

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1317847" id="onLBC-1317847">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7548"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC7562"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC7576"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1317847" id="onLS-1317847">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3809"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;</span></div><div id="LS3810"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik;</span></div><div id="LS3811"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1317988" id="-1317988">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1317989" id="-1317989">OʻLIM JAZOSI BEKOR QILINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-1317991" id="-1317991">Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 15-iyunda qabul qilingan <br />Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1317992" id="-1317992"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1317993" id="onLBC-1317993">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7548"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1317993" id="onLS-1317993">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317993" id="-1317993"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/acts/-111453">kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317994" id="-1317994">1) 15-moddaning <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-179896">beshinchi qismidagi</a> “yoki oʻlim” degan soʻzlar “yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317995" id="-1317995">2) 43-modda birinchi qismining <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-184549">“z” bandidagi</a> “oʻlim jazosi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317996" id="-1317996">3) <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-184607">50-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317997" id="-1317997"><a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-184616">ikkinchi qismi</a> “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317998" id="-1317998">quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1317999" id="-1317999">“Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318000" id="-1318000">Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318001" id="-1318001"><a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-184617">uchinchi—toʻqqizinchi qismlari</a> tegishincha beshinchi—oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318002" id="-1318002">yettinchi qismi <a href="/acts/-111453?ONDATE=24.02.2004 00#-1230066">“g” bandidagi</a> “Afv etilib, oʻlim jazosi” degan soʻzlar “Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318003" id="-1318003">4) <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-184639">51-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318005" id="-1318005">“51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318007" id="-1318007">Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318008" id="-1318008">Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318009" id="-1318009">Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318011" id="-1318011">5) <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195012">58-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318012" id="-1318012">quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318014" id="-1318014">“Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318015" id="-1318015"><a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195014">ikkinchi qismi </a>uchinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318017" id="-1318017">6) <a href="/acts/-111453?ONDATE=29.09.2004 00#-286615">59-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318018" id="-1318018">quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318020" id="-1318020">“Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318022" id="-1318022">Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318025" id="-1318025"><a href="/acts/-111453?ONDATE=29.09.2004 00#-286637">toʻrtinchi</a>, <a href="/acts/-111453?ONDATE=29.09.2004 00#-286641">beshinchi </a>va <a href="/acts/-111453?ONDATE=29.09.2004 00#-286646">oltinchi </a>qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318027" id="-1318027">7) <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195020">60-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318028" id="-1318028">quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318030" id="-1318030">“Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318032" id="-1318032">Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318033" id="-1318033"><a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195023">uchinchi </a>va <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195023">toʻrtinchi </a>qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318034" id="-1318034">8) 64-moddaning <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195048">oltinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318043" id="-1318043">“Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318044" id="-1318044">9) 69-moddaning <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195163">beshinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318045" id="-1318045">“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318047" id="-1318047">10) 73-modda <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195504">toʻrtinchi qismining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318048" id="-1318048"><a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195514">“a” bandi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318049" id="-1318049">“a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318050" id="-1318050"><a href="/acts/-111453?ONDATE=26.09.2007 00#-1255602">“g” bandidagi</a> “giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” va “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318051" id="-1318051">11) <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195680">76-modda</a> quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318052" id="-1318052">“Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318054" id="-1318054">Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318056" id="-1318056">12) 97-modda ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-233857">sanksiyasidagi </a>“yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi” degan soʻzlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318057" id="-1318057">13) 155-modda uchinchi qismining <a href="/acts/-111453?ONDATE=18.10.2001 00#-1321107">sanksiyasidagi </a>“yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi” degan soʻzlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1318059" id="onLBC-1318059">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7562"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1318059" id="onLS-1318059">[<b>TSZ:</b><div id="LS3810"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318059" id="-1318059"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual <a href="/acts/-111460">kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318060" id="-1318060">1) 51-modda birinchi qismining <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253606">4-bandidagi</a> “oʻlim jazosi tayinlanishi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318061" id="-1318061">2) 473-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=27.02.2001 00#-260453">toʻrtinchi qismidagi</a> “oʻlim jazosiga” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1318062" id="onLBC-1318062">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7576"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1318062" id="onLS-1318062">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;</span></div><div id="LS3811"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318062" id="-1318062"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya <a href="/acts/-163629">kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318063" id="-1318063">1) 12-moddaning <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-169484">uchinchi qismi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318065" id="-1318065">2) 14-moddaning <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-169500">ikkinchi qismidagi</a> “oʻlim jazosi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318066" id="-1318066">3) <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-1322765">49-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318067" id="-1318067">“Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318069" id="-1318069">Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318071" id="-1318071">4) 58-modda ikkinchi qismining <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-169890">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318072" id="-1318072">“umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318074" id="-1318074">5) 82-modda uchinchi qismining <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-170196">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318075" id="-1318075">“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318076" id="-1318076">6) 113-modda uchinchi qismining <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-170473">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318077" id="-1318077">“uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318078" id="-1318078">7) 120-modda birinchi qismining <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-170626">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318079" id="-1318079">“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318080" id="-1318080">8) <a href="/acts/-163629?ONDATE=01.10.1997 00#-1323725">V boʻlim</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-1318081" id="-1318081">“<strong>V Boʻlim. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1318082" id="-1318082"><strong>24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari</strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318083" id="-1318083">136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318084" id="-1318084">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318085" id="-1318085">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318086" id="-1318086">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318087" id="-1318087">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318088" id="-1318088">Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318089" id="-1318089">Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318094" id="-1318094">137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318095" id="-1318095">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318097" id="-1318097">Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318099" id="-1318099">Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318101" id="-1318101">Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318103" id="-1318103">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318105" id="-1318105">138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318106" id="-1318106">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318108" id="-1318108">139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318109" id="-1318109">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318110" id="-1318110">Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318111" id="-1318111">yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318112" id="-1318112">odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1318113" id="-1318113">140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318115" id="-1318115">Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318117" id="-1318117">Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318118" id="-1318118">Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1318121" id="-1318121"><strong>4-modda.</strong> Ushbu Qonun 2008-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1318123" id="-1318123">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1318124" id="-1318124">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1318126" id="-1318126">2007-yil 11-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1318127" id="-1318127">OʻRQ-99-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1317990" id="-1317990">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
