‘proq oy mobaynida) foydalanilishi transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish deb e’tirof etiladi. Transport vositasining egasi sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda mazkur holatlar haqida yozma ravishda bildirishga haqli. Bu holda sug‘urta mukofoti transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan haydovchilarning haydovchilik staji, yoshini hamda shaxsiga oid boshqa ma’lumotlarni va (yoki) transport vositasidan foydalaniladigan muayyan davrni hisobga oluvchi sug‘urta tariflarining koeffitsiyentlari qo‘llanilgan holda belgilanadi.
Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish hisobga olingan holda majburiy sug‘urta amalga oshirilayotganda sug‘urta polisida transport vositasini boshqarishga, shu jumladan tegishli ishonchnoma asosida boshqarishga ruxsat etilgan haydovchilar va (yoki) majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan transport vositasidan foydalaniladigan aniq davr ko‘rsatiladi.
Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish hisobga olinadigan majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida sug‘urta qildiruvchi transport vositasini boshqarishga ruxsat etilganlar sifatida sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan haydovchilarga transport vositasini boshqarish topshirilganligi va (yoki) undan foydalanish davri majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan aniq davrdan ko‘paytirilganligi haqida sug‘urtalovchiga darhol yozma shaklda xabar qilishi shart. Bunday xabar olinganda sug‘urtalovchi sug‘urta polisiga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Bunda sug‘urtalovchi sug‘urta polisiga xavfning oshishiga mutanosib ravishda tegishli o‘zgartishlar kiritilgan kunda amalda bo‘lgan sug‘urta tariflari bo‘yicha qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishini talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Transport vositasidan cheklanmagan tarzda foydalanishda majburiy sug‘urta qilish
Transport vositasining egasi transport vositasining soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomasida transport vositasining mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi ko‘rsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan hisoblanadi.
(161-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
17-modda. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta zaxirasini shakllantirish
Agar majburiy sug‘urtani amalga oshirishda mazkur sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda ko‘rsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq bo‘lsa, ortiq summa sug‘urtalovchi tomonidan keyingi yillarda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun sug‘urta zaxirasini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
18-modda. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining almashtirilishi
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining almashtirilishi mazkur sug‘urtalovchi boshqa sug‘urtalovchi bilan tuzgan shartnoma asosida, ushbu moddaning talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining almashtirilishiga sug‘urtalovchining qaysi sug‘urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha boshqa sug‘urtalovchiga o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu sug‘urta qildiruvchilarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sug‘urtalovchiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur bo‘ladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib olayotgan sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) sug‘urtalovchini almashtirishga rozi ekanliklari to‘g‘risidagi so‘rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So‘rovda sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislarining) sug‘urtalovchining almashtirilishini rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) sug‘urtalovchining almashtirilishiga rozilik berishga yoki rad etishga haqlidir. Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchini o‘z qarori to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Sug‘urtalovchining majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘ziga o‘tkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonunchilikka muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi kerak.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Sug‘urta hodisalari bo‘yicha zararning o‘rnini qoplash
19-modda. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislarining) harakatlari
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda:
jabrlanuvchiga (uning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) uch kalendar kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
darhol, lekin majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan muddatdan kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida yozma shaklda, sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga yoki uning filialiga hamda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to‘liq hajmda, shuningdek sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo‘lganligi va sug‘urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak;
(19-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qonun 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga taqdim etishi;
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) sug‘urta to‘loviga bo‘lgan o‘z huquqidan foydalanish niyatida bo‘lsa, u sug‘urtalovchiga o‘z hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash to‘g‘risidagi talab bilan yozma ariza yuborishi shart.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining yoki uning merosxo‘rlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi talabi ko‘rsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug‘urtalovchiga yoki uning filialiga yuboriladi:
(19-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi yoxud hayot yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, baholash to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);
(19-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchining merosxo‘rlariga yoxud huquqiy vorislariga to‘lanishi kerak bo‘lsa).
