

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1320481" id="-1320481">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Atom Energiyasi Boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (EVRATOM) oʻrtasida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1320482" id="-1320482">Bitim</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1320484" id="-1320484">ATOM ENERGIYASIDAN TINCh MAQSADLARDA FOYDALANISh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2538029" id="-2538029">2003-yil 6-oktabr, Bryussel</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1320486" id="-1320486"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1329981" id="-1329981">Mazkur Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 212-sonli “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1329984">qarori</a> bilan tasdiqlangan. </div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2538031" id="-2538031">(2004-yil 1-avgustdan kuchga kirgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320487" id="-1320487">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Oʻzbekiston” deb ataluvchi) bilan Atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (Evratom) (bundan keyin “Hamjamiyat” deb ataluvchi), bundan keyin tegishli ravishda “Tomon” yoki “Tomonlar” deb ataluvchilar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320488" id="-1320488">yadro materiallari savdosi Oʻzbekiston bilan Evratom oʻrtasida imzolanadigan maxsus Bitim shartlariga binoan belgilab berilishi Oʻzbekiston bilan Yevropa Hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida Sherikchilik va hamkorlik (ShHB) toʻgʻrisida 1999-yil 1-iyulda kuchga kirgan Bitimga asosan oʻrnatilishini anglab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320489" id="-1320489">Oʻzbekiston bilan Hamjamiyatga aʼzo barcha mamlakatlar Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma (bundan keyin “Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma”)ning tomonlari hisoblanishini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320490" id="-1320490">Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat va unga aʼzo mamlakatlar, tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnomaning maqsadlariga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori ekanligini inobatga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320491" id="-1320491">Evratom Shartnomasining VII moddasiga asosan hamda Hamjamiyat va Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar bilan bundan keyin “MAGATE” deb ataluvchi Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik oʻrtasida tuzilgan Himoya choralari boʻyicha Bitimlarga binoan yadro muhofazasi Hamjamiyatga daxldor ekanligini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320492" id="-1320492">Oʻzbekiston bilan MAGATE oʻrtasida himoya choralari toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq yadro muhofazasi Oʻzbekistonga aloqador ekanligini inobatga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320493" id="-1320493">Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat va unga aʼzo mamlakatlar MAGATE va MAGATE himoyalash tizimini quvvatlashini yana bir bor tasdiqlayotganini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320494" id="-1320494">Tomonlar oʻrtasida fuqarolik atom energiyasi sohasidagi hamkorlik asoslarini hadli bitimlar bilan mustahkamlash zaruratini inobatga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320495" id="-1320495"><strong>quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1320496" id="-1320496">I Bob. Hamkorlikning maqsad va sohalari </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320497" id="-1320497">1-modda </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320498" id="-1320498">Ushbu Bitimning maqsadi Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oʻzarolik foyda va oʻzarolik hamda har bir Tomonning tegishli organlarining huquqlarini kamsitmaslik asosida Tomonlar oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hadli hamkorlikni taʼminlashdan iborat.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320499" id="-1320499">2-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320501" id="-1320501">1. Tomonlar <a href="/acts/-1320470#-1320508">3—7-moddalarda </a>qayd etilgan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning quyida sanab oʻtiladigan sohalarida hamkorlik qiladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320502" id="-1320502">a) yadro xavfsizligi (<a href="/acts/-1320470#-1320508">3-modda</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320503" id="-1320503">b) <a href="/acts/-1320470#-1320609">a) kichik band </a>(6-modda)da qayd etilmagan, boshqa sohalardagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320504" id="-1320504">c) yadro materiallari savdosi va atom-yonilgʻi turkumidagi xizmatlar shartlari (<a href="/acts/-1320470#-1321135">7-modda</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320505" id="-1320505">d) oʻzaro manfaatli boshqa sohalar (<a href="/acts/-1320470#-1321422">8-modda</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320506" id="-1320506">2. Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bandda qayd etilgan hamkorlik Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat tomonidan belgilangan vakolatli shaxslar va organlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1320507" id="-1320507">II Bob. Yadro xavfsizligi va saqlanishi</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320508" id="-1320508">3-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320509" id="-1320509">1. Hamkorlik yadro xavfsizligini yaxshilashni ragʻbatlantiradi hamda unga koʻmaklashadi, shu jumladan yadro xavfsizligining ilmiy-kafolatlangan va xalqaro qabul qilingan qonun-qoidalarini aniqlash va qoʻllashga, shuningdek Tomonlarga taalluqli darajada yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirishga yordam beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320517" id="-1320517">2. Hamkorlik keng miqyosli boʻlib, quyidagi sohalarni ham oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320520" id="-1320520">a) Radioaktiv xavfsizlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320525" id="-1320525">Xavfsizlik standartlarining tadqiqoti, tartibga solib boriladigan aspektlari, ishlanmalari, kam dozali effektlar, sanoatdan ifloslanish, xodimlar va dozirovkalarni prognozlash hamda avariya holatidan keyingi boshqaruv masalalarini alohida eʼtibor bilan oʻqitish va tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320526" id="-1320526">b) Yadro chiqindilari boshqaruvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320529" id="-1320529">Geologik chiqindilar va yadro chiqindilari boshqarilishini baholash va optimizatsiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320532" id="-1320532">c) Yadro materiallari xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320535" id="-1320535">Yadro materiallari oʻlchovlari texnikasi tadqiqoti va ishlanmalari hamda muhofaza choralari uchun tegishli materiallar xarakteristikasi hamda yadro materiallari boʻyicha hisobotlar va ular ustidan nazorat tizimini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320537" id="-1320537">d) Yadro va radioaktiv materiallarining noqonuniy tranzitiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320540" id="-1320540">Hamkorlik yadro va radioaktiv materiallari ustidan nazorat usullari va texnikasini ham oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320543" id="-1320543">3. Tomonlarning kelishuvi asosida ularning qonunchiligi doirasida hamkorlikning boshqa sohalari ham qamrab olinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320546" id="-1320546">4-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320549" id="-1320549">1. Hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320551" id="-1320551">— maʼruzalar, tashriflar, seminarlar, texnik uchrashuvlar kabi tadbirlar vositasida texnikaviy axborot va maʼlumotlar almashuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320553" id="-1320553">— ikkala tomonning laboratoriya va/yoki organlarining xodimlarini almashish, shu jumladan ularni oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320554" id="-1320554">— eksperimental maqsadlarda namunalar, materiallar, asbob-uskunalar va apparatlar almashuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320555" id="-1320555">— qoʻshma tadqiqotlar va faoliyatda teng tarzda ishtirok etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320556" id="-1320556">2. Zaruriy hollarda, Tomonlar va/yoki organlar hamkorlik amalga oshiriladigan soha, uning shartlari va muddatlarini aniqlash maqsadida, oqibat natijada istalgan tomon yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar joriy qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320562" id="-1320562">Bunday tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar moliyalash, boshqaruv masʼuliyati topshirish hamda maʼlumotlar tarqatish va intellektual mulk huquqlari boʻyicha batafsil shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320564" id="-1320564">3. Harakat-tadbirlar takrorlanishini kamaytirish maqsadida, Tomonlar, ushbu Bitimga asosan oʻz faoliyatlarini oʻzlari unda tomon hisoblanuvchi, yadro xavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa xalqaro tadbirlar bilan muvofiqlashtirish uchun bor imkoniyatlardan foydalanadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320570" id="-1320570">5-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320573" id="-1320573">1. Ushbu bobga muvofiq har bir Tomonning majburiyatlari zaruriy pul mablagʻlarining mavjudligiga bogʻliq boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320575" id="-1320575">2. Mazkur hamkorlikdan kelib chiquvchi barcha xarajatlarni ularni sarflovchi Tomon qoplaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1320594" id="-1320594">III Bob. Yadro tadqiqotlari va rivojlanishning boshqa sohalari</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1320598" id="-1320598">6-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320602" id="-1320602">1. Ushbu bobga muvofiq, hamkorlik tadqiqotlar va ishlanmalar boʻyicha Tomonlarning tegishli faoliyati ularning kelishuviga asosan qamrab olingan darajada, Tomonlar oʻzaro manfaatga ega boʻlgan holda, <a href="/acts/-1320470#-1320508">3-moddada </a>qayd etilmagan, atom energiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga nisbatan tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320607" id="-1320607">2. Hamkorlik quyidagi sohalarni oʻz ichiga olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320609" id="-1320609">a) atom energiyasini tibbiyot va sanoat, shu jumladan elektr energiyasini ishlab chiqarish sohalarida qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320612" id="-1320612">b) atom energiyasi va atrof-muhit oʻrtasidagi oʻzaro harakat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320615" id="-1320615">c) Tomonlar oʻrtasida kelishilganidek yadro tadqiqotlari va ishlanmalarining har qanday sohasi hamda ular Tomonlarning tegishli qonunchiligiga muvofiq qay darajada amalga oshirilishi mumkinligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320619" id="-1320619">3. Hamkorlik, xususan, quyidagi vositalar asosida amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320622" id="-1320622">— maʼruzalar, tashriflar, seminarlar, texnik uchrashuvlar kabi tadbirlar vositasida texnikaviy informatsiya va maʼlumotlar almashuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320625" id="-1320625">— laboratoriyalar va/yoki ikkala tomonning organlari xodimlarini almashish, shu jumladan ularni oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320628" id="-1320628">— eksperimental maqsadlarda namunalar, materiallar, asbob-uskunalar va apparatlar almashuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320643" id="-1320643">— qoʻshma tadqiqotlar va faoliyatda teng tarzda ishtirok etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320646" id="-1320646">4. a) Zarur hollarda, muayyan loyihalar boʻyicha hamkorlik sohasi va shartlari tegishli qonunchilik va tartibga solib boruvchi talablarga muvofiq oʻzining vakolatli institutlari orqali faoliyatini amalga oshiradigan Tomonlar tatbiq etilib, amalga oshiriladigan choralarda qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320647" id="-1320647">b) Bunday tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, boshqalari qatorida, moliyalash, boshqaruv masʼuliyatini topshirish hamda maʼlumotlar tarqatish va intellektual mulk huquqlari boʻyicha batafsil shart-sharoitlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320648" id="-1320648">c) Agar Tomonlar boshqa tarzda ahdlashib olmagan boʻlsalar, hamkorlik boʻyicha faoliyatdan kelib chiquvchi barcha xarajatlarni ularni sarflovchi Tomon qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1320649" id="-1320649">d) Ushbu bob boʻyicha hamkorlik yuzasidan faoliyatga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday yadro transfertlari Tomonlar va Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning <a href="/acts/-1320470#-1321171">7(5)-moddada </a>qayd etilgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi xalqaro va koʻp tomonlama majburiyatlari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321134" id="-1321134">IV Bob. Yadro materiallari savdosi va tegishli xizmatlar koʻrsatish</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321135" id="-1321135">7-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321136" id="-1321136">1. Agar joʻnatuvchi Tomon qabul qiluvchi Tomonni joʻnatishdan avval yoki joʻnatish paytida yozma ravishda xabardor qilgan boʻlsa, (Tomonlarning tegishli organlari joriy qilgan Maʼmuriy choralarda belgilangan tartibotlarga muvofiq) qabul qiluvchi Tomonning hududiy yurisdiksiyasiga kirish paytida Tomonlar oʻrtasida bevosita ravishda yoki uchinchi mamlakatlar orqali topshiriladigan yadro materiali ushbu Bitimning mavzui boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321137" id="-1321137">2. Bundan avvalgi bandda qayd etilgan yadro materiali quyidagi holatlargacha ushbu Bitim shartlariga mos keladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321138" id="-1321138">— undan himoyaga taalluqli yadro maqsadlarida foydalanilmayotgan yoki umuman tiklanmaydigan holatga kelgan boʻlsa, quyida keltiriladigan <a href="/acts/-1320470#-1321388">5.e) bandda </a>qayd etiladigan bitimga muvofiq himoyani tugatish uchun shartlarga muvofiq aniqlanmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321146" id="-1321146">— u quyida keltiriladigan <a href="/acts/-1320470#-1321388">5.e) bandga </a>muvofiq qabul qiluvchi Tomonning yurisdiksiyasidan chiqmagan boʻlsa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321149" id="-1321149">— Tomonlar uning ushbu Bitim mavzusi boʻlmasligiga kelishgan boʻlsalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321160" id="-1321160">3. Tomonlar oʻrtasida yadro materiallari va tegishli xizmatlar bilan savdo bozor narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321163" id="-1321163">4. a) Yadro materiallari bilan oʻzaro savdoda Tomonlar tijorat borasida himoya choralarini talab qiluvchi nizoli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishlari zarur. Basharti, bundan qatʼi nazar, ularning yadro materiallari bilan oʻzaro savdosida atom sanoati (shu jumladan uran qazib olish) uchun jiddiy xavf yaratuvchi muammolar yuzaga kelsa, Oʻzbekiston yoki Hamjamiyat, istalgan tomon ad hoc Qoʻmitasi doirasida imkon qadar tezroq muddatlarda maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321166" id="-1321166">b) Agar maslahatlashuvlar jarayonida bu muammolarni hal etish uchun oʻzaro maqbul qaror topilmasa, maslahatlashuv oʻtkazilishini talab qilgan tomon, muammoni hal etish uchun tegishli tijorat himoya choralarini qabul qilishi yoki ularning taʼsirini oʻzining ichki qonunchiligi va xalqaro huquqning tegishli tamoyillariga muvofiq yumshatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321168" id="-1321168">c) yuqorida keltirilgan <a