1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AERODROMLARINI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA (O‘ZR AQ-160)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 29-oktabrda 1734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 30-moddasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1.“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (O‘zR AQ-160) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Mazkur qoidalar amalga kiritilgan vaqtdan boshlab, Davavianazorat boshlig‘i tomonidan 2000-yil 28-yanvar kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aerodromlarini sertifikatlash bo‘yicha qo‘llanma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i X. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-sentabr,
138-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (O‘zR AQ-160)
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, XFAT (IKAO) Chikago konvensiyasiga (14-ilova) muvofiq, parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, aerodromlarni sertifikatlashtirish va ularni keyingi ekspluatatsiya jarayonida havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash darajasida tutib turish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan sertifikatlash talablarining yagona tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
§ 1. Asosiy tushunchalar va qisqartmalar
1. Mazkur Qoidalar maqsadida quyidagi asosiy tushunchalar va qisqartmalardan foydalaniladi:
“O‘zaviatsiya” agentligi – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
YOSU — Yorug‘lik-signal uskunasi
PQAQTX — Parvozlarni qidirish-avariyadan qutqarish ta’minoti xizmati
PEYOTT — Parvozlarni elektr-yoritish texnik ta’minoti
RTUAE — Radiotexnik uskunalar va aloqa ekspluatatsiyasi
XFAT (IKAO) — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti
Aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qo‘nishi, jo‘nashi va shu sath bo‘ylab harakatlanishi uchun to‘liq yoki qisman mo‘ljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlar;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 4-iyundagi 2H-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-9, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/1734-9/0569-son)
Aerodrom sertifikati — belgilangan qoidalar asosida vakolatli organ tomonidan aerodromni ekspluatatsiya qilish uchun beriladigan sertifikat;
(1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 20-yanvardagi 56-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-6, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 37-modda)
Aerodromni sertifikatlash — aerodromlarning belgilangan talablarga muvofiqligini va parvozlarning xavfsizligini ta’minlay olish xususiyatini aniqlaydigan rasmiy jarayon
Aerodrom ekspluatanti — O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra egalik qiluvchi hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi
(1-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish — “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatning amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha rasmiy jarayon, bunda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng uni tiklash huquqi beriladi
(1-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
Sertifikatlash talablari — aerodrom ekspluatanti tomonidan parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun bajarilishi shart bo‘lgan texnik va tashkiliy talablar yig‘indisi.
Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi — parvozlar xavfsizligi boshqaruviga tuzilmaviy yondashuv bo‘lib, zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilmani, javobgarlik bosqichlarini, tamoyillari va tartiblarini o‘z ichiga oladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 21-apreldagi 35-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-2, 20.05.2010-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 158-modda)
2. Mazkur Qoidalar barcha fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlariga, shuningdek fuqaro havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni amalga oshiradigan hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 2-avgustdagi 9n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-4, 08.08.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 381-modda)
3. Fuqaro va eksperimental aviatsiyaga mo‘ljallangan aerodromlar sertifikatlanishi shart.
Aerodromlardan aviatsiya tashuvlarini bajaradigan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish maqsadida foydalanish faqatgina aerodromning amaldagi sertifikati asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Aerodromlarni sertifikatlashtirish “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq bepul amalga oshiriladi*.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
* Xalqaro aeroport aerodromlarini sertifikatlashdan o‘tkazish Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida nazarda tutilgan talablar mazkur Qoidalar maqsadlari uchun sertifikatlash talablari hisoblanadi hamda mazkur talablar “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy saytiga joylashtirib boriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
6. Aerodrom asbob-uskunalari Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi yoki ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) mamlakat aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
7. Yo‘lovchi, bagaj va yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan aerodrom “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) va O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”da (O‘zR AQ-198) (ro‘yxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) belgilangan talablarga javob berishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 4-iyundagi 2H-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-9, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/1734-9/0569-son)
71. Aerodromlarni sertifikatlashda aerodrom ekspluatanti tomonidan parvozlar xavfsizligi boshqarish tizimi ishlab chiqilib, unga quyidagilar kiritilishi lozim:
parvozlar xavfsizligi uchun xavf-xatarni aniqlash mezonlari;
maqbul darajada parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish masalalari;
doimiy monitoring o‘tkazish va lozim darajada parvozlar xavfsizligiga muntazam baho berishni ko‘rib chiqish masalalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish maqsadida aviatsiya hodisalari va insidentlari hamda tegishli tendensiyalar tahlili;
(71-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 5-fevraldagi 16 n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-5, 21.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 111-modda)
parvozlar xavfsizligining umumiy darajasini doimiy oshirishning maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur tizim doirasida aerodrom ekspluatantining barcha tashkilotlarida parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha rahbariyatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarligi aniq belgilanadi.
(71-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 116-moddasi.
II. Sertifikatlash tartibi
§ 1. Umumiy qoidalar
8. Aerodromni sertifikatlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
a) arizani qabul qilish va ro‘yxatga olish;
b) arizani oldindan ko‘rib chiqib, ariza beruvchiga uni qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda bildirish;
v) arizani va asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida ariza beruvchiga yozma ravishda bildirish;
g) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilib olish va kamchiliklar bartaraf etilganligini tekshirish;
d) aerodromning sertifikatlash talablariga muvofiqligini joyiga chiqib tekshirish va ularning natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish;
e) aerodrom ekspluatantidan sertifikatlash bo‘yicha tekshirish o‘tkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilib olish;
j) aerodromni takroran tekshirishdan o‘tkazish (zarur bo‘lgan hollarda);
z) tekshirish natijalariga ko‘ra aerodromga sertifikat berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror loyihasini tayyorlash.
