|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.03.2009
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
SEMENTGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevral, 20-son, 2009-9-sonli “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1908, 24.02.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral,
13-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral,
2008-10-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13, 2008-10-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 534-modda) muvofiq sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
realizatsiya qilish bahosi — sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda sementni realizatsiya qilishda amalga oshiriladigan kontrakt baho;
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning baholar darajasi;
qoʻshimcha foyda — hisob-kitob bahosi bilan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq.
II. Soliq toʻlovchilar
2. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sement ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
III. Soliq solish obyekti
3. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi daromadining bir qismi qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
4. Qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
5. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qoʻshimcha foyda soligʻi summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar summasiga kamaytirildi.
6. Qoʻshimcha foyda summasi qoʻshimcha foyda summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar chegirilgan xolda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytiradi.
V. Soliq stavkasi
7. Qoʻshimcha foyda soligʻi quyidagi stavkalar boʻyicha toʻlanadi:
| Sementning markasi va turi* | Soliq solinadigan baza | Soliq stavkasi |
| shlakoportlandli-sement, sulfatga chidamli, tamponajli, PS400 DO | 1 tonnasi uchun 75 000 soʻmdan ortiq | 75 foiz |
| qolgan markalar | 1 tonnasi uchun 60 000 soʻmdan ortiq |
* Oq sement bundan mustasno.
VI. Soliq davri. Hisobot davri
8. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
VIII. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debeti;
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qoʻshimcha foyda soligʻini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
16. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrida koʻrsatiladi.
IX. Soliq toʻlovchining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
18. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | |
| Yuridik shaxs shtampi | |||||||||||||
______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | |||||||||||||
| Soliq toʻlovchi ______________________________________________________ | |||||||||||||
| | | |
(korxona, tashkilotning nomi) | ||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | ||
Telefon ________________ Toʻlovchi manzili ____________________________________________________ Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son | |||||||||||||
| | | |
(bank muassasasi nomi, kodi) | ||||||||||
|
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻi | |||||
| Koʻrsatkichlar | Satr kodi | Oʻlchov birligi | Summasi | ||
| Hammasi | shlakoportlandli — sement, sulfatga chidamli, tamponajli, | Qolgan markalar | |||
| Realizatsiya qilingan sement hajmi | 010 | tonna | | | |
| Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi | 020 | ming soʻm | | | |
| Realizatsiya qilingan sementning 1 tonnasi uchun oʻrtacha baho (020-satr / 010-satr) x 1000 | 030 | soʻm | | | |
| 1 tonna sementning hisob-kitob bahosi | 040 | soʻm | x | 75 000 | 60 000 |
| Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (030-satr – 040-satr) x 010-satr) /1000 | 050 | ming soʻm | | | |
| Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami stavkada ___foiz: (050-satr x ___%) | 060 | ming soʻm | | | |
| Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr) | 070 | ming soʻm | | | |
| Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi | 080 | % | x | | |
| Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr) | 090 | ming soʻm | | | |
| Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi | 100 | ming soʻm | | | |
| Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)* | 110 | ming soʻm | | | |
Rahbar |
|
| |||
| | |
(imzosi) |
(F.I.O.) | ||
Bosh buxgalter |
|
| |||
| | |
(imzosi) |
(F.I.O.) | ||
| 200__ yil “___”_____________ |
M.Oʻ. |
| | ||
* Korxona ixtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda)