Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMI RAHBAR XODIMLARINI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-oktabr,
227-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini, shuningdek sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining attestatsiyadan oʻtkaziladigan lavozimlari roʻyxatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Attestatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
Attestatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Attestatsiya tarkibiga sogʻliqni saqlash vaziri, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari kiradi.
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
3. Quyidagilar attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sogʻliqni saqlash tizimining rahbar xodimlarini har yili attestatsiyadan oʻtkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;
sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.
4. Attestatsiya komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
II. Attestatsiya komissiyasining faoliyati
5. Attestatsiya komissiyasini rais boshqaradi. Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda attestatsiya komissiyasini attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari boshqaradi.
6. Attestatsiya komissiyasi raisi attestatsiya oʻtkaziladigan joy va muddatlarni, attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning tarkibiy roʻyxatini hamda sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir boshqa tashkiliy masalalarni belgilaydi.
7. Attestatsiya komissiyasi faoliyatini taʼminlash uchun Kotibiyat tuziladi. Kotibiyat tarkibi attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi. Kotibiyatni attestatsiya komissiyasi aʼzolaridan biri boshqaradi.
8. Attestatsiya komissiyasi kotibiyati:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyati boʻyicha buyruqlar va farmoyishlar loyihalarini tayyorlaydi;
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning shaxsiy yigʻmajildlarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining attestatsiyaga taalluqli buyruqlari va farmoyishlarini attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarga yetkazadi.
9. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari attestatsiya komissiyasi majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadilar, zarurat boʻlganda attestatsiyadan oʻtkaziladiganlar faoliyatiga taalluqli qoʻshimcha materiallar va hujjatlarni talab qilib olish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya protokolini imzolaydilar.
10. Komissiya majlislari attestatsiya komissiyasi raisi tasdiqlagan jadval boʻyicha, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
III. Attestatsiyadan oʻtkaziladigan shaxslar va uni oʻtkazish muddatlari
11. Sogʻliqni saqlash tizimining attestatsiyadan oʻtkaziladigan rahbar xodimlari lavozimlari roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. Attestatsiya har yili oʻtkaziladi.
12. Oʻrindoshlik shartlarida ishlayotgan xodimlar attestatsiyadan umumiy asoslarda oʻtkaziladi.
Quyidagilar:
tegishli lavozimda bir yildan kam ishlagan shaxslar;
homilador ayollar, shuningdek bolani uch yoshgacha parvarish qilish boʻyicha taʼtilda boʻlgan ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Koʻrsatib oʻtilgan ayollarni attestatsiyadan oʻtkazishga ular ishga chiqqandan soʻng bir yildan keyin yoʻl qoʻyiladi.
IV. Attestatsiyadan oʻtkazish talablari
13. Attestatsiya oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi buyruq uning oʻtkazilish kunidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtkaziluvchilarga yetkaziladi.
14. Attestatsiya komissiyasiga har bir attestatsiyadan oʻtkaziluvchi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
maʼlumotnoma;
maʼlumoti va ilmiy unvoni toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;
malaka oshirish toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat)lar nusxalari;
oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
maʼlumotnoma-tavsifnomalar:
respublika darajasidagi rahbarlar uchun — Sogʻliqni saqlash vazirining mutasaddi oʻrinbosaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining nazorat inspeksiyasidan;
viloyat darajasidagi rahbarlar uchun — Sogʻliqni saqlash vazirining mutasaddi oʻrinbosaridan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisidan yoki viloyat (Toshkent shahar) hokimidan, soha boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi rahbaridan;
tuman darajasidagi rahbarlar uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziridan, viloyat (Toshkent shahar) sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻidan, soha boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi rahbaridan.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtkaziluvchining mehnat faoliyati toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olish huquqiga ega.
15. Attestatsiyadan oʻtkazish talablari quyidagilar toʻgʻrisidagi xolisona bahodan iborat boʻladi:
rahbarlarning kasbiy sifatlari va ularning oʻzi boshqarayotgan tashkilotda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari boʻyicha faoliyatining yakuniy natijalari;
lavozim vazifalari, rejalar va dasturlarga muvofiq rahbar faoliyatining aniq natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy yordam koʻrsatish darajasi va sifatiga nisbatan talablarning taʼminlanishi hamda unga yuklangan ishlarda fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tibbiyot kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ular bilan ish olib borish sifati;
moddiy resurslarni boshqarish samaradorligi;
ilgʻor axborot texnologiyalarining, zamonaviy ilmiy, oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning davolash jarayoniga joriy etilishi;
davolash jarayonining taʼlim va ilm-fan bilan integratsiyasini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilik, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha bilimlarga egalik;
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi va rivojlantirilishi.
V. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
16. Attestatsiya komissiyasi majlisi attestatsiyadan oʻtkazilayotgan xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan shaxslar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisi vaqtida attestatsiyadan oʻtishlari kerak.