9. Aerodrom ekspluatanti sertifikatlashlar oralig‘idagi davr mobaynida quyidagilar o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu o‘zgarishlardan so‘ng bir oy ichida “O‘zaviatsiya” agentligiga yozma ravishda bildirishi kerak:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) yuridik shaxs maqomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganligi;
91. Aerodrom ekspluatanti tomonidan aerodromning sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot aeronavigatsiya ma’lumot xizmatiga berilishi lozim.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 21-apreldagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-2, 20.05.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 158-modda)
10. Aerodrom sertifikatining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, o‘n kunlik muddat ichida sertifikat “O‘zaviatsiya” agentligiga qaytarib berilishi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
§ 2. Sertifikatlash uchun ariza berish
11. Aerodrom ekspluatanti tomonidan sertifikatlash to‘g‘risida ariza mazkur Qoidalarning 1-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda taqdim etiladi.
12. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) aerodromni sertifikatlashda ariza beruvchining majburiyatlari (2-ilovaga muvofiq);
b) asoslovchi hujjatlar, parvozlarni radio va yoritish-texnik ta’minoti vositalarini yer ustida va parvozda tekshirib ko‘rilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar (3-ilovaga muvofiq shaklda);
v) Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
g) Aerodrom bo‘yicha qo‘llanma (3a-ilovaga muvofiq).
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 3-sentabrdagi 188-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-1, 07.10.2008-y.) asosida “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 417-modda)
13. Sertifikatlash to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun asos hisoblanadi. “O‘zaviatsiya” agentligiga kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. “O‘zaviatsiya” agentligi arizachiga ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“O‘zaviatsiya” agentligida arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
14. Ariza va unga ilova qilinadigan barcha hujjatlarning asl nusxasi yoki ularning nusxalari taqdim etiladi.
15. Aerodrom sertifikatini amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ariza bilan “O‘zaviatsiya” agentligiga murojaat qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
“O‘zaviatsiya” agentligi arizani ko‘rib chiqadi va hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda aerodrom sertifikatini beradi yoki uni berishni rad etadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
16. Arizani tayyorlash ariza beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi arizada va ilova qilingan hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
17. Ushbu Qoidalarning 12 va 14-bandlari talablari bajarilmaganda “O‘zaviatsiya” agentligi arizani ko‘rib chiqishni rad etishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
§ 3. Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish
18. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni dastlabki baholash u ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Agar ushbu muddat ichida ariza qabul qilinadigan yoki rad etiladigan bo‘lsa, bu haqida ariza beruvchiga yozma xabarnoma yuboriladi.
19. Arizani va ilova qilingan hujjatlarni dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:
a) aerodrom va uning elementlarining amaldagi sertifikatlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborotlarning yetarliligi;
b) aerodromdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning mavjudligi va ularning belgilab qo‘yilgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
g) aerodromga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ishlarni bajarish uchun tajribali va tegishli malakaga ega bo‘lgan xodimlarni yetarliligi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 21-apreldagi 35-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-2, 20.05.2010-y.) asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 158-modda)
20. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda ariza beruvchiga uning arizasi qaytarib berilishining asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboriladi.
21. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi aerodrom elementlari va uning asbob-uskunalarining sertifikatlash talablariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
22. Alohida hollarda, aerodromlarning sertifikatlash talablaridan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda yo‘l qo‘yilgan chetga chiqishlar o‘rniga parvozlarning mos ravishdagi xavfsizlik darajasini ta’minlaydigan tadbirlarning kiritilishi shart.
Bunda, ariza beruvchi mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha parvoz xavfsizligining mos ravishdagi darajasini ta’minlashi haqidagi xulosasini tayyorlaydi, shuningdek parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavflar tahlilini ishlab chiqadi va “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan xolda tasdiqlaydi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
23. Asoslovchi hujjatlar bo‘yicha kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi ularni sertifikatlash tekshiruvi tugagunga qadar bartaraf etishi shart.
24. Asoslovchi hujjatlar ekspertizasi ijobiy baholanishi natijalariga ko‘ra “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ariza beruvchini sertifikatlash tekshiruvidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi, bunda ariza beruvchi bilan kelishilgan holda uni o‘tkazish muddatlari belgilanadi va mazkur Qoidalarning 5-ilovasidagi shakl ko‘rinishida ariza beruvchiga yo‘llanadigan qaror qabul qilinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
25. Aerodromni tekshirish uchun komissiya “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tayinlanadi. Sertifikatlash tekshiruvining dasturi komissiya tomonidan muayyan aerodromning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda namunaviy dastur asosida ishlab chiqiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
26. Aerodromlarni “O‘zaviatsiya” agentligi komissiyasi tomonidan sertifikatlash tekshiruvidan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
(26-bandning birinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i(ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) aerodromning sertifikatlash talablariga va ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini joyida aniqlash;
b) yerdagi asbob-uskunalarining, aerodrom obyektlarining tarkibi va holatini, uning texnik jihozlanishini, parvozlarni va ularning xavfsizligini ta’minlashning tashkillashtirilishini aniqlash;
g) texnik ishlar o‘tkazish bo‘yicha nazorat zonalari va boshqa obyektlar tegishlicha jihozlanganligi, uzluksiz ishlashi, nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligiga ishonch hosil qilish.