Agar foydalanilayotganda jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanmagan yoki egasi noma’lum bo‘lsa, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda kompensatsiya to‘lovini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning jabrlanuvchilarga taalluqli qoidalari boquvchisining vafoti natijasida zarar ko‘rgan shaxslarga, jabrlanuvchilarning merosxo‘rlariga hamda fuqarolik qonunchiligiga muvofiq boshqa shaxslar tomonidan transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan o‘zga shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(19-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Sug‘urta hodisasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etilishi
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun asoslar
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi. Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o‘zida quyidagilar asos bo‘ladi:
yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasida ishtirokchi bo‘lgan haydovchilardan biri o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan tirkamali transport vositalari) to‘qnashuvi natijasida ro‘y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan bo‘lsa;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yo‘l-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sug‘urta qilingan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma (bundan ishonchnoma talab etilmaydigan hollar mustasno), yo‘l varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud bo‘lib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan haydovchilarda mastlik holati bo‘lmasa;
yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro‘yxati yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan bittasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuzilgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sug‘urtalovchi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon bo‘lganda) sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan hollarda) o‘sha kunning o‘zida ichki ishlar organlariga yuboradi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani ko‘rib chiqish chog‘ida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari bo‘lmaganda sug‘urtalovchining yig‘ilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni asossiz rad etgan deb baholanadi.
202-modda. Transport vositalari egalarining va sug‘urtalovchilarning yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish chog‘idagi harakatlari
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan hodisa sodir bo‘lganidan keyin haydovchilar tomonidan darhol joyning o‘zida va ikki nusxada tuziladi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilgan sug‘urtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
yo‘l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to‘qnashgan joyning (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e’tiboran to‘rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, shuningdek sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning tanloviga ko‘ra aybdor tarafning sug‘urtalovchisidan sug‘urta tovonini olish maqsadida sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi ariza o‘rniga sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sug‘urtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin. Bunda ariza aybdor tarafning sug‘urtalovchisi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
(202-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasi sug‘urtalovchiga ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan o‘tkazish qiymati sug‘urtalovchi tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Transport vositalari egalari yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan transport vositalarini ko‘rikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan o‘tkazish uchun so‘rov olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida sug‘urtalovchining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart.
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sug‘urtalovchining yozma roziligisiz yoki sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoxud uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar ta’mirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoki uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda, sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
(202-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida belgilangan sug‘urta tovoni miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sug‘urtalovchiga taqdim etilganidan so‘ng oshgan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urta summasining faqat ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan qismini sug‘urta tovoni sifatida to‘laydi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(201 va 202-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining V1 bo‘limi va 8-ilovasi.
21-modda. Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan hamda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanadigan zararning miqdorini aniqlash
Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan hamda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanadigan zararning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri) o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining so‘roviga binoan sug‘urtalovchiga ushbu Qonun 19-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek unga hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning hajmi hamda xususiyatini tasdiqlovchi barcha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni yozma shaklda xabar qilishi shart.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining V1 bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash uchun ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertizani tashkil etish hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish maqsadida sug‘urtalovchiga o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining so‘roviga binoan taqdim qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish sug‘urta hodisasi mavjudligini to‘g‘ri belgilash, o‘tkazilgan baholash natijalari esa majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan shikastlangan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasi yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani tashkil etishga, shuningdek jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, agar ular o‘rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, ko‘zdan kechirishi, uning mustaqil ekspertizasini va baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi shart.
Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mol-mulkni sug‘urtalovchi, ekspert va (yoki) baholovchi tashkilot joylashgan yerda ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yo‘l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza va baholashdan o‘tkazish shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
Agar sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirmagan, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etmagan bo‘lsa, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘zdan kechirish uchun taqdim etmagan holda ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sug‘urtalovchi mustaqil ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza va baholash qiymati sug‘urtalovchi tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug‘urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovda jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga haqli.
(21-moddaning ikkinchi—sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
22-modda. Sug‘urta tovoni miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta summasining 65 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga) tegadigan sug‘urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta summasining 35 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Bir nechta jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) tegadigan sug‘urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hollarda ham qoplaydi.
Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo‘yicha xarajatlar sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Sug‘urta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to‘lovlarni qoplamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan sug‘urta summasi doirasida qoplanadi.
(22-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 1-bandi.
23-modda. Sug‘urta tovonini to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta summasidan oshmagan miqdorda sug‘urtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘lanadi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urtalovchining yozma roziligi bilan o‘z hisobidan qoplasa, sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibida o‘zi amalga oshirgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘laydi.
Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) transport vositasidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplasa yoki qoplashni va’da qilsa, sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) bu harakatlari sug‘urtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri) hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan olgan to‘lovlar sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatini kamaytirmaydi.
Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish choralarini ko‘rganligi yoxud jabrlanuvchiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatganligi sug‘urtalovchi ushbu Qonunda o‘zi uchun belgilangan majburiyatlarni bajarishni rad etishiga asos bo‘lolmaydi.
Agar majburiy sug‘urta obyekti bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha ham sug‘urtalangan bo‘lsa, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovoni majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash shartlaridan qat’i nazar to‘lanadi.
Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘lgan yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni ushbu Qonunning 22-moddasi talablari inobatga olinmagan holda, shunday hodisa uchun to‘lovni nazarda tutuvchi barcha turdagi sug‘urta shartnomalariga muvofiq to‘lanadi.
Agar bitta sug‘urta hodisasi natijasida ikki yoki undan ortiq sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxslarning) fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan bo‘lsa, sug‘urtalovchilar jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) har bir sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) aybi darajasiga muvofiq sug‘urta tovonini to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovoni to‘lovlari bir nechta jabrlanuvchiga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) to‘lanishi kerak bo‘lsa va ularning sug‘urtalovchiga bildirilgan talablari summasi sug‘urta summasi miqdoridan ortiq bo‘lsa, sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
(23-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
O‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdori to‘liq aniqlanguniga qadar sug‘urtalovchi jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) arizasiga ko‘ra sug‘urta to‘lovining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq bo‘lgan qismini to‘lashga haqli.
Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) bilan kelishuvga ko‘ra va majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkning sug‘urta tovoni hisobidan ta’mirlanishini va (yoki) uning qoldiqlari utilizatsiya qilinishini tashkil qilishga va haqini to‘lashga haqli.
Sug‘urta tovonini to‘lash sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi yoki uni to‘lash haqidagi qarori ariza beruvchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda murojaat etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay chiqarilishi hamda ariza beruvchiga xabar qilinishi kerak. Tovon to‘lash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilishi lozim.
(23-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sug‘urta tovonini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoniga qo‘shimcha ravishda, sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda penya to‘laydi.
(23-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘laydi.
Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning o‘rnini, agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sug‘urta hodisasi haqida zararlarning o‘rnini majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bergan bo‘lsa, qoplaydi.
24-modda. Sug‘urtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi
Sug‘urtalovchi zarar yetkazgan shaxsga (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan bo‘lsa;
zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarilayotganda yetkazilgan bo‘lsa;
mazkur shaxs o‘zi foydalanayotganda zarar yetkazgan transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa;
mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yashiringan bo‘lsa;
mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan bo‘lsa (transport vositasidan faqat majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda);
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilganidan keyin to‘rt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa yoki yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani sug‘urtalovchiga uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida taqdim etmagan bo‘lsa;
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
sug‘urta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir bo‘lgan bo‘lsa (transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda). Bunda sug‘urtalovchi mazkur shaxsdan sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarar yetkazgan shaxsning yoki jabrlanuvchining qasdi oqibatida zarar yetkazilgani sud tartibida aniqlanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
4-bob. Kompensatsiya to‘lovlari
25-modda. Kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqi
Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to‘lovi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi quyidagilar oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilganligi;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi;
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan bo‘lsa, egadir.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil ichida bildirilishi mumkin.
26-modda. Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilganligi oqibatida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda sug‘urtalovchi jabrlanuvchi yoki transport vositasining egasi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani va sug‘urtalovchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga jabrlanuvchilarga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining noma’lumligi yoki fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanmaganligi yoki transport vositasi uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi sababli sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etadi:
(26-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa;
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan ma’lumotnoma yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);
(26-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchilarning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga to‘lanishi lozim bo‘lsa).
Sug‘urtalovchi kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini hamda zarar va sug‘urta tovonining miqdori to‘g‘ri aniqlanganligini o‘rganib chiqishga, shu jumladan sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini shartnoma asosida jalb etish orqali o‘rganib chiqishga haqlidir.
Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi zarar va sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash uchun sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish yoki mazkur to‘lovlarni to‘lashni asoslantirilgan tarzda rad etish to‘g‘risidagi qaror To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan sug‘urtalovchi yoki jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) iltimosnoma bilan murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida qabul qilinadi.
Kompensatsiya to‘lovlari ularni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir haftalik muddat ichida bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kompensatsiya to‘lovlari ushbu moddada belgilangan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) ularni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda penya to‘laydi.
(26-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Ushbu Qonun 21-moddasi qoidalarining jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibiga doir qismi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining yoki shartnoma asosida ushbu maqsadda jalb qilingan sug‘urta bozori professional ishtirokchisining harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar shikastlangan mol-mulkni ushbu Qonun talablariga muvofiq ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilishni hamda baholashdan o‘tkazishni tashkil qilishga qadar shikastlangan mol-mulk ta’mirlanganligi yoki uning qoldiqlari utilizatsiya qilinganligi sug‘urta hodisasi mavjudligini va o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlarning miqdorini aniq belgilash imkonini bermasa, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga haqli.
(26-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirishni rad etishi ustidan sug‘urtalovchi yoki jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) da’vo arizasi berishi orqali sud tartibida nizolashilishi mumkin.
27-modda. Kompensatsiya to‘lovlarining miqdori
Kompensatsiya to‘lovlarining miqdori ushbu Qonun 22-moddasining talablariga rioya etilgan holda aniqlanadi.
Kompensatsiya to‘lovlari sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to‘lovlarni qoplamaydi.
Kompensatsiya to‘lovlari zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusi bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan, uning barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini hatto bu choralar muvaffaqiyatli bo‘lmagan hollarda ham qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusiga ko‘ra kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan uning xarajatlari qonunchilikda nazarda tutilgan sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Qonunning 22-moddasi.
28-modda. Kompensatsiya to‘lovlari summalarini undirish
Ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘langan kompensatsiya to‘lovi summasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining da’vosiga ko‘ra regress tartibida undirib olinadi. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi mazkur shaxsdan kompensatsiya to‘lovi haqidagi jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) talabini ko‘rib chiqish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini talab qilishga ham haqli.
Jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) sug‘urtalovchiga nisbatan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta to‘lovini talab qilish huquqi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq to‘langan kompensatsiya to‘lovi summasi doirasida To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga o‘tadi.
5-bob. Majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash
29-modda. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi
Majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi notijorat tashkilot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
30-modda. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalaridan foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o‘rni ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta’minlash;
ushbu Qonunga muvofiq sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali moliyaviy jihatdan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan majburiy sug‘urta shartnomalari, sug‘urta hodisalari, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek mazkur ma’lumotlar sug‘urtalovchilar va To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘rtasida qonunchilikda belgilangan sug‘urta siri to‘g‘risidagi talablar ta’minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish;
(30-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 933-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasi.
ushbu moddaga muvofiq To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.
31-modda. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining mol-mulki va moliyaviy faoliyati
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining mol-mulki quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sug‘urtalovchilarning bir yo‘la va kalendar muddatlarda to‘lanadigan badallari;
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi amalga oshirgan kompensatsiya to‘lovlari va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislarining) tegishli talablarini ko‘rib chiqish bo‘yicha xarajatlar doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar;
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining pul mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(31-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi moliyaviy yordam ko‘rsatishi va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi hamda sug‘urta tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishi mumkin emas.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘zining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish va sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining boshqa mol-mulkidan ajratib qo‘yiladi, ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi va alohida bank hisobvarag‘i ochiladi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish va sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mablag‘larining vaqtincha bo‘sh turgan qismini investitsiyalash yo‘nalishlari hamda hajmlari har yili To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kuzatuv kengashi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining mazkur mablag‘larni investitsiyalash diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maxsus vakolatli davlat organi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish va sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun bank hisobvarag‘idagi mablag‘larning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilashi mumkin.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining moliyaviy faoliyati har yili auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart.
