Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2008 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni taʼminlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli oʻtkazishda fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining gʻallakor xoʻjaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
2008-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi 1 -ilovaga* muvofiq;
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2008-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlash hajmlari toʻgʻrisidagi 2-ilovaga* muvofiq;
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun 2008-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi yetkazib berish hajmlari toʻgʻrisidagi 3-ilovaga* muvofiq;
boshoqli don ekinlari navlarini sugʻoriladigan yerlarda joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2008-yil hosilidan superelita urugʻlik tayyorlanishi toʻgʻrisidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.
* 1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:
bahorgi ekishga yetarli miqdorda sifatli, navlashtirilgan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash;
sugʻoriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past boʻlmagan urugʻlar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urugʻlar ekilishi;
don ekuvchi xoʻjaliklar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qatʼiy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urugʻlarni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin boʻlgan yerlarga ekish qatʼiyan taqiqlansin.
3. 2008-yilning hosilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
superelita va elita urugʻlari hosilidan olingan urugʻlik gʻalla don mahsulotlari korxonalari tomonidan toʻliq hajmda xarid qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-maydagi PQ-867-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 268-modda)
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan superelita va elita navlari urugʻini toʻliq hajmda xarid qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda davlat ehtiyojlari uchun moʻljaldagi hajmlardan ortiqcha xarid qilingan urugʻ hajmlari oʻrni tovarbop don bilan qoplanishi nazarda tutilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1789, 11.04.2008-y.).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul boʻlgan muddatlarda — sugʻoriladigan yerlarda 2007-yilning 20-oktabrigacha va lalmi yerlarda — 15-noyabrgacha tugallanishi;
boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;
navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish boʻyicha agrotexnika tadbirlariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat tizimini yaratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda 2008-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2007-yil hosili doniga oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urugʻlik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
7. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2007-yilning 20-sentabrigacha respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklari buyurtmanomalari boʻyicha 2007-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urugʻlari keltirilishini taʼminlasin.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urugʻlari uchun istisno tariqasida bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “2004-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 26-apreldagi qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-sentabr,
PQ-693-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 461-modda; 2008-y., 5-son, 268-modda)