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan kelmagan shaxslar ogohlantiriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida attestatsiyadan oʻtkaziluvchining egallab turgan lavozimiga munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
17. Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni (materiallarni) koʻrib chiqadi, shundan keyin attestatsiyani oʻtkazadi.
18. Attestatsiyani xolisona oʻtkazish maqsadida attestatsiya komissiyasi:
attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimga uning funksional vazifalari bilan bogʻliq boʻlgan savollarni beradi;
attestatsiyadan oʻtkaziluvchi tomonidan taqdim etilgan uning xizmat faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrib chiqadi.
19. Attestatsiya komissiyasi majlisi, agar unda komissiya aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
20. Attestatsiya oʻtkazish davomida attestatsiyaning stenogrammasi yoki audio-video yozuvi yuritiladi va uning natijalari muhokama qilinadi.
VI. Attestatsiya natijalari
21. Xodimning kasbiy sifatlarini baholash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek attestatsiya komissiyasining tavsiyalari attestatsiyadan oʻtkaziluvchining ishtirokisiz, oddiy ovoz berish yoʻli bilan, attestatsiya komissiyasining majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyasi quyidagi baholardan birini qabul qiladi:
egallab turgan lavozimiga munosib;
6 oydan keyin takroriy attestatsiya oʻtkazgan holda, attestatsiya komissiyasining tavsiyalari bajarilishi sharti bilan egallab turgan lavozimiga munosib;
egallab turgan lavozimiga munosib emas.
23. Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, attestatsiyadan oʻtkaziluvchiga berilgan savollar va ularga berilgan javoblar, attestatsiya komissiyasi aʼzolari va xodim tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar, ovoz berish natijalari boʻyicha xodim faoliyatiga berilgan baho, shuningdek attestatsiya komissiyasining tavsiyalari va ularni bajarish muddatlari attestatsiyadan oʻtadigan har bir xodimga rasmiylashtiriladigan attestatsiya varaqasida (ushbu Nizomga 2-ilova) aks ettiriladi.
Attestatsiya varaqasi attestatsiya komissiyasi raisi, kotibi va uning majlisida ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
24. Attestatsiya natijalari xodimga attestatsiya komissiyasi majlisi tugashi bilanoq eʼlon qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
25. Attestatsiya natijalariga koʻra, oʻn ish kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi chiqariladi.
26. Attestatsiya natijalari boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosib emas deb eʼtirof etilgan xodimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
27. Sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
VII. Attestatsiya natijalari boʻyicha nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
28. Attestatsiya natijalari boʻyicha nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sogʻliqni saqlash tizimining attestatsiyadan oʻtkaziladigan rahbar xodimlari lavozimlari
roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Bosh boshqarmalari, boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari
Viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bosh vrachlari
Viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bosh vrachlari
Viloyatlar tibbiy diagnostika markazlarining bosh vrachlari
Tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalarining bosh vrachlari
Oldingi tahrirga qarang.
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining direktori va uning oʻrinbosarlari
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filiallarining direktorlari
Respublika davolash-profilaktika muassasalarining bosh vrachlari
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining rahbarlari
Ilmiy-tadqiqot institutlari va Salomatlik va tibbiy statistika institutining direktorlari
mazkur xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalarining bosh vrachlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi
(1-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
OITSga qarshi kurashish Respublika markazining direktori
Respublika tibbiyot markazlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari
Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Attestatsiya varaqasi
| 1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________ 2. Tugʻilgan yili (sanasi) _____________________________________________ 3. Maʼlumoti _______________________________________________________ | |||
|
(qachon, qaysi OOʻYUni, fakultetni tugatgan) | |||
| 4. Mutaxassisligi ___________________________________________________ | |||
|
(diplom boʻyicha mutaxassisligi, ixtisosi) | |||
| 5. Ilmiy darajasi, unvoni ___________________________________________ | |||
| 6. Malakasini oshirish: _______________________________________________ ____________________________________________________________________ 7. Egallab turgan lavozimi: ___________________________________________ ____________________________________________________________________ 8. Umumiy staji ____, shu jumladan rahbarlik lavozimida ________________ 9. Boshqa maʼlumotlar: ________________________________________________ ____________________________________________________________________ 10. Attestatsiyadan oʻtuvchiga berilgan savollar va uning javoblari: _________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ 11. Attestatsiyadan oʻtuvchining eʼtirozlari va takliflari: _________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ 12. Attestatsiyadan oʻtuvchi faoliyatining bahosi: __________________________ ____________________________________________________________________ 13. Ovoz berish natijalari: yoqlaganlar __________ qarshilar _______________ betaraflar ___________. 14. Attestatsiya komissiyasining tavsiyalari: _____________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ 15. Attestatsiya oʻtkazilgan sana: _________________________________ 16. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qaror ______________________ ____________________________________________________________________ | |||
| | | | |
| Attestatsiya komissiyasi raisi |
_________________________ | ||
Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| ||
| Attestatsiya komissiyasi kotibi |
| ||
| Attestatsiya komissiyasi aʼzolari |
| ||
| | