O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
QARORI
MOLIYA BOZORLARIDA REYTING AGENTLIKLARI FAOLIYATIGA BO‘LGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-fevralda 1766-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 39-son, 387-modda, 51-52sonlar, 507-modda) bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 2.6-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qaror qiladi:
1. Moliya bozorlarida reyting agentliklari faoliyatiga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
104-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
297-V-son
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
2007-13-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2007-yil 17-dekabrdagi 104, 297-V, 2007-13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475 son “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52 son, 507-modda) moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi iboralardan foydalaniladi:
reyting baholash — reyting hisoboti ko‘rinishidagi reyting agentligining standart belgi (raqamli va harfli) shakliga muvofiq, tegishli izohlarda ifodalangan fikri;
reyting faoliyati — moliya bozorida reyting baholashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan reyting agentligining tadbirkorlik faoliyati;
reyting agentligi — reyting faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs (tijorat tashkiloti);
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda, reyting agentligi bilan reyting bahosini olish bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Reyting baholashning maqsadi bo‘lib, kredit va boshqa tavakkalchiliklar shuningdek, mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatiga nisbatan mustaqil fikrni ifoda qilish hisoblanadi.
3. Reyting baholashning obyekti bo‘lib, mijozning kredit to‘lash qobiliyati, to‘lovlilik qobiliyati, moliyaviy barqarorlik, korporativ boshqaruvi, qimmatli qog‘ozlar likvidliligi va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Reyting agentliklarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
II. Moliya bozorida reyting agentliklariga va reyting faoliyatiga qo‘yiladigan talablar
5. Reyting agentliklari istalgan turdagi tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishlari mumkin.
6. Reyting agentliklari nomida “reyting agentligi” degan so‘zlar bo‘lishi shart va ta’sis hujjatlarida reyting faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida ko‘rsatishlari kerak.
7. Reyting agentliklari reyting baholashni amalga oshirishda:
moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlarga, jumladan rentabellik, to‘lovga layoqatlilik, moliyaviy barqarorlik, likvidlik, aktivlar sifati, pul tushumi oqimlari va boshqalarga asoslanadi;
mijozning korporativ boshqaruvini tahlil qiladi;
ushbu Nizom va o‘zi tomonidan tasdiqlanadigan reyting baholash qo‘llanma talablariga rioya qiladi;
besh ish kuni davomida ommaviy axborot vositalari va qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilari saytlarida berilgan reyting baholash natijalarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha o‘zgartirishlarni e’lon qiladi;
e’lonlarda reyting bahosida qaysidir qimmatli qog‘ozni sotib olish, ushlab turish yoki sotish bo‘yicha tavsiyalar yo‘qligini ko‘rsatib o‘tadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan olingan ma’lumotlarni maxfiyligini ta’minlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
o‘z faoliyatida vijdonan raqobatsizlikka yo‘l qo‘ymaydi, jumladan boshqa reyting agentliklariga nisbatan mijozga balandroq reyting berishni kafillash yo‘li bilan;
kamida 3 yil davomida quyidagi hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi:
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalarini;
berilgan reyting baholarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha o‘zgartirishlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlarni.
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Reyting agentligining, reyting o‘tkazish va monitoring olib borish uchun jalb etilgan xodimlari moliya, buxgalteriya va iqtisod sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari, shuningdek ko‘rsatilgan sohalarning biri bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishlari shart. Buning uchun reyting agentligi mustaqil, obyektiv va ishonchli fikr yuritadigan, yuqori malakali tahlilchilarni ta’lim olishiga va tayyorlashga yo‘naltirilgan siyosat va tadbirlarini ishlab chiqadi.
9. Reyting agentligi reyting tahlilchilar jamoasini va jarayonlarning uzluksizligini va barqarorligini hamda o‘zining tahlilchilarini ta’lim olishini ta’minlaydigan reyting jarayonlarini tashkillashtirishi kerak. Reyting agentligi har kalendar yilning oxirida o‘zining Internet tarmog‘idagi saytida uning tahlilchilari tomonidan o‘tkazilgan ta’lim dasturlari va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qilishi kerak.