27. Tekshiruv natijalariga ko‘ra besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tekshiruv natijalari, mulohazalar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilgan dalolatnomada rasmiylashtiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 30-iyuldagi 118-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-7, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1734-7/1858-son)
28. Aerodromni sertifikatlash natijalariga ko‘ra sertifikatlashning yakunlari, komissiyaning xulosalari va bajarilishi shart bo‘lgan takliflari aks ettiriladigan kompleks xulosa yakuniy hujjat hisoblanadi. Kompleks xulosa komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligi rahbari o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Yakuniy xulosaning nusxasi ariza beruvchiga yo‘llanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
29. “O‘zaviatsiya” agentligi tekshiruv natijalarini va aerodrom ekspluatantining dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarini ko‘rib chiqadi. Zaruriyat bo‘lganda qayta tekshiruv o‘tkaziladi va uning natijalariga ko‘ra tegishli dalolatnoma tuziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
30. Tekshiruvning tasdiqlangan dalolatnomasiga asosan ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etishi va bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligiga xabar berishi shart.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
31. Ariza beruvchining aybi bilan tekshirish o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni ichida sertifikat berish haqida qaror qabul qilinmasa, bunday ariza bekor qilinadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 30-iyuldagi 118-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-7, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1734-7/1858-son)
Ariza beruvchi umumiy asoslarga ko‘ra qaytadan ariza berishi mumkin.
32. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi, sertifikatlash tekshiruv natijalari ijobiy bo‘lsa, barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish natijasi bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligi aerodromga sertifikat berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
321. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi va sertifikatlash tekshiruvi natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlanganda, kamchiliklar toifalangan xolda quyidagicha belgilanadi:
birinchi toifa — sertifikatning muddatini uzaytirishga (berishga) to‘sqinlik qiladigan hamda aerodrom ekspluatanti tomonidan kompleks xulosani rasmiylashtirishdan oldin bartaraf qilinishi majburiy bo‘lgan parvozlar xavfsizligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kamchilik;
ikkinchi toifa — sertifikat muddatini uzaytirishga (berishga) to‘sqinlik qilmaydigan, shuningdek aerodrom ekspluatanti tomonidan ishlab chiqilgan hamda “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tegishli chora-tadbirlarga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan kamchilik.
Bunda, sertifikatlash tekshiruvi natijasida birinchi toifa kamchiliklar aniqlangan taqdirda, “O‘zaviatsiya” agentligi aerodromga sertifikat berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ikkinchi toifa kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, sertifikat berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, kamchiliklar “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tegishli chora-tadbirlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi lozim bo‘ladi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
33. Aerodrom sertifikati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan qat’iy hisobda turuvchi blankda, mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq, belgilangan tartibda qayd qilinadi va uch yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
34. Sertifikatning asl nusxasi ariza beruvchiga yoki bunday xatti-harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsga beriladi va nusxasi “O‘zaviatsiya” agentligida saqlanadi. Sertifikat, u amalga kiritilgan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
Sertifikat yo‘qotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda belgilangan tartibda uning dublikati beriladi.
§ 6. Aerodrom sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish
35. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish aerodrom ekspluatantining arizasiga ko‘ra, birinchi marotaba sertifikat berishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Sertifikatning amal qilish muddati ichida o‘zgarish bo‘lmagan hujjatlarni qaytadan topshirmaslikka ruxsat etiladi. Bunday holda tegishli hujjat umumiy ro‘yxatga izoh (“o‘zgarishsiz”, “oldin taqdim etilgan”) bilan birga kiritiladi.
36. Sertifikatga va asoslovchi hujjatlarga o‘zgartirish kiritish uchun aerodrom ekspluatanti zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq, “O‘zaviatsiya” agentligiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
37. Sertifikatga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi ariza “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan II bobning 3-paragrafiga binoan ko‘rib chiqiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
38. “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatga o‘zgartirish kiritish uchun sertifikatlash tekshiruvi o‘tkazish (zaruriyat bo‘lganda) muddatlarini belgilaydi. Sertifikatlash tekshiruvi tartibi ushbu Qoidalarning II bobning 4-paragrafi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
39. Sertifikatlash tekshiruvi natijalari ijobiy bo‘lsa, barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish natijasi bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatga va asoslovchi hujjatlarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
§ 8. Sertifikatni bekor qilish, uning amal qilishini to‘xtatish (tiklash)
40. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi bekor qilinadi:
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) aerodrom ekspluatanti sertifikatni bekor qilishni so‘rab yozma ravishda murojaat qilganda;
g) aerodromning amal qilish muddati to‘xtatilgan sertifikati belgilangan muddatlarda “O‘zaviatsiya” agentligiga qaytarib berilmaganda.
(40-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
41. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi to‘xtatiladi:
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida amal qiladigan talablar, shuningdek aerodrom sertifikatlanishida qo‘yilgan sertifikatlash talablari buzilganligi (rioya etilmaganligi) faktlari aniqlanganda;
b) aniqlangan parvozlar xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi kamchiliklarni yoki umuman parvozlar xavfsizligiga ta’sir etuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligining ko‘rsatmalari belgilangan muddatlarda bajarilmaganda;
(41-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
v) parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi va belgilangan tartibga muvofiq tekshirib ko‘rilishi lozim bo‘lgan hodisalarni yashirish;
g) parvozlar xavfsizligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar aniqlanganda.
