1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
QARORI
FERMER XOʻJALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING SODDALASHTIRILGAN TIZIMINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1781-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish va ular tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 27-avgustdagi 77, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 1781-2, 02.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 35-son, 470-modda)
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotishni, shu jumladan oʻz savdo shaxobchalari orqali sotishni amalga oshiradigan fermer xoʻjaliklariga tatbiq etiladi.
2. Fermer xoʻjaliklari boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirganda, ushbu faoliyat turlari boʻyicha buxgalteriya hisobini alohida, qonunchilikka muvofiq yuritadi.
3. Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari (keyingi oʻrinlarda — BHMS deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining qoidalari bilan birgalikda amal qiladi.
4. Buxgalteriya hisobini tashkil etish boʻyicha javobgarlik fermer xoʻjaligining boshligʻiga (keyingi oʻrinlarda — fermer deb yuritiladi) yuklatiladi. Bunda fermer quyidagi huquqlarga ega:
a) bosh buxgalter rahbarligidagi buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterning xizmatlaridan foydalanish;
b) buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga yuklash;
5. Buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi fermer xoʻjaliklariga ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi.
III. Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini yuritish
6. Fermer xoʻjaliklari, oʻz xoʻjalik faoliyatlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini mustaqil ravishda shakllantiradi. Buxgalteriya hisobi fermer xoʻjaliklari tomonidan qonunchilik bilan belgilangan yagona uslubiy asoslar va tartibga muvofiq yuritiladi.
Bunda fermer xoʻjaligi qoʻllanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini, quyidagi talablarga rioya qilgan holda, mustaqil ravishda oʻz faoliyatining xususiyatlariga moslashtirishi mumkin:
a) yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv tamoyili);
b) analitik va sintetik hisob maʼlumotlarining oʻzaro bogʻliqligi;
v) boshlangʻich hujjatlar asosida barcha xoʻjalik operatsiyalarining hisob registrlarida yoppasiga aks ettirish;
g) boshlangʻich hujjatlar maʼlumotlarini fermer xoʻjaligini boshqarish, nazorat qilish va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur boʻladigan koʻrsatkichlar boʻyicha jamlash va tizimlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
7. Fermer xoʻjaliklarida xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun asos boʻlib, operatsiyalarning haqiqatda amalga oshirilganligini qayd etadigan va ularni amalga oshirish uchun farmoyish beradigan boshlangʻich hisob hujjatlari hisoblanadi.
Fermer xoʻjaliklarida boshlangʻich hisob hujjatlari xoʻjalik operatsiyalari amalga oshilgan paytda yoki ular sodir etilgandan soʻng darhol (kechiktirmasdan) tuziladi.
8. Fermer xoʻjaliklarida tuziladigan boshlangʻich hujjatlarning majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, shuningdek hujjatlar aylanmasini amalga oshirish tartibi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 14-yanvar, roʻyxat raqami 1297 — “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda) muvofiq tartibga solinadi.
9. Boshlangʻich hujjatlar qonunchilikda belgilangan namunaviy shakllarda yoki ushbu Nizomning talablariga rioya qilgan holda fermer xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan blankalarda tuziladi.
10. Fermer xoʻjaligiga kelib tushadigan boshlangʻich hujjatlar albatta tekshirilishi shart. Bunda tekshirish shakl boʻyicha (hujjatlarning rasmiylashtirilishi toʻliqligi va toʻgʻriligi, rekvizitlarning toʻldirilishi), mazmun boʻyicha (hujjatlashtirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, alohida koʻrsatkichlarning mantiqiy bogʻliqligi) amalga oshiriladi.
11. Hisobni soddalashtirilgan shaklda tashkil etish uchun fermer xoʻjaligi xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini tuzadi, bu esa mablagʻlar va ular manbalarining hisobini asosiy schyotlar boʻyicha yuritish imkoniyatini yaratadi va shu bilan mulkning mavjudligi va saqlanishi, majburiyatlarning bajarilishi va buxgalteriya hisobi maʼlumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Fermer xoʻjaliklari xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son) va ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan Fermer xoʻjaliklarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy Schyotlar rejasiga muvofiq tuzadi. Xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasi fermer xoʻjaligining hisob siyosatida qonunchilikda belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim.
12. Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli quyidagi shakllar boʻyicha yuritilishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobining oddiy shakli;
b) buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli.
13. Fermer xoʻjaligi oʻzining ishlab chiqarish va boshqaruv talablaridan kelib chiqqan holda ushbu Nizomda keltirilgan buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi.
14. Buxgalteriya hisobining tanlangan shaklidan qatʼi nazar, hisobot davrining xoʻjalik operatsiyalari xronologik tartibda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida roʻyxatga olib (qayd etib) boriladi.
Xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnali kitob shaklida yuritiladi, unda xoʻjalik operatsiyalarining qayd etilishi va hisobi hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi. Bunda, Xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnali tikilgan va raqamlangan boʻlishi shart. Xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalining soʻnggi varagʻida fermerning imzosi bilan “Mazkur Jurnalda ....... varaq raqamlangan” deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
15. Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi obyektlarining analitik va sintetik hisobini yuritish uchun ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi” registri qoʻllaniladi. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kitob shaklida yuritiladi, unda operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi tikilgan va raqamlangan boʻlishi shart. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobining soʻnggi varagʻida fermerning imzosi bilan “Mazkur Kitobda ....... varaq raqamlangan” deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
16. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida xoʻjalik operatsiyalari natijalari aktivlarni, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.
17. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yozuvlar tizimli tartibda Xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
18. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi, unda fermer xoʻjaliklari tomonidan qoʻllaniladigan barcha schyotlar mavjud boʻladi va ularning har birida xoʻjalik operatsiyalari hisobini yuritish imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil boʻlishi lozim. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida har bir qoʻllanilayotgan buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari boʻyicha oʻtgan yillarning tajribasini hisobga olgan holda, xoʻjalik operatsiyalarining kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, maʼlum betlar ajratiladi.
19. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi “20__ yil “___”________ dagi qoldiq” qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi boʻyicha hisobot davrining boshida mavjud boʻlgan qoldiq summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schyotlarning qoldigʻi ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar boʻyicha qoldiq esa ushbu schyotlar kreditida yoziladi.
20. Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti boʻyicha yozuvlar xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) maʼlumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
21. Har bir oyning (chorakning) oxirida xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yakun chiqariladi va unga asosan fermer xoʻjaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansiga oʻtkaziladi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning hisobot davridagi aylanmasi 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga oʻtkaziladi.
22. Kombinatsiyalashgan shaklga asoslangan buxgalteriya hisobi bir necha hisob registrlarini (hisob qaydnomalarini) qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Hisob qaydnomalarida yozuvlar xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlangʻich hisob hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
23. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklini yuritishda buxgalteriya hisobining quyidagi hisob qaydnomalaridan foydalaniladi:
a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq;
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq;
v) kapital qoʻyilmalarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq;
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq;
d) boquvdagi va oʻstirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq;
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq;
j) boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq;
z) pul mablagʻlarini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 11-ilovasiga muvofiq;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 12-ilovasiga muvofiq;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq;
l) mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq;
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 15-ilovasiga muvofiq;
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 16-ilovasiga muvofiq;
o) hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 17-ilovasiga muvofiq;
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 18-ilovasiga muvofiq;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 19-ilovasiga muvofiq;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 20-ilovasiga muvofiq;
t) sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi — ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq;
u) xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi — ushbu Nizomning 22-ilovasiga muvofiq.
24. Har bir qaydnoma bir yoki bir necha foydalanilayotgan buxgalteriya schyotlari boʻyicha operatsiyalar hisobi uchun qoʻllaniladi.
Har bir xoʻjalik operatsiyasining summasi bir vaqtning oʻzida ikkita qaydnomaga yoziladi: birinchisida — schyotning debeti boʻyicha kreditlanadigan schyotning raqamini koʻrsatgan holda (“Korrespondensiyalanuvchi schyot” ustunida), ikkinchisida esa — korrespondensiyalanadigan schyotning krediti boʻyicha va xuddi shunday debetlanadigan schyotning raqamini koʻrsatgan holda yoziladi. Ikkala qaydnomalarda ham tegishli ustunlar boʻyicha yozuvlar xoʻjalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlangʻich hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar asosida sodir boʻlgan operatsiyalarning mazmuni asosida amalga oshiriladi.
Qoldiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan qaydnomalarda, hisobot davrining boshidagi buxgalteriya yozuvlari, tegishli schyotlar boʻyicha oʻtgan davrning oxiridagi qoldiqlarni oʻtkazish yoʻli bilan boshlanadi.
Alohida qaydnomalardagi aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari, yozuvlarni amalga oshirishga asos boʻlgan tegishli birlamchi hujjatlar (kassa hisobotlari, bank koʻchirmalari va boshqalar) maʼlumotlari bilan solishtirilishi shart.
25. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi: asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100) boʻyicha va uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300) boʻyicha asosiy vositalarning, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400) boʻyicha nomoddiy aktivlarning, asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200) boʻyicha eskirishning va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) boʻyicha amortizatsiyaning mavjudligi va harakatlanishining analitik va sintetik hisobi registri boʻlib hisoblanadi.
Qaydnomada asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha maʼlumotlar pozitsiyali usul bilan har bir obyekt boʻyicha alohida yozib boriladi.
Agar asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha harakatlanish mavjud boʻlsa, har oyda ularning aylanma summalari hisoblanadi va hisobot oyidan keyingi 1-sanaga qoldiq chiqariladi.
Asosiy vositalar boʻyicha, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olinganlari boʻyicha ham eskirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya tanlangan usulga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 188-modda) muvofiq hisoblanadi.
Aktiv qismi boʻyicha hisoblangan eskirish (amortizatsiya) summalarini va barcha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha jamgʻarilgan eskirishni nazorat qilish uchun qaydnomada eskirishni (amortizatsiyani) oʻsib boruvchi tartibda hisobga oluvchi tegishli ustunlar koʻzda tutilgan.
26. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0600) va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda (5800) hisobga olinadigan moliyaviy investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
27. Kapital qoʻyilmalarni hisobga olish qaydnomasi kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadigan fermer xoʻjaliklarining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga qoʻyilgan investitsiyalari, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlar asosiy podasini shakllantirish boʻyicha xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
28. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda (1000) va tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) aks ettiriladigan tovar-moddiy zaxiralarning analitik va sintetik hisobi uchun moʻljallangan.
Qaydnoma bir oy (chorak) uchun ochiladi va moddiy javobgar shaxslar boʻyicha barcha turdagi qimmatliklar kesimida ularning u yoki bu turi boʻyicha hisobot davridagi harakatlanish boʻlgan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar, alohida yuritiladi.
29. Boquvdagi va oʻstirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlarda (1100) hisobga olinadigan fermer xoʻjaligiga tegishli oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarning mavjudligi va harakatlanishini hayvonlarning guruhlari boʻyicha (yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, boquvdagi, yaylovdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilasi; katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan, aholidan sotish uchun qabul qilingan chorva mollari va boshqalar) analitik hisob uchun moʻljallangan. Bunda, oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarning miqdoriy va summaviy koʻrsatkichlarining kamayishi toʻgʻrisidagi maʼlumot hayvonlar guruhlari boʻyicha “Xoʻjalik operatsiyasi mazmuni” ustunining tegishli qatorida “minus” belgisi bilan koʻrsatiladi.
30. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (4000) hisobga olinadigan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi uchun qoʻllaniladi.
Qaydnomada 4010 schyotning debeti boʻyicha pozitsiyali usulda, xaridor va buyurtmachilarning sotilgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar uchun debitorlik qarzlari yozib boriladi. 4010 schyotning kreditida yakuniy hisob-kitoblar boʻyicha operatsiyalar (shu jumladan, xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslarni hisobga kiritish) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
31. Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaligining mahsulotlar va boshqa aktivlarni sotish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan debitorlik qarzlarining analitik va sintetik hisobi uchun moʻljallangan. Ushbu qaydnoma, uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900), 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyoti, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300), budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400), maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500), xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) va turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4800) hisobga olinadigan boshqa debitor qarzdorlikning har bir turi uchun alohida ochiladi.
32. Pul mablagʻlarini hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaliklari tomonidan kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000), hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini (5100), chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini (5200), bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarda (5500) hisobga olinadigan pul mablagʻlarining hisobi uchun qoʻllaniladi.
Pul mablagʻlarini qabul qilish va topshirish, kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish, kassa kitobini yuritish, kassa operatsiyalari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (roʻyxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 27-avgustdagi 77, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 1781-2, 02.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 35-son, 470-modda)
Pul mablagʻlarini hisobga olish qaydnomasida hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlar boʻyicha operatsiyalar yozuvlari bank koʻchirmalari va unga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlarda (6000) hisobga olinadigan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun qoʻllaniladi.
Qaydnomada 6010 schyotning krediti boʻyicha pozitsiyali usul bilan olingan moddiy qimmatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarning schyotlari, shuningdek pudratchilarning bajarilgan ishlar va xizmatlari uchun schyotlari yoziladi. 6010 schyotning debetida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlari boʻyicha yakuniy toʻlov operatsiyalari, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar krediti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi.
34. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi hisobning kombinatsiyalashgan registri hisoblanadi, unda 4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar” schyoti, 4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar” schyoti va 6970 “Hisobdor shaxslarga qarzdorlik” schyotlari boʻyicha hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning analitik va sintetik hisobi birlashtirilgan.
35. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6700) hisobga olinadigan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblar hisobi uchun moʻljallangan.
Qaydnomaning “6710 — schyoti kreditidan quyidagi schyotlar debetiga” boʻlimida fermer xoʻjaligining ishchilariga bajarilgan ishlar uchun qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnat haqi summalari aks ettiriladi.
Qaydnomaning “6710 — schyoti debetidan quyidagi schyotlar kreditiga (ushlab qolingan)” boʻlimida ishchilarning mehnat haqidan qonunchilikka muvofiq barcha ushlanmalarning (jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq, berilgan boʻnaklar summasi, hisobdor shaxslar tomonidan oʻz vaqtida qaytarilmagan summalar, turli korxonalar va shaxslar foydasiga ijro varaqalari boʻyicha summalar va boshqalar) summasi aks ettiriladi. “Toʻlanadi” ustunida ishchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa aks ettiriladi.
Qaydnoma toʻlov hujjati ham hisoblanadi va fermer xoʻjaligi ishchilariga mehnat haqini toʻlash uchun moʻljallangan.
Fermer xoʻjaligi xodimlariga toʻlanishi lozim boʻlgan mehnat haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan holatda, ushbu qaydnomaning “Toʻlanadi” ustunida “Deponentlangan” deb yoziladi va koʻrsatilgan summa har bir xodim boʻyicha (pozitsiyali usuldagi yozuv bilan) keyingi oyning qaydnomasida “20__ y ________dagi qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik)” ustuniga oʻtkaziladi.
36. Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi, fermer xoʻjaligining asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan boshqa majburiyatlarning analitik va sintetik hisobi uchun moʻljallangan. Ushbu qaydnoma, kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6200), olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlarda (6300), budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlarda (6500), qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800) va 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz” schyotidan tashqari turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6900) hisobga olinadigan boshqa majburiyatlarning har bir turi boʻyicha kreditorlar kesimida alohida ochiladi.
37. Xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri uchun fermer xoʻjaligi xususiy kapitalining holati va harakatlanishi haqidagi maʼlumotni uni shakllantirish manbalari boʻyicha aks ettirish uchun moʻljallangan. Ushbu qaydnoma fermer xoʻjaliklari tomonidan ustav kapitalini (8300), rezerv kapitalini (8500), taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zararni) (8700) va maqsadli tushumlarni (8800) hisobga oluvchi schyotlarda hisobi yuritiladigan xususiy kapitalning analitik va sintetik hisobini yuritish uchun qoʻllaniladi.
38. Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri xarajatlarini (sarfini) ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining tannarxiga olib boriladigan ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, davr xarajatlari boʻyicha umumlashtirish uchun qoʻllaniladi. Ushbu registrda hisobot davrining xarajatlari (sarflari) haqidagi maʼlumot 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400) aylanmasidan kelib chiqqan holda aks ettiriladi.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400) debetidagi xarajatlar turli schyotlarning kreditlaridan boshqa qaydnomalardagi maʼlumotlar va bevosita alohida birlamchi hujjatlardagi maʼlumotlardan yigʻiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlariga (ishlar, xizmatlarga) sarflangan xarajatlar aniqlanishi bilan ularning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va ular 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti va 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotlarining kreditidan mahsulotlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanish yoʻnalishlariga qarab tegishli schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi — omborga (2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyoti), realizatsiyaga (9110 “Realizatsiya qilingan tayyor mahsulotlar tannarxi” schyoti), hisobot davrining yakunida esa davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning (9400) aylanmasi summasi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga yopiladi.
39. Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi moddalar boʻyicha yil boshidan boshlab oʻsib borish tartibida xarajatlarning, shuningdek mahsulot chiqishining analitik hisobi uchun moʻljallangan.
40. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi moddalar boʻyicha yil boshidan boshlab oʻsib borish tartibida xarajatlarning, shuningdek chorvachilik mahsulotlari chiqishining analitik hisobi uchun moʻljallangan.
41. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi yordamchi ishlab chiqarish va koʻrsatiladigan xizmatlar (bajariladigan ishlar) xarajatlari turlari boʻyicha analitik hisobni yuritishga moʻljallangan. Xarajatlar 2310 schyotning debetida xarajatlar moddalari boʻyicha kreditlanadigan schyotlarni koʻrsatgan holda aks ettiriladi. Xizmatlar 2310 schyotining kreditidan hisobot davri davomida rejali tannarx boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarni hisobot davri yakunida haqiqiy tannarx darajasigacha tuzatib berilgan holda hisobdan chiqariladi.
42. Sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi fermer xoʻjaliklarining hisobot davrida sof foydani (sof zararni) hisoblab chiqish uchun olingan daromadlar va sarflangan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
43. Fermer xoʻjaligining hisobot davri qaydnomalarida (dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomalaridan tashqari) aks ettirilgan moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalarini umumlashtirish, xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida amalga oshiriladi.
Hisobot davrining yakunida har bir schyotning debet va krediti boʻyicha aylanmasi hisoblanadi va hisobot davrining oxiriga (keyingi hisobot davrining boshiga) qoldiq chiqariladi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi sintetik hisob registri sanaladi, uning asosida hisobot davrining oxirida mablagʻlarning va ular manbalarining mavjudligini aniqlash va moliyaviy hisobotni tuzish mumkin.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi hisobot davri uchun ochiladi va unda hisobot davridagi operatsiyalar hisobi umumlashtiriladi. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasining soʻnggi varagʻi fermer yoki qonunchilikda belgilangan tartibda u tomonidan belgilangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasining “Schyotning raqami va nomi” ustunida buxgalteriya hisobini yuritishda qoʻllanilgan barcha schyotlar keltiriladi va “20___ y. “___” ________ dagi qoldiq” ustuniga mablagʻlar turlari va ularning manbalari boʻyicha hisobot davri boshidagi mavjud qoldiq summalari oʻtkaziladi. Aktiv schyotlarning qoldiqlari ushbu ustunning “debet” qismida, passiv schyotlar boʻyicha esa — “kredit” qismida yoziladi. Shundan soʻng, “20___ yil ______ uchun jami aylanma” ustunida shu hisobot davridagi ushbu schyotlar aylanmalarining jamisi yoziladi. “20___ y. “__” ______ dagi qoldiq” ustunida aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning har biri boʻyicha hisobot davrining yakunidagi mavjud qoldiq summalari aniqlanadi. “Qaydnoma nomi” ustunida esa keltirilgan schyotda hisob obyekti yuritiladigan qaydnomaning nomi koʻrsatiladi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida keltirilgan aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansiga oʻtkaziladi.
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida keltirilgan hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning aylanmasi 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga oʻtkaziladi.
44. Fermer xoʻjaliklari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansi va 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlardan iborat boʻlgan, faqat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmasdan taqdim qiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2012-yil 19-sentabrdagi 72, 03/13-1673-sonli qarori (roʻyxat raqami 1781-1, 05.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 475-modda)
45. Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” buyrugʻi bilan belgilangan (2003-yil 24-yanvar, roʻyxat raqami 1209 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) shakllarda va tartibda amalga oshiriladi.
46. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-mart
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi v.b. T. BOZOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-mart
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Fermer xoʻjaliklarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi Namunaviy schyotlar Rejasi
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
I qism. Uzoq muddatli aktivlar
I boʻlim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar
0100
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0110
Yer
0111
Yerni obodonlashtirish
0112
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish*
0120
Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130
Mashina va asbob-uskunalar
0140
Mebel va ofis jihozlari
0150
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
0160
Transport vositalari
0170
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
0180
Koʻp yillik oʻsimliklar
0190
Boshqa asosiy vositalar
0200
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
KA
0211
Yerni obodonlashtirishning eskirishi
0212
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi
0220
Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi
0230
Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi
0240
Mebel va ofis jihozlarining eskirishi
0250
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi
0260
Transport vositalarining eskirishi
0270
Ishchi hayvonlarning eskirishi
0280
Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi
0290
Boshqa asosiy vositalarning eskirishi
0299
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi
0300
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0310
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar
0400
Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0410
Patentlar, litsenziyalar va nou-xau
0440
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari
0490
Boshqa nomoddiy aktivlar
0500
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar
KA
0510
Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi
0540
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi
0590
Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
0600
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0610
Qimmatli qogʻozlar
0690
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar
0800
Kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0810
Tugallanmagan qurilish
0820
Asosiy vositalarni xarid qilish
0830
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish
0840
Asosiy podani shakllantirish
0850
Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar
0860
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar
0890
Boshqa kapital qoʻyilmalar
0900
Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
A
0920
Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar
0940
Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar
0990
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
II qism. Joriy aktivlar
II boʻlim. Tovar-moddiy zaxiralari
1000
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar
A
1010
Xom ashyo va materiallar
1020
Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar
1030
Yoqilgʻi
1040
Ehtiyot qismlar
1060
Idish va idishbob materiallar
1070
Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar
1080
Inventar va xoʻjalik jihozlari
1090
Boshqa materiallar
1100
Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar
A
1110
Oʻstirishdagi hayvonlar
1120
Boquvdagi hayvonlar
2000
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
2010
Asosiy ishlab chiqarish
2300
Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
A
2310
Yordamchi ishlab chiqarish
2500
Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
2510
Umumishlabchiqarish xarajatlari
2600
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar
2610
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar
2800
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar
A
2810
Ombordagi tayyor mahsulotlar
2820
Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar
2830
Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar
III boʻlim. Kelgusi davr xarajatlari — joriy qismi
3100
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
3110
Oldindan toʻlangan ijara haqi
3120
Oldindan toʻlangan xizmat haqi
3190
Boshqa kelgusi davr xarajatlari
IV boʻlim. Olinadigan schyotlar — joriy qismi
4000
Olinadigan schyotlar
A
4010
Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar
4200
Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar
A
4210
Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar
4220
Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar
4230
Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar
4290
Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar
4300
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar
A
4310
TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar
4320
Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar
4330
Boshqa berilgan boʻnaklar
4400
Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
4410
Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)
4500
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
4520
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari
4600
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar
A
4610
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi
4700
Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar
A
4710
Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi
4720
Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi
4730
Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi
4790
Xodimlarning boshqa qarzlari
4800
Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
4810
Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar
4820
Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar
4830
Olinadigan foizlar
4840
Olinadigan dividendlar
4850
Olinadigan royalti
4860
Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar
4890
Boshqa debitorlar qarzlari
4900
Dargumon qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar
KA
4910
Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv
V boʻlim. Pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
5000
Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
5010
Milliy valyutadagi pul mablagʻlari
5100
Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
5110
Hisob-kitob schyoti
5200
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
5210
Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari
5500
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
5510
Akkreditivlar
5520
Chek daftarchalari
5530
Boshqa maxsus schyotlar
5600
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar
A
5610
Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)
5700
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar
A
5710
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari
5800
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar
A
5810
Qimmatli qogʻozlar
5830
Berilgan qisqa muddatli qarzlar
5890
Boshqa joriy investitsiyalar
5900
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar
A
5910
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar
5920
Boshqa joriy aktivlar
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
III qism. Majburiyatlar
VI boʻlim. Joriy majburiyatlar
6000
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
P
6010
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
6200
Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
6230
Boshqa kechiktirilgan daromadlar
6240
Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar
6290
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar
6300
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar
P
6310
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar
6320
Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar
6390
Boshqa olingan boʻnaklar
6400
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar
P
6410
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)
6500
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar
P
6520
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar
6600
Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar
P
6610
Toʻlanadigan dividendlar
6700
Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
6710
Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar
6720
Deponentlangan ish haqi
6800
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
6810
Qisqa muddatli bank kreditlari
6820
Qisqa muddatli qarzlar
6900
Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
6910
Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara
6920
Hisoblangan foizlar
6930
Royalti boʻyicha qarz
6950
Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi
6960
Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar
6970
Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz
6990
Boshqa majburiyatlar
VII boʻlim. Uzoq muddatli majburiyatlar
7200
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
7230
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
7240
Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar
7290
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar
7800
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
7810
Uzoq muddatli bank kreditlari
7820
Uzoq muddatli qarzlar
7900
Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
7910
Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara
7920
Turli kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
IV qism. Xususiy kapital
VIII boʻlim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
8300
Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar
P
8330
Pay va ulushlar
8400
Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar
8420
Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi
8500
Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar
P
8510
Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar
8520
Rezerv kapitali
8530
Tekinga olingan mulk
8700
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar
P
8710
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)
8720
Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)
8800
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar
P
8810
Grantlar
8820
Subsidiyalar
8840
Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari
8890
Boshqa maqsadli tushumlar
8900
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar
P
8910
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
V qism. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
IX boʻlim. Daromadlar va xarajatlar
9000
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar
T
9010
Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar
9100
Realizatsiya qilingan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar
T
9110
Realizatsiya qilingan tayyor mahsulotlarning tannarxi
9200
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar
9210
Asosiy vositalarning chiqib ketishi
9220
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi
9300
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar
T
9310
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda
9320
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9330
Undirilgan jarima, penya va ustamalar
9340
Oʻtgan yillar foydalari
9350
Qisqa muddatli ijaradan daromadlar
9360
Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar
9380
Tekinga olingan moliyaviy yordam
9390
Boshqa operatsion daromadlar
9400
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
T
9410
Realizatsiya xarajatlari
9420
Maʼmuriy xarajatlar
9430
Boshqa operatsion xarajatlar
9500
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar
T
9510
Royalti boʻyicha daromadlar
9520
Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar
9530
Foizlar koʻrinishidagi daromadlar
9540
Valyutalar kurslari farqidan daromadlar
9550
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar
9560
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar
9590
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
9600
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
T
9610
Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar
9620
Valyutalar kurslari farqidan zararlar
9690
Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar
9700
Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar
T
9710
Favquloddagi foydalar
9720
Favquloddagi zararlar
9800
Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar
9820
Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar
9900
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar
T
9910
Yakuniy moliyaviy natija
Schyotlar t/r
Schyotlar nomi
Schyotlar turi
VI qism. Balansdan tashqari schyotlar
001
Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar
BT
002
Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar
BT
006
Qatʼiy hisobot varaqlari
BT
010
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar
BT
011
Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk
BT
013
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)
BT
014
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari
BT
* Keyingi oʻrinlarda “uzoq muddatli ijara” lizing tushunchasini ham oʻz ichiga oladi.
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi 20____ yil ____________________uchun
Tashkilot __________________________________________________________ Faoliyat turi ______________________________________________________ Schyotning raqami va nomi _____________________________________________
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi 20 ____ yil ___________________ uchun
Tashkilot _______________________________________________________
Obyektlar nomi
Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati
Toʻplangan eskirish
Qoldiq qiymati
yil boshiga qoldiq
qayta baholash
kelib tushishi
chiqib ketishi
yil oxiriga qoldiq
yil boshiga qoldiq
qayta baholash
chiqib ketishi
hisoblangan
yil oxiriga qoldiq
yil boshiga qayta baholash hisobga olingan holda
yil oxiriga
Asosiy vositalarni (0110—0190), uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni (0300) va ularning eskirishini (0210—0299) hisobga oluvchi schyotlar
Nomoddiy aktivlarni (0410—0490) va ularning amortizatsiyasini (0510—0590)hisobga oluvchi schyotlar