32-modda. Sug‘urtalovchilarning To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘laydigan majburiy badallari
Bir yo‘la va kalendar muddatlarda to‘lanadigan badallar sug‘urtalovchilarning To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘laydigan majburiy badallaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga bir yo‘la to‘laydigan badali miqdori To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga badalni to‘lash kunidagi, qonunchilikda belgilangan sug‘urtalovchi ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urtalovchi ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandida belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Kalendar muddatlarda to‘lanadigan badal sug‘urtalovchilar tomonidan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga yilning har choragida o‘tkaziladigan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi kalendar muddatlarda to‘lanadigan badal miqdorini sug‘urtalovchi tuzgan majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha jami sug‘urta summasining yilning hisobot choragidagi o‘sishi hajmidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar tomonidan kalendar muddatlarda to‘lanadigan badallarni to‘lash kalendar muddatlarda to‘langan badallar summasi majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha jami sug‘urta summasidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda to‘xtatiladi. Majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha jami sug‘urta summasining miqdori o‘zgarganda, sug‘urtalovchi tomonidan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kalendar muddatlarda to‘langan badallar summasi qaytadan hisob-kitob qilinishi kerak.
(32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Kalendar muddatlarda to‘lanadigan badal stavkasi o‘zgargan taqdirda, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bu haqda sug‘urtalovchilarga keyingi to‘lov muddatidan kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilishi shart.
Sug‘urtalovchilarning To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘laydigan majburiy badallari ularning ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlariga tegishli bo‘ladi.
33-modda. Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Kuzatuv kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi.
Kuzatuv kengashining majlislari kengash raisi yoki kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruriyatga ko‘ra, biroq yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Kuzatuv kengashi, agar majlisda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, qarorlar qabul qilishga vakolatlidir. Kuzatuv kengashining qarori, agar uni majlisda hozir bo‘lganlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Kuzatuv kengashi:
sug‘urtalovchilarning kalendar muddatlarda to‘lanadigan badallari stavkalarini, kalendar muddatlarda to‘lanadigan badallarning eng yuqori summalarini, badallarni hisob-kitob qilish tartibini va to‘lash muddatlarini tasdiqlaydi;
maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda agent bankni tanlaydi;
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining mablag‘larini davlat qimmatli qog‘ozlari va boshqa aktivlarga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi;
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyatga doir xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining ijro etuvchi organini shakllantiradi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(33-modda oltinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining moliyaviy va boshqa hisobotlari
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi maxsus vakolatli davlat organiga moliyaviy hamda boshqa hisobotlarni shu organ belgilagan shaklda va muddatlarda taqdim etadi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhri bo‘ladi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi yillik moliyaviy hisobotining to‘g‘riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining yillik moliyaviy hisoboti kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining yillik moliyaviy hisoboti maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda va muddatlarda matbuotda e’lon qilinadi.
35-modda. Majburiy sug‘urta bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilarning huquqlari va majburiyatlari
Sug‘urtalovchilar:
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan uning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni so‘rash va olishga;
tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomalarining soni, majburiy sug‘urta bo‘yicha olingan sug‘urta mukofotlarining, majburiyatlarning va to‘langan sug‘urta tovonlarining miqdorlari haqidagi axborotni To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan so‘rash hamda olishga haqli.
Sug‘urtalovchilar:
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan yozma bitimlar tuzishlari;
ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lashlari;
tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomalarining soni, majburiy sug‘urta bo‘yicha olingan sug‘urta mukofotlarining, majburiyatlarning va to‘langan sug‘urta tovonlarining miqdorlari haqida To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga axborot taqdim etishlari shart.
36-modda. Axborotni ayirboshlash
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sug‘urta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining sabablari va holatlari to‘g‘risidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va xulosalarni sug‘urtalovchilarning hamda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi va maxsus vakolatli davlat organi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborotni muntazam ayirboshlaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
37-modda. Majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda belgilangan majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta o‘tkazishda), ularning majburiy texnika ko‘rigini tashkil etishda va yo‘l harakati qoidalariga, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi o‘z yonida sug‘urta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli bo‘lgan davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ko‘rsatishi shart, bundan haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug‘urta bo‘yicha ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiradi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
38-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining1351-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(40-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
41-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2008-yil 22-apreldagi 79-80 (4489-4490)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-aprel,
O‘RQ-155-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 17-son, 128-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 149-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)