42. Aerodrom sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror “O‘zaviatsiya” agentligi rahbari tomonidan nazorat tekshiruvi o‘tkazish natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaga asosan qabul qilinadi. “O‘zaviatsiya” agentligi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay aerodrom ekspluatantini bu haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
43. Aerodrom sertifikati bekor qilinganligi yoki amal qilishi to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnoma olgan aerodrom ekspluatanti:
a) sertifikatda ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarishni zudlik bilan to‘xtatishi;
b) aerodromdan foydalanuvchilarni bu haqda xabardor qilish;
v) uch kunlik muddat ichida “O‘zaviatsiya” agentligiga sertifikatning asl nusxasini qaytarishi shart.
(43-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
44. Amal qilishi bir oydan ortiq, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yilgan aerodrom sertifikatining amal qilishini tiklash ekspluatant tomonidan tegishli ariza berilib, kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etilgandan so‘ng uning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi.
45. Qaytadan aerodrom sertifikatini olish uchun ekspluatant umumiy asoslarda ariza berishi kerak.
451. “O‘zaviatsiya” agentligi aerodrom sertifikatining boshqa ekspluatantga berilishiga rozilik berishi mumkin, agarda:
(451-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) aerodrom sertifikatining egasi aerodrom ekspluatatsiyasining tugashidan kamida 10 kun oldin “O‘zaviatsiya” agentligiga yozma ravishdagi bildirishnoma bilan aerodromning ekspluatatsiyasi mazkur bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda tugatilishi to‘g‘risida xabar berganda;
(451-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
b) aerodrom sertifikatining egasi “O‘zaviatsiya” agentligiga taqdim etilgan yozma ravishdagi bildirishnomada sertifikat berilayotgan yangi ekspluatantning nomini ko‘rsatganda;
(451-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
v) aerodrom sertifikati berilayotgan ekspluatant aerodrom sertifikatining ilgarigi egasi aerodrom ekspluatatsiyasini tugatishidan oldin 10 kun muddatdan kechikmagan holda “O‘zaviatsiya” agentligiga aerodrom ekspluatatsiyasini amalga oshirish uchun yozma ravishda ariza taqdim etganda.
(451-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
452. “O‘zaviatsiya” agentligi aerodrom sertifikati berilishi lozim bo‘lgan ekspluatantning arizasi kelib tushgan kundan boshlab 20 kun ichida aerodrom sertifikatining boshqa ekspluatantga berilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror chiqaradi va bu haqda aerodrom sertifikati egasini va sertifikat berilishi lozim bo‘lgan ekspluatantni yozma ravishda xabardor qiladi.
(452-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
453. “O‘zaviatsiya” agentligi aerodrom sertifikati berilishi rejalashtirilgan ekspluatantning aerodrom ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tegishlicha amalga oshirish imkoniyatiga egaligiga ishonch hosil qilmasa yoki aerodrom sertifikatining boshqa shaxslarga berilishi aerodromning ekspluatatsiyasi jihatidan katta o‘zgarishlarga (masalan, uchish-qo‘nish yo‘laklari, burilish yo‘laklari va perronda o‘rnatiladigan vositalar sonining kamayishiga, mavjud aerodrom sertifikatida ko‘rsatilgan ekspluatatsiya shartlarining o‘zgarishiga, xodimlar sonining kamayishiga) olib kelsa, aerodrom sertifikatining boshqa shaxslarga berilishiga rozilik bermasligi mumkin.
(453-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
454. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aerodrom sertifikati aerodrom egasining o‘zgarishi natijasida ham boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
(454-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
III. Sertifikatlangan aerodromlar faoliyati ustidan nazorat
46. Ekspluatatsiya jarayonida havo transportida tashish xavfsizligini ta’minlash va sertifikatlangan aerodromlarning faoliyatini sertifikatlash talablari darajasida tutib turish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatlangan aerodromlar faoliyati ustidan nazoratni aerodromlarda inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
a) “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan nazorat reja-grafigiga muvofiq rejali nazorat tekshiruvlari. Rejali inspeksiya tekshiruvlarining davriyligi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan aniqlanadi (sertifikatlashlar orasidagi davr ichida kamida bir marta);
b) “O‘zaviatsiya” agentligining qaroriga ko‘ra aerodromning ushbu Qoidalarning talablariga javob berishi, sertifikat berilayotganda o‘rnatilgan shartlar va cheklashlarning bajarilayotganligini tekshirib baholash uchun o‘tkaziladigan rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari;
v) “O‘zaviatsiya” agentligiga aerodrom ekspluatanti, havo kemasining ekspluatanti tomonidan beriladigan axborotlarni inspeksiya tekshiruvi o‘tkazmasdan turib ekspert baholash.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
48. Inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish tartibi ushbu Qoidalarning talabiga javob berishi kerak. Tekshirish materiallari asoslovchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
49. Aerodrom ekspluatanti “O‘zaviatsiya” agentligi komissiyasi (inspektor) ishlashi uchun barcha shartlarni yaratishi shart.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
50. Aerodromga yetib kelgan inspektor aerodrom rahbariyatiga o‘zini tanishtirishi, guvohnomasini ko‘rsatishi, inspeksiya tekshiruvini o‘tkazish rejasi bilan tanishtirishi kerak.
Inspektorga topshiriq berish tartibi va topshiriq shakli “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
51. Nazorat davomida belgilangan tartib, talablar, qoidalar va amaliy uslublar bajarilishini tasdiqlash uchun inspektorlar faqatgina “O‘zaviatsiya” agentligi ko‘rsatmalariga muvofiq va aviatsiya qoidalari talablariga tayangan holda ish ko‘rishlari kerak.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
52. Aerodromlarni nazorat qilish vaqtida nazoratni amalga oshiradigan mutaxassislar binolar, inshootlar, ma’muriy binolar, parvozlarni radiotexnik ta’minlash, texnik ishlar o‘tkazish bo‘yicha nazorat zonalari va boshqa obyektlar tegishlicha jihozlanganligi, uzluksiz ishlashi, nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligi va sertifikatlash talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishi kerak.
53. Inspeksiya tekshiruvi natijalari to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirgan holda aerodrom ekspluatantiga xabar qilinadi. Dalolatnomada aniqlangan barcha kamchiliklar, ularni bartaraf etish muddatlari va tavsiya etiladigan tadbirlar ko‘rsatiladi.
§ 3. Rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi
54. Quyidagilar rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladi:
a) aerodromda parvozlar xavfsizligi darajasi pasayganligi to‘g‘risidagi axborot;
b) aerodromdan foydalanish jarayonida uning sertifikatlash talablariga nomuvofiq holga kelganligining aniqlanishi;
v) “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan aviatsiya hodisalarining oldini olish tadbirlari.
(54-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
55. Rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi nazorat o‘tkazish sababidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi rahbari o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq o‘tkaziladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
56. Inspeksiya tekshiruvi natijalari ushbu Qoidalarning 53-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
IV. Aerodrom ekspluatantining huquq va majburiyatlari
57. Aerodrom ekspluatantining huquq va majburiyatlari:
a) aerodrom ekspluatanti sertifikatning faoliyatini to‘xtatish yoki sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
b) aerodromni sertifikatlash talablari darajasida va asoslovchi hujjatlardagi qoidalarga mos holda tutish va foydalanish;
v) aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomalardagi, aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamlaridagi ma’lumotlarning aerodromning amaldagi holatiga va asoslovchi hujjatlardagi qoidalarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;
g) tuzatishlarni belgilangan tartibda Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga va O‘zbekiston Respublikasining aeronavigatsiya axborotlari to‘plamiga kiritish;
d) aerodromda sertifikatlash talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, zudlik bilan aerodromda parvozlarning xavfsizligini ta’minlaydigan cheklovlar kiritish va kiritilgan cheklovlar to‘g‘risida “O‘zaviatsiya” agentligiga axborot berish;
(57-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
e) sertifikatlash bo‘yicha rasmiylashtirilgan ish jildining unga kiritilgan barcha o‘zgarishlari bilan birgalikdagi bir nusxasiga ega bo‘lish;
j) mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan sertifikat olish (uzaytirish) uchun asoslovchi hujjatlar Ro‘yxati bo‘yicha taqdim qilinadigan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 3-sentabrdagi 188-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-1, 07.10.2008-y.)asosida “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 417-modda)
V. Aerodrom ekspluatantining javobgarligi
58. Aerodrom ekspluatanti quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
a) aerodromni parvozlar xavfsizligini ta’minlaydigan holatda tutib turish;
b) fuqaro aviatsiyasining aerodromlardan foydalanish masalalari bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari talablarini bajarish;
v) aerodrom faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnologik tadbirlarni ishlab chiqish;
g) bo‘linmalar va xizmatlarda aviatsiya faoliyatini belgilab beradigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lishi;
d) asoslovchi hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniq bo‘lishi;
e) sertifikatda va asoslovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan aerodrom xarakteristikalaridagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish.
(58-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 1-ILOVA
(sertifikatlash talablaridan iborat hujjat nomi ko‘rsatilsin)
talablaridan chetga chiqishi o‘rniga parvozlarning mos ravishdagi xavfsizlik darajasini ta’minlaydigan tadbirlar kiritildi.
Ilova: ushbu Qoidalarning 12-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar
________________________
M.O‘.
Ariza beruvchining imzosi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 2-ILOVA
Ushbu orqali _________________ aerodromi sertifikatlash talablariga javob berishini, taqdim etilgan hujjatlardagi axborot aerodromning amaldagi holatiga javob berishini tasdiqlayman va quyidagilarni o‘z zimmamga olaman:
1. Aerodromdan va uning asbob-uskunalaridan sertifikatlash talablariga muvofiq holda foydalanish va tutish.
2. Aerodrom ixtiyoridagi hududning holati va baland to‘siqlar ustidan nazoratni ta’minlash.
3. Aeronavigatsiya axborotlari to‘plamidagi aerodromga taalluqli ma’lumotlarning, aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomalarning va sertifikatlash hujjatlarining aerodromning va uning asbob-uskunalarining amaldagi holatiga muvofiq bo‘lishini ko‘rsatilgan hujjatlarga kiritish uchun materiallarni o‘z vaqtida tayyorlash va muvofiqlashtirish orqali ta’minlash.
4. “O‘zaviatsiya” agentligidan aerodrom xarakteristikasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun ruxsat olish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
5. Aerodrom va uning asbob-uskunalari holatini nazoratdan o‘tkazish uchun “O‘zaviatsiya” agentligi vakillarini aerodrom hududiga kiritish va ularning ishlashlari uchun ko‘maklashish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
6. Aerodrom ekspluatanti tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan o‘quv dasturlari asosida aerodrom ekspluatatsiyasi va parvozlar xavfsizligiga jalb etilgan mutaxassislarning malakasi oshirib borilishini ta’minlash.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
_________________________________
(imzo)
M.O‘.
_________________________________
(lavozimi)
_________________________________
(F.I.Sh)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 3-ILOVA
Sertifikat olish (uzaytirish) uchun asoslovchi hujjatlar RO‘YXATI
(1-qism “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
(1-qism “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
b) aerodrom xizmatini tashkiliy tuzilmasining sxemasi;
v) aerodrom xizmati to‘g‘risida nizom;
g) aerodromning sertifikatlash talablariga muvofiqligini tekshirish dalolatnomasi;
d) aerodrom ixtiyoridagi hududni tekshirish dalolatnomasi;
e) uchish-qo‘nish yo‘lagi, harakatlanish yo‘lagi va to‘xtab turish joylaridagi sun’iy qoplamalarning mustahkamligi va tekisligi to‘g‘risidagi ilmiy tashkilotlarining xulosasi (besh yilda kamida bir marotaba olinadi);
(1-qismning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
j) aerodrom kod belgisi, qoplamalar mustahkamligi, qiyaliklar, qoplamalar holati, joylashgan oraliqlar, to‘siqlarning muvofiqlik jadvallari;
(1-qismning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
z) aerodrom xizmati xodimlarining shtatlar jadvali;
i) xizmatga yuklangan barcha vazifa va topshiriqlarni hisobga olgan holda aerodrom xizmati xodimlarining zaruriy miqdorda borligini tasdiqlovchi hujjatlar;
k) aerodrom xizmati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati;
(1-qism O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 21-apreldagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-2, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 158-modda)
l) aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashgan baland to‘siqlarni hisoblash (suratga olish) bo‘yicha geodeziya tashkilotining hisoboti. Bunda, ushbu hisobotlar besh yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.
(1-qism O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) asosan “l” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
2-qism. Parvozlarni radiotexnik ta’minoti
a) RTUAE bazasi rahbar tarkibi va mutaxassislari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimi;
(2-qism “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
(2-qism “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
malaka oshirganligi (sana, o‘quv yurti);
b) Hujjatlar nusxasi:
RTUAE bazasi tashkiliy tuzilmasining sxemasi;
RTUAE bazasi to‘g‘risida Nizom.
v) RTUAE bazasi shtatlar jadvali va uning to‘ldirilishi.
g) RTUAE bazasiga biriktirilgan radiotexnik asbob-uskunalar ro‘yxatining yig‘ma jadvali, quyidagi ma’lumotlarni keltirgan holda: buyum turi, zavoddan berilgan raqami №, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana.
(3-ilovaning 2-qismi “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 2-avgustdagi 9n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-4, 08.08.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 381-modda)
d) Radiolokatsiya, radionavigatsiya va aviatsiya elektraloqasining sertifikatlash talablariga muvofiqligi jadvali.
e) Obyektning xodimlar bilan to‘ldirilganligi, xodimlarning malakasi, maxsus tayyorgarligi va shahodatdan o‘tkazilganligi.
j) Obyektda asbob-uskunalarning mavjudligi, ular to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda: zavoddan berilgan raqami, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana, imkoniyatlaridan qay darajada foydalanib bo‘linganligi.
z) Obyektning joylashish sxemasi va obyektda elektr ta’minoti sxemasi.
i) Obyektning foydalanish uchun qabul qilinganligi dalolatnomasining nusxasi.
y) Asbob-uskunalar, elektr ta’minoti, aloqa liniyasi va boshqaruvni rezervga olib qo‘yish bo‘yicha yo‘riqnomalar, rezervga ulanishning (o‘tishning) normativ vaqti jadvali.
k) AFQ ulanish rejasi va sxemasi (aviatsiya elektr aloqasi obyektlari uchun).
l) Aloqa va boshqaruv liniyalari sxemasi.
m) Uchuvchilar va dispetcherlar tarkibining e’tirozlarni qayd qilish daftaridan oxirgi olti oy uchun ko‘chirma (ushbu obyektga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar).
n) Oxirgi besh yil ichida obyektning ishlamay qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar shunday ma’lumotlar bo‘lsa).
o) Parvozlarni radiotexnik ta’minoti obyektlarini va aviatsiya elektraloqasidan texnik foydalanishni metrologik ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Ma’lumotnomada quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
RTUAE bazasida metrologik ta’minot uchun javobgar shaxs tayinlanganligi to‘g‘risida;
Metrologik ta’minot to‘g‘risidagi nizomning mavjudligi;
metrologik ta’minot bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish;
rahbar tomonidan tasdiqlangan o‘lchov vositalarini tekshirish (kalibrovka) grafigi;
O‘lchov vositalarini tekshirishdan (kalibrovka) o‘tkazish bo‘yicha metrologik laboratoriyalarning mavjudligi;
metrologik ta’minot sohasida normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi va ro‘yxati;
radiotexnik asbob-uskunalar va elektraloqaga texnik xizmat ko‘rsatish uchun o‘lchov vositalarining yetarliligi.
p) Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarning tashkil qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Ma’lumotnomada quyidagilar aks ettirilishi kerak:
butun RTUAE bazasi bo‘yicha va tashkiliy bo‘linmalar bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlanganligi to‘g‘risida (korxona rahbarining buyrug‘i);
korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar ro‘yxati (ma’lumotnomaga ilova);
maxsus o‘qitishni tashkil qilish, bilimlarni tekshirish, yo‘riqnomalar o‘tkazish va ishlashga ruxsat berish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan ishlarda ishlashga ruxsat berishni tashkil etilishi;
elektr qurilmalardan xavfsiz foydalanishni tashkil etilishi;
RTUAE bazasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning tashkil etilishi;
r) Obyektiv nazorat vositalarini yerdagi tekshirish bayonnomasi.
