|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.10.2024
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
BYDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARI XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISHNING MAXSUS JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-yanvarda 177-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabrdagi 176-sonli “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3561, 22.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-apreldagi PF-3730-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda Respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 114-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan 1995-yil 8-sentabrda 98-son buyruq bilan tasdiqlangan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga (1995-yil 20-sentabr, ro‘yxat raqami 177 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 6-son, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 6-son, 77-modda, 2007-y., 19-20-son, 209-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-dekabr,
109-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 1-2-son, 9-modda)