10. Reyting agentliklari yuridik shaxslarga reyting baho bera olmaydilar, agarda:
ular mijozning ta’sischisi (aksioneri) bo‘lsa;
mijoz ushbu reyting agentligining ustav jamg‘armasida ulushga ega bo‘lsa;
reyting agentligining xodimi, mijozning boshqaruv organi tarkibiga kirsa.
11. Agarda reyting agentligining rahbari yoki xodimlari bir vaqtning o‘zida o‘zining uyushgan yoki shu’ba korxonalarining boshqaruv organida qatnashsa, ushbu korxona yoki uning qimmatli qog‘ozlariga reyting bera olmaydilar.
12. Reyting agentligining xodimi mijozning reytingini aniqlashda qatnashishiga yoki qandaydir ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi, agarda ushbu xodim:
bevosita yoki affillangan shaxslar orqali mijoz tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilganda;
o‘tgan olti oy davomida mijozning xodimi bo‘lganda;
mijozning affillangan shaxsi bo‘lganda;
mijoz oldida mulkiy o‘zlashtirmalari bo‘lganda.
13. Reyting agentligi boshqaruvi, o‘zining vazifalarini bajarishda o‘z ishtirokchilari (ta’sischilari) ta’siridan yoki aralashuvidan mustaqil bo‘lishi kerak.
14. Reyting agentligi ishlab chiqilgan siyosatining bajarilishini, o‘zining mustaqilligini va har qanday manfaatlar to‘qnashuvi ta’sirini minimizatsiyalashuvini ta’minlash uchun nazorat va tadbirlarini belgilaydi va ta’minlaydi. Uning faoliyati mustaqilligini, ishonchliligini va xolisligini ta’minlash masalalari belgilangan siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
15. Reyting agentligining mijoz bilan o‘zaro aloqalari reyting baholash to‘g‘risidagi shartnoma bilan tartibga solinib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Mijoz tomonidan to‘g‘ri, aniq va vaqtida beriladigan ma’lumotni taqdim etilishini o‘z ichiga olgan holda, mijozni obyektiv reyting bahosini amalga oshirish maqsadida mijozning reyting agentligi bilan hamkorlikka roziligi;
ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida, reyting agentligi qimmatli qog‘ozlar va ularning emitenti ustidan davriy monitoringni o‘tkazishga mijozning roziligi;
oxirgi uch yilda boshqa reyting agentliklari tomonidan mijozning reyting bahosi berilgan barcha qimmatli qog‘ozlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish majburiyati;
reyting xizmati haqi;
reyting o‘tkazish shartlariga muvofiq har bir tomonning huquq va majburiyatlari belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa shartlar.
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
III. Reyting baholash uslubiyati
16. Har bir reyting agentligi, reyting berilayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa tegishliligi, ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar turi va toifalarini (xil) aniqlagan holda reyting tadbirlarini belgilashi, hamda o‘zining reyting berish uslubiyatlarini ishlab chiqishi kerak.
17. Reyting uslubiyati tatbiq etilayotgan har bir qimmatli qog‘oz turi yoki iqtisodiyot tarmog‘i uchun ishlab chiqilishi va moslashtirilishi kerak. Reyting agentligi zarur bo‘lganda, korporativ boshqaruv tahlilini kredit tavakkalchiligiga ta’sirini to‘liq baholash uchun reyting tizimiga kiritishi kerak.
18. Reyting agentligi o‘zining Internet tarmog‘idagi saytida ommani yangi joriy etilgan instrumentlar, uslubiyatlar va belgilar haqidagi tegishli ma’lumotni chop etish orqali xabardor qilib borishi kerak.
IV. Reyting agentligining huquq va majburiyatlari
19. Reyting agentligining huquqlari:
mijozdan shartnomaga asosan, reyting baholashni o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish;
reyting baholash uslubida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tahliliga asoslangan holda reyting berish;
mijoz shartnoma shartlarini buzgan holda, reyting o‘tkazishdan bosh tortish;
ommaviy axborot vositalarida reyting hisobotining to‘liq matnini e’lon qilish.
20. Reyting agentligining majburiyatlari:
reyting bahosini to‘liqligini va haqqoniyligini ta’minlash;
noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, ma’lumotlarni oshkor qilish;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
ushbu Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Reyting agentligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
23. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 32-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)