href="/acts/-1320470#-1321163">(a)</a> va <a href="/acts/-1320470#-1321166">(b) kichik bandlari </a>qoidalarini tatbiq etish Evratom Shartnomasi va shu Bitim asosidagi unga qoʻshimcha qonunlarni, shu jumladan Oʻzbekiston qonunchiligini kamsitmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321171" id="-1321171">5. Yadro materiallarini topshirish quyidagi shartlarga boʻysunishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321173" id="-1321173">a) Yadro materialidan tinch maqsadlarda foydalanilishi zarur va undan har qanday yadro portlatish uskunasi uchun yoki uni tadqiq qilish yoxud har qanday shu kabi uskunani ishlab chiqish uchun foydalanmaslik lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321188" id="-1321188">b) Yadro materiali quyidagi holatlar uchun mavzu boʻlishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321192" id="-1321192">i) Oʻzbekistonda — III Modda (1) va 1994-yil 8-oktabrda kuchga kirgan Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnomani bajarishda MAGATE bilan tuzilgan himoya choralari boʻyicha bitim; (INFCIRC/508 sifatida eʼlon qilingan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321195" id="-1321195">INFCIRC/540 (Davlat(lar) va MAGATE oʻrtasidagi Bitimni toʻldiruvchi Model Protokoli himoya choralarini qoʻllash uchun) sifatida eʼlon qilingan hujjat, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida 1998-yil 22-sentabrda tuzilgan toʻldirilgan qoʻshimcha Bayonnoma.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321198" id="-1321198">ii) Hamjamiyatda — Evratom Shartnomasiga muvofiq himoya choralari va himoya choralari boʻyicha quyidagi bitimlarga muvofiq MAGATE kafolatlari, shunga muvofiq, quyidagilarni koʻzda tutuvchi hamda Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma talab qiladigan darajada koʻrib chiqilishi va almashtirilishi mumkin boʻlgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321201" id="-1321201">— 1977-yilning 21-fevralida kuchga kirgan, yadro davlati boʻlmagan, Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/193 sifatida eʼlon qilingan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321205" id="-1321205">— 1981-yil 12-sentabrda kuchga kirgan, Fransiya, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/290 sifatida eʼlon qilingan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321208" id="-1321208">— 1978-yil 14-avgustda kuchga kirgan, Birlashgan Qirollik, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/263 sifatida eʼlon qilingan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321213" id="-1321213">INFCIRC/540 (Davlat(lar) va MAGATE oʻrtasidagi Bitimni toʻldiruvchi Model Protokoli himoya choralarini qoʻllash uchun) sifatida eʼlon qilingan hujjat asosida 1998-yil 22-sentabrda tuzilgan qoʻshimcha Bayonnomalar (belgilangan muddatlarda taqdim etilgan).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321221" id="-1321221">s) yuqoridagi <a href="/acts/-1320470#-1321188">b) bandda </a>qayd etilgan, Oʻzbekiston va Hamjamiyat doirasida istalgan sababga koʻra vaqtincha harakatdan toʻxtatilgan yoki bekor qilingan MAGATE bilan tuzilgan har qanday Bitim qoʻllanganda, tegishli Tomon <a href="/acts/-1320470#-1321192">b.i) </a>yoki <a href="/acts/-1320470#-1321198">b.ii) bandlarda </a>qayd etilgan himoya choralari boʻyicha bitimlarda koʻzda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini nazarda tutuvchi atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik bitimiga kirishi lozim, yoxud bunday holat koʻzda tutilmagan boʻlsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321224" id="-1321224">Hamjamiyat, unga aloqadar tarzda, <a href="/acts/-1320470#-1321192">b.i) bandda </a>qayd etilgan himoya choralari boʻyicha bitimlarda nazarda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini koʻzda tutuvchi Evratom himoya choralari tizimiga asoslangan himoya choralari tizimini qoʻllashi zarur, yoxud bunday holat koʻzda tutilmagan boʻlsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321225" id="-1321225">Tomonlar, <a href="/acts/-1320470#-1321192">b.i)</a> yoki <a href="/acts/-1320470#-1321198">b.ii) bandlarda </a>himoya choralari boʻyicha bitimlarda nazarda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini koʻzda tutuvchi himoya choralarini qoʻllash uchun mexanizmlarni tadbiq etishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321387" id="-1321387">d) Jismoniy himoya choralarining MAGATEning INFCIRC/254/Rev.5/Part1 (yadro materiallarini topshirish uchun Qoʻllanma) hujjatiga nisbatan eng kamida Ilova S (Annex S)da bayon qilingan mezonlarga javob beruvchi darajada qoʻllanishi koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan radioaktiv materiallarni xavfsiz ravishda tashish uchun MAGATE qoidalari asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin; hamda ushbu hujjatga qoʻshimcha ravishda Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar, Yevropa Komissiyasi, muvofiq ravishda Oʻzbekiston ham jismoniy himoya choralarini qoʻllash jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan INFCIRC/225/REV/4 (yadro materialining hamda yadro uskunasining jismoniy himoyasi) hujjatidagi tavsiyalarga asoslanishi mumkin. Xalqaro yuk tashish Tomonlar va Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar tomonidan qayta koʻrib chiqilishi hamda qabul qilinishi mumkin boʻlgan Yadro materialini jismoniy himoyalash boʻyicha Xalqaro Konvensiya (MAGATE INFCIRC/274/Rev.l) qoidalaridan, radioaktiv materiallarni xavfsiz ravishda tashish uchun MAGATE qoidalari (TS-R-1/-ST-1, MAGATE xavfsizlik standartlari seriyasi koʻrib chiqilgan)dan kelib chiqishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321388" id="-1321388">e) Ushbu moddada shartlangan har qanday obyektlarni Tomonlarning yurisdiksiyasi doirasidan tashqariga ikki marta oʻtkazish faqat qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan MAGATE INFCIRC/254/Rev.5/Part1 hujjatida bayon qilingan yadro materiallarini topshirish uchun Qoʻllanma shartlari asosida amalga oshirishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321389" id="-1321389">6. a) Tomonlar, ishlab chiqaruvchilar, atom sanoatining yonilgʻi sikli, kommunal xoʻjalik va isteʼmolchilar korxonalarining oʻzaro manfaatlari borasida oʻzlarining tegishli hududlarida tomonlar oʻrtasidagi yoki vakolatli shaxslar yoxud idoralar oʻrtasidagi oʻrnatilgan yadro materiallari savdosiga koʻmaklashishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321392" id="-1321392">b) Ruxsatnomalardan, shu jumladan eksport va import litsenziyalari, shuningdek uchinchi tomonlarga savdo, sanoat operatsiyalari va tomonlarning hududida yadro materiallarini topshirishga taalluqli ruxsatnomalardan savdoni cheklash yoki xalqaro miqyosda ham, mamlakat ichkarisida ham atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish borasida istalgan tomonning savdo manfaatlariga toʻsiq sifatida foydalanilmasligi zarur. Tegishli idora bunday ruxsatnomalarni olish uchun ariza asosida harakat qilishi va arizalarni topshirilgan kunidan boshlab imkon qadar tez muddatlarda hamda asossiz kechiktirishlarsiz koʻrib chiqishi lozim. Bu qoidaga rioya qilinishini taʼminlash uchun tegishli qoidalar belgilanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321395" id="-1321395">c) Ushbu Bitim qoidalari Hamjamiyat hududi doirasida yadro materialining erkin ravishda harakatlanishiga toʻsqinlik sifatida talqin qilinmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321398" id="-1321398">7. Mazkur Bitimning har qanday sababga koʻra vaqtincha harakatdan toʻxtatilishi yoki uning joriy muddati toʻxtatilishiga qaramay, <a href="/acts/-1320470#-1321171">5-bandini </a>qoʻllash ana shu qoidalarda shartlangan har qanday yadro materiallari kabi shu qadar uzoq davom etishi zarur, u istalgan tomonning yurisdiksiyasi ostida boʻladi yoki yuqorida qayd etilganidek, <a href="/acts/-1320470#-1321137">2-bandga </a>muvofiq qaror qabul qilingunga qadar, ammo Bitim harakatdan toʻxtatilgan yoki joriy muddati toʻxtagandan soʻng 10 yildan oshmagan muddatda kuchga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321418" id="-1321418">V Bob. Oʻzaro manfaatdorlikning boshqa sohalari</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321422" id="-1321422">8-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321425" id="-1321425">1. Tomonlar oʻzlarining tegishli vakolatlari doirasida atom energiyasi sohasidagi boshqa faoliyat turlari boʻyicha hamkorlik qilish borasida kelishishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321429" id="-1321429">2. Hamjamiyat tomonidan faoliyat tegishli harakat dasturlarini qamrab olishi va uning uchun belgilangan shartlarga, masalan, yadro materialini xavfsiz ravishda transportirovka qilish, himoya choralari yoki atom inshootlari xavfsizligining ayrim jihatlariga koʻmaklashish uchun sanoat hamkorligi kabi sohalar shartlariga muvofiq kelishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321431" id="-1321431">3. 6-modda <a href="/acts/-1320470#-1320646">4-band </a>qoidalari teng tarzda qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321436" id="-1321436">VI Bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321439" id="-1321439">9-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321441" id="-1321441">Ushbu Bitim boʻyicha hamkorlik Oʻzbekiston va Hamjamiyatda amalda boʻlgan qonunlar va qoidalarga, shuningdek tomonlar oʻrtasida tuzilgan xalqaro bitimlarga ham muvofiq kelishi lozim. Hamjamiyat borasida esa qoʻllash huquqi Evratom Shartnomasi hamda unga muvofiq ikkinchi darajali qonunchilikni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321443" id="-1321443">10-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321451" id="-1321451">Ushbu Bitim boʻyicha faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan, maʼlumotlardan foydalanish va ularni tarqatish hamda intellektual mulk huquqlari, patentlar va mualliflik huquqlari mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblangan <a href="/acts/-1320470#-1321786">Ilovalarga </a>muvofiq boʻlishi zarur.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321462" id="-1321462">11-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321464" id="-1321464">1. Agar Tomonlar alohida mexanizmli maslahatlashuvlar oʻtkazishni nazarda tutmagan boʻlsa, ular ushbu Bitim boʻyicha hamkorlik monitoringi uchun ShHB doirasida muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321466" id="-1321466">2. Mazkur Bitimni qoʻllash yoki talqin qilish borasida yuzaga keladigan har qanday nizolar ShHBning 90-moddasiga muvofiq ravishda koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321750" id="-1321750">12-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321752" id="-1321752">1. Bitim Tomonlar diplomatik notalar almashish vositasida u kuchga kiradigan sanani belgilagan kundan boshlab kuchga kirishi hamda dastlabki 5 yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qolishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321753" id="-1321753">2. Natijada, agar istalgan tomon ushbu Bitimning joriy muddati tugashidan kamida 6 oy avval boshqa tomonga yozma ravishda Bitimni harakatdan toʻxtatish yoki yangi muzokaralar oʻtkazishni taklif qilmasa, Bitim oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatga uzaytirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321757" id="-1321757">3. Agar istalgan Tomon yoki Hamjamiyatga aʼzo istalgan mamlakat ushbu Bitimning ahamiyatga ega boʻlgan istalgan qoidasini buzsa, boshqa Tomon yozma xabarnoma yuborib, mazkur Bitim boʻyicha hamkorlikni butunlay yoki qisman toʻxtatishi xususida oʻz maqsadini maʼlum qilishi mumkin. Istalgan boshqa Tomon ana shu maqsadda harakat qilgunga qadar, Tomonlar tuzatishlar kirituvchi choralar qabul qilish hamda bunday choralar qabul qilinishi lozim boʻlgan vaqtincha muddatlar yuzasidan kelishuvga erishish uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar faqat kelishilgan choralarni muayyan vaqt doirasida amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda yoki avvalgi bandda koʻzda tutilgan, qoidabuzarlikning tabiati va jiddiyligini eʼtiborga olgan holda, maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng kelishuvga erishilmagan holda amalga oshirilishi zarur.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321760" id="-1321760">13-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321762" id="-1321762">Ushbu Bitim maqsadlarida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321765" id="-1321765">a) “yadro materiali” iborasi MAGATE Nizomining XX moddasida belgilab berilgan atama boʻlib, u parchalanish manbai hisoblangan istalgan material yoki boʻlinib ketishga moyil maxsus materialni anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321768" id="-1321768">b) “Hamjamiyat” quyidagilarni bildiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321774" id="-1321774">i) Yuridik shaxs — atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyatini taʼsis etuvchi Shartnomaga koʻra tashkil etilgan ushbu Bitimning Tomoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321775" id="-1321775">ii) hududlar, yuqorida qayd etilgan Shartnoma qoʻllanadigan hududlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321776" id="-1321776">c) “Tomonlarning tegishli organlari” quyidagilarni anglatadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321777" id="-1321777">i) Oʻzbekiston uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor Tomon istalgan vaqtda boshqa Tomonni xabardor qilishi mumkin boʻlgan boshqa shunday organ;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321778" id="-1321778">ii) Hamjamiyat uchun — Yevropa Ittifoqi Komissiyasi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1321779" id="-1321779">14-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321780" id="-1321780">Mazkur Bitim oʻzbek, daniya, golland, ingliz, fin, fransuz, nemis, grek, italyan, portugal, ispan va shved tillarida ikki nusxada tuzilishi zarur, matnlarning barchasi bir xil kuchga egadir.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-1321782" id="-1321782">(imzolar)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321786" id="-1321786"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1321787" id="-1321787">1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1321790" id="-1321790">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Evratom oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqotlardan kelib chiquvchi intellektual mulk huquqlarini taqsimlashning </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1321793" id="-1321793">asosiy tamoyillari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321795" id="-1321795"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321815" id="-1321815">I. Mulkni taqsimlash va huquqlarni amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321816" id="-1321816">1) Ushbu Bitimga muvofiq oʻtkaziladigan barcha tadqiqotlar “qoʻshma tadqiqotlar” boʻlishi zarur. Ishtirokchilar qoʻshma tadqiqotlar jarayonida maʼlumotlar va intellektual mulk (IM)ka egalik qilish va foydalanish, shu jumladan ularni eʼlon qilishga taalluqli texnologiyalar boshqaruvi rejasi (TMR)ni hamkorlikda rivojlantirishlari lozim. Bunday rejalar tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun jalb qilingan Tomonning rivojlanishdagi tadqiqotlar va hamkorlik boʻyicha maxsus kontraktlarga biriktirilgan masʼul moliya agentliklari yoki boʻlimi tomonidan maʼqullanishi zarur. TMR qoʻshma hamkorlik maqsadlarini, qatnashchilarning qiyosiy ulushi, hududlarni litsenziyalash yoki foydalanish sohalari uchun imtiyozlar va kamchiliklar, qoʻllanadigan huquq bilan oʻrnatilgan talablar hamda qatnashchilar deb hisoblovchi boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321817" id="-1321817">2) Qoʻshma hamkorlik jarayonida yuzaga kelgan va TMRda qayd etilmagan maʼlumotlar va IM texnologiyalarni boshqarish rejasida bayon qilingan tamoyillarga muvofiq Tomonlarning maʼqulloviga binoan taqsimlanishi zarur. Murosaga erishilmagan hollarda, bunday maʼlumot yoki IM qoʻshma tadqiqotlarga jalb etilgan barcha qatnashchilarning egaligida boʻlishi lozim. Ushbu qoida aloqador boʻlgan har bir qatnashchi geografik cheklovlarsiz shunday maʼlumot yoki IMdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321818" id="-1321818">3) Har bir Tomon, boshqa Tomon va uning qatnashchilari shunday tamoyillarga muvofiq u taqsimlagan huquqlarga ega boʻlishini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321819" id="-1321819">4) Ushbu Bitimda qayd etilgan sohalardagi raqobat shartlarini quvvatlagan holda, har bir Tomon mazkur Bitimga binoan qoʻlga kiritilgan huquqlarning, xususan quyidagi holatlarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan amalga oshirilishiga xizmat qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321820" id="-1321820">i) ushbu Bitimga muvofiq yuzaga kelgan, oshkor etilgan yoki boshqa tarzda maʼlum qilingan maʼlumotlarni tarqatish va foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321824" id="-1321824">ii) xalqaro standartlarni qabul qilish va qoʻllash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321827" id="-1321827">II. Mualliflik huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321830" id="-1321830">Mazkur Bitimga muvofiq Tomonlar yoki ularning qatnashchilariga tegishli huquqlarga nisbatan badiiy va adabiy asarlarni muhofazalash toʻgʻrisida Bern konvensiyasi (1971-y. Parij Akti)ga muvofiq boʻlgan rejim qoʻllanishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321833" id="-1321833">III. Ilmiy-adabiy ishlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321835" id="-1321835"><a href="/acts/-1320470#-1321841">4-boʻlim </a>qoidalarini kamsitmagan holda, agar TMRda oʻzga holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Tomonlar yoki shu qoʻshma hamkorlikning qatnashchilari tadqiqot natijalarini birgalikda eʼlon qiladilar. Bundan avvalgi asosiy qoidaga muvofiq quyidagi tartibotlar qoʻllanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321837" id="-1321837">1) Tomon yoki shu Tomonning davlat organi ushbu Bitimga muvofiq tadqiqotlardan kelib chiquvchi ilmiy va texnikaviy jurnallar, maqolalar, hisobotlar, kitoblarni, shu jumladan ularni video va dastur taʼminoti shaklida eʼlon qilgan holda, boshqa Tomon bunday ishlarning tarjimasi uchun jahon, noeksklyuziv, qaytarilmaydigan, bepul litsenziyasiga, qayta ishlash, moslashtirish, topshirish va jamoatchilikka tarqatish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321839" id="-1321839">2) Tomonlar bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqot asosida yaratilgan va mustaqil noshirlar tomonidan eʼlon qilingan, ilmiy xarakterga ega adabiy ishlar imkon qadar keng doirada tarqatilishini taʼminlashlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321840" id="-1321840">3) Ushbu qoidalarga muvofiq tarqatiladigan va tayyorlanadigan mualliflik ishlarining barcha nusxalari ish muallif(lar)ining ism-sharifini koʻrsatishi lozim, ammo muallif yoki mualliflar oʻz ism-shariflarini ochiq tarzda qayd etilishini rad etgan hollar bundan mustasno. Shuningdek, ular Tomonlarning birgalikda qoʻllab-quvvatlashini aniq his etishlari lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321841" id="-1321841">IV. Oshkor etilmaydigan maʼlumotlar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321842" id="-1321842">A. Sir saqlanadigan hujjatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321844" id="-1321844">1) Har bir Tomon yoki uning qatnashchilari, tegishli ravishda shu Tomon ushbu Bitimga nisbatan sir saqlashni xohlagan maʼlumotlarni imkon qadar boshlangʻich davrda va TMRda, boshqalari qatorida quyidagi mezonlarni eʼtiborga olgan holda aniqlashi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321845" id="-1321845">— Maʼlumot, butunlay yoki konkret konfiguratsiya yoki uning komponentlari maʼnosidagi maxfiy maʼlumot bilim hisoblanmaydi yoki shu sohadagi ekspertlar uchun ruxsat etilgan huquqiy vosita hisoblanmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321847" id="-1321847">— Maʼlumot uning maxfiyligi tufayli aniq yoki boʻlgʻusi tijorat qiymatiga egaligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321848" id="-1321848">— Maʼlumotning maxfiyliligini masʼul shaxs quvvatlagan holat uning oqilona choralar vositasida avvalgi tarzda saqlanganligi maʼnosida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321849" id="-1321849">Tomonlar va qatnashchilar maʼlum hollarda, agar oʻzga holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqotlarning tegishli tartibida berilgan, almashilgan yoki yuzaga kelgan maʼlumotlarning bir qismi yoki hammasi oshkor etilmasligi zarurligiga kelishishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321851" id="-1321851">2) Har bir Tomon ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmaydigan maʼlumotlar va uning imtiyozli maqomi boshqa Tomon taniydigan tarzda, masalan, tegishli markirovka yoki cheklangan afsona yoʻli bilan taniladigan boʻlishini taʼminlashi lozim. Bu holat, shuningdek, qayd etilgan maʼlumotlarning har qanday tarzda aks ettirilishiga qisman yoki butunlay tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321853" id="-1321853">Ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmagan maʼlumotlarni oluvchi Tomon uning imtiyozli maqomiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi zarur. Bunday maʼlumotlar ularning egalari tomonidan shu soha ekspertlariga cheklashsiz tarzda oshkor etiladigan taqdirda qayd etilgan cheklovlar avtomatik ravishda toʻxtatilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321854" id="-1321854">3) Oluvchi Tomon mazkur Bitimga muvofiq oshkor etilmagan maʼlumotlarni mamlakatda boʻlgan yoki oluvchi Tomon yollagan shaxslarga hamda tartibga muvofiq qoʻshma tadqiqotning maxsus maqsadlarida oluvchi Tomonning vakolatli manfaatdor departamentlariga yoki boʻlimlariga tarqatishi mumkin, buning uchun shunday tarzda tarqatiladigan har qanday maxfiy maʼlumot maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshirilishi va yuqorida qayd etilganidek osongina taniladigan boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321855" id="-1321855">4) Ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmaydigan maʼlumotlarni taqdim etuvchi Tomonning avvaldan bildirilgan yozma ravishdagi roziligiga binoan, oluvchi Tomon oshkor etilmaydigan shunday maʼlumotni yuqoridagi <a href="/acts/-1320470#-1321854">3-bandda </a>qayd etilgandan koʻra kengroq ravishda tarqatishi mumkin. Tomonlar bunday tarzda keng koʻlamda tarqatish uchun soʻrovnoma va dastlabki yozma rozilik olish uchun tartibotlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishlari lozim hamda har bir Tomon oʻzining ichki siyosati, qoidalari va qonunda ruxsat etilgan doirada tegishli tarzda oʻz roziligini bildirishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321857" id="-1321857">V. Oshkor etilmaydigan boshqa maʼlumotlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321860" id="-1321860">Mazkur Bitimga muvofiq oʻtkaziladigan seminarlar va boshqa uchrashuvlarda taqdim etiladigan oʻzga maʼlumotlar yoki boshqa maxfiy yoki imtiyozli maʼlumotlar yoxud xodimlar, mexanizmlardan foydalanish yoki qoʻshma loyihalardan kelib chiquvchi maʼlumotlarni Tomonlar yoki ularning qatnashchilari Bitimdagi hujjatli maʼlumotlar uchun qayd etilgan tamoyillarga muvofiq koʻrib chiqishlari zarur, ammo buning uchun bunday maxfiy yoki oshkor etilmaydigan yoxud imtiyozli maʼlumotlarni oluvchi bunday aloqa amalga oshirilgan vaqtda maʼlumotning maxfiy xarakterga ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1321864" id="-1321864">S. Nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321866" id="-1321866">Har bir Tomon ushbu Bitimga muvofiq u olgan maxfiy maʼlumot shu yerda qayd etilgan tarzda nazorat qilinishini taʼminlashi lozim. Agar Tomonlardan biriga uning yuqoridagi <a href="/acts/-1320470#-1321842">A</a> va <a href="/acts/-1320470#-1321857">V bandlardagi </a>Tarqatmaslik toʻgʻrisidagi qoidalarni bajara olmasligi yoki oqilona tarzda kutishi hamda oʻsha qoidalarni bajarishga qodir emasligi maʼlum boʻlsa, u darhol boshqa Tomonni bundan xabardor qilishi zarur. Keyinchalik Tomonlar qabul qilish uchun tegishli choralarni belgilash uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321870" id="-1321870"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1321872" id="-1321872">2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1321873" id="-1321873">Taʼriflar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321874" id="-1321874"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321875" id="-1321875">1. Intellektual mulk: 1997-yil 14-iyulda Stokgolmda imzolanib, Jahon Intellektual Mulk Tashkilotini taʼsis etgan Konvensiyaning 2-moddasida bayon qilingan maʼnoga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321876" id="-1321876">2. Qatnashchi: ushbu bitimga muvofiq loyihada ishtirok etuvchi istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan Tomonlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321877" id="-1321877">3. Qoʻshma hamkorlik: Tomonlarning birgalikdagi hissalari vositasida va har ikki Tomonning qatnashchilari hamkorligida mutanosib ravishda moliyaviy taʼminlanadigan tadqiqot.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321878" id="-1321878">4. Maʼlumotlar: ilmiy yoki texnikaviy maʼlumotlar, qoʻshma tadqiqotlardan kelib chiquvchi natijalar yoki tadqiqot va ishlanmalar usullari hamda qoʻshma tadqiqotda ishtirok etuvchi Tomonlar va/yoki qatnashchilar ushbu Bitimga yoki tadqiqotga muvofiq taqdim etish yoki almashish zarur deb hisoblagan har qanday boshqa maʼlumotlar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321879" id="-1321879"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1321882" id="-1321882">3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1321908" id="-1321908">Texnologiyalarni boshqarish rejasi (TMR)ning indikativ sifati</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1321909" id="-1321909"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1321910" id="-1321910">TMR — bu qatnashchilar oʻrtasida qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda qatnashchilarning tegishli huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida tuziladigan maxsus bitim. IM, TMR borasida, odatda, boshqalari qatorida, tadqiqotlar va ishlanmalar maqsadida mulkni qoʻriqlash, foydalanuvchilarning huquqlari, foydalanish va tarqatish, shu jumladan birgalikda maqolalar eʼlon qilish, keluvchi tadqiqotchilarning huquq va majburiyatlari hamda nizolarni hal etish tartibotlari qayd etiladi. Shuningdek, TMR ham kelgusidagi, ham tarixga oid, litsenziyalash va taʼminotga taalluqli maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1333550" id="-1333550">(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