3-qism. Parvozlarni elektr-yoritish texnik ta’minoti
a) PEYOTT bazasi rahbar tarkibi va mutaxassislari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimi;
(3-qism “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
(3-qism “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
malaka oshirganligi (sana, o‘quv yurti);
b) Hujjatlar nusxasi:
PEYOTT xizmati tashkiliy tuzilmasining sxemasi;
PEYOTT xizmati to‘g‘risida Nizom.
v) PEYOTT xizmati shtatlar jadvali va uning to‘ldirilishi.
g) PEYOTT xizmatiga biriktirilgan radiotexnik asbob-uskunalar ro‘yxatining yig‘ma jadvali, quyidagi ma’lumotlarni keltirgan holda: buyum turi, zavoddan berilgan raqami №, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana;
d) Obyektning xodimlar bilan to‘ldirilganligi, xodimlarning malakasi, maxsus tayyorgarligi va shahodatdan o‘tkazilganligi;
e) Yorug‘lik-signal asbob-uskunalari tizimining muvofiqlik jadvali (har bir qo‘nish yo‘nalishi uchun);
j) Yorug‘lik-signal tizimini yerdagi tekshirish dalolatnomasi;
z) Yorug‘lik-signal tizimini parvozda tekshirish dalolatnomasi, fotosuratlari bilan (har bir qo‘nish yo‘nalishi uchun). Uchuvchilar va dispetcherlar tarkibi e’tirozlarni qayd qilish daftaridan YOSU ishi bo‘yicha oxirgi olti oy uchun ko‘chirma. Oxirgi besh yil ichida YOSU ishlamay qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar shunday ma’lumotlar bo‘lsa);
i) Perronni va to‘xtab turish joyini projektor bilan yoritilishini tekshirish dalolatnomasi;
y) Yorug‘lik-signal tizimining foydalanish uchun yaroqli ekanligi to‘g‘risidagi guvohnomadan nusxa;
k) Quyidagi sxemalar:
Aerodromning yorug‘lik-signal asbob-uskunalarining joylashuvi (signal chiroqlari, yoritgichli ko‘rsatkichlar va b.)
Perronni va to‘xtab turish joyini projektor bilan yoritilishi.
l) Aerodromning elektr ta’minoti va elektrotexnik asbob-uskunalarining muvofiqlik jadvali;
m) Aerodromning elektr ta’minoti va elektrotexnik asbob-uskunalarini tekshirish dalolatnomasi;
n) Aerodromning elektr ta’minoti, qo‘nishda havodagi harakatni boshqarish vositalari obyektlarining, radionavigatsiya, aloqa, meteo ta’minot sxemasi*;
* Izoh: YOSU, aerodromning elektr ta’minoti, qo‘nishda havodagi harakatni boshqarish vositalari obyektlarining, radionavigatsiya, aloqa, meteo ta’minotni yerda tekshirish bayonnomalari ariza beruvchining xizmatida saqlanadi va rasmiy so‘roq bo‘yicha sertifikatlashtirishga beriladi.
o) PEYOTT xizmatining metrologik ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Ma’lumotnomada quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
PEYOTT xizmatida metrologik ta’minot uchun javobgar shaxs tayinlanganligi to‘g‘risida;
metrologik ta’minot to‘g‘risidagi Nizomning mavjudligi;
metrologik ta’minot bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish;
rahbar tomonidan tasdiqlangan o‘lchov vositalarini tekshirish (kalibrovka) grafigi;
o‘lchov vositalarini tekshirishdan (kalibrovka) o‘tkazish bo‘yicha metrologik laboratoriyalarning mavjudligi;
metrologik ta’minot sohasida normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi va ro‘yxati;
radiotexnik asbob-uskunalar va elektraloqasiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun o‘lchov vositalarining yetarliligi.
p) Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarning tashkil qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Ma’lumotnomada quyidagilar aks ettirilishi kerak:
PEYOTT xizmati bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlanganligi to‘g‘risida (korxona rahbarining buyrug‘i);
korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar ro‘yxati (ma’lumotnomaga ilova);
maxsus o‘qitishni tashkil qilish, bilimlarni tekshirish, yo‘riqnomalar o‘tkazish va ishlashga ruxsat berish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan ishlarda ishlashga ruxsat berishni tashkil etilishi;
elektr qurilmalardan xavfsiz foydalanishni tashkil etilishi.
(4-qismning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
v) Nazoratchiga ko‘z (yoki durbin) bilan kuzatish huquqini beruvchi tibbiy hujjatlarning mavjudligi;
g) Hujjatlarning mavjudligi (pasport, formulyar, texnik tavsif, tur sertifikatlari, tekshirish to‘g‘risida guvohnoma);
j) Aerodromda o‘rnatilgan meteorologik asbob-uskunalar ro‘yxatining yig‘ma jadvali, quyidagi ma’lumotlarni keltirgan holda: buyum turi, zavoddan berilgan raqami, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana va tekshirilgan sanasi;
(3-ilovaning 4-qismi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 21-maydagi 48-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-3, 13.06.2012-y.) asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 23-24-son, 272-modda)
z) Sertifikatlashlar oralig‘idagi davr mobaynida meteorologik asbob-uskunalarning ishdan chiqqanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
(4-qism O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
5-qism. Parvozlarni qidirish-avariyadan qutqarish va yong‘inning oldini olishni ta’minlash
a) Aerodromlardagi qidirish-avariyadan qutqarish vositalarining muvofiqlik jadvali;
b) Aerodromlarda qidirish-avariyadan qutqarish kuchlarining muvofiqligini tekshirish dalolatnomasi;
v) PQAQTX xizmatlari to‘g‘risida nizom, avariyadan qutqarish ishlari, parvozlarni avariyadan qutqarishni ta’minlash muhandislarining lavozim yo‘riqnomalari;
g) YOQH shaxsiy tarkibining mavjudligi va shtatlar jadvali;
d) Havo kemasi to‘xtab turish joylarining ko‘chma o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanganligi, to‘xtab turish joylarining soni va o‘t o‘chirgichlarning turlari bo‘yicha soni;
e) Uchish-qo‘nish yo‘lchasiga ko‘pik purkaydigan moslamaning mavjudligi, yong‘indan himoyalashning talab qilinadigan darajasi 6—10-toifadagi aerodromlar uchun;
j) PQAQTX bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati;
z) yong‘inga qarshi xizmatlarning xodimlari bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-texnika bazasining (jihozlangan sinf, poligon, tutun kamerasi, hisobdan chiqarilgan HKning fyuzelyaji va h.k.) mavjudligi.
(5-qismi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 3-sentabrdagi 188-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-1, 07.10.2008-y.)asosida “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 417-modda)
g) Maxsus transport xizmatidagi mavjud texnikalar ro‘yxati;
d) Maxsus transport xizmatida aerodrom elementlarida (uchish-qo‘nish yo‘lagi, harakatlanish yo‘lagi va perron) harakat qiladigan va havo kemasiga xizmat ko‘rsatadigan maxsus transport vositalari miltillovchi chiroqlar va radioaloqa vositasi bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida dalolatnoma;
e) Aerodrom ekspluatantlari tomonidan aerodromning qabul qilish va o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan kelib chiqib maxsus texnikalarning zaruriy miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Bunda, mahalliy parvozlarga mo‘ljallangan aerodromlarga zaruriy maxsus texnika vositalarini jalb qilish boshqa mahalliy tashkilotlardan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
(6-qism O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1734-10, 19.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-avgust)
s) radiolokatsiya va navigatsiya vositalari joylashgan hududlarni muhofaza qilish.”.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 3-sentabrdagi 188-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-1, 07.10.2008-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 417-modda)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” aerodrom ekspluatanti rahbari ______________________________ 200__ y. “___” _________________
________________ aerodromida sertifikatlash talablaridan chetga chiqish mavjud bo‘lganda parvozlar xavfsizligining ekvivalent darajasi ta’minlanganligi to‘g‘risida XULOSA
Erkin shaklda bayon etiladi: 1. Normativ hujjatning tegishli bandi ko‘rsatilgan holda chetga chiqish mohiyati bayon etiladi: 2. Chetga chiqishga yo‘l qo‘yilishining sababi. 3. Ushbu chetga chiqishda parvozlar xavfsizligining ekvivalent darajasini ta’minlaydigan tadbirlar. 4. Parvozlar xavfsizligining ekvivalent darajasining ta’minlanganligi to‘g‘risida xulosa, 3-band bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini hisobga olgan holda.
Aerodrom xizmati rahbari
____________
________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
M.O‘.
Izoh: “O‘zaviatsiya” agentligi talabiga ko‘ra xulosa ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, shuningdek fuqaro aviatsiyasining boshqa tegishli xizmatlari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 5-ILOVA
3) “O‘zaviatsiya” agentligi aerodrom faoliyati bo‘yicha davriylikda nazoratni amalga oshiradi ______________________________________________________
“O‘zaviatsiya” agentligi bo‘linmasi rahbari
__________
________________
(imzo)
(F.I.Sh)
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 6-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI FUQARO AVIATSIYASI AGENTLIGI CIVIL AVIATION AGENCY UNDER THE MINISTRY OF TRANSPORT OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
SERTIFIKAT
CERTIFICATE
Aerodrom Aerodrome Aerodromning joylashgan o‘rni Aerodrome location Aerodrom egasi Aerodrome Owner Sertifikat egasi Certificate Holder Sertifikatning amal qilish muddati Certificate Validity Ushbu orqali aerodrom sertifikatlash talablariga javob berishi tasdiqlanadi, shu jumladan:
XFAT (IKAO) I-toifasi bo‘yicha XFAT (IKAO) II-toifasi bo‘yicha
This certifies that the aerodrome complies with the certification requirements including: ICAO Category I RWY R; L; R. ICAO Category II RWY L. Aerodrom xalqaro parvozlar uchun yaroqli. The aerodrome may serve international flights. Kuchga kirish sanasi Effestive date
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori
_________
________________
(imzo)
(F.I.Sh)
M.O‘.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 7-ILOVA
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734-8, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 448-modda; 2008-y., 40-41-son, 417-modda; 2010-y., 20-son, 158-modda; 2012-y., 23-24-son, 272-modda, 32-son, 381-modda; 2013-y., 8-son, 111-modda; 2015-y., 3-son, 37-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1734-7/1858-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son; 07.07.2025-y., 10/25/1734-9/0569-son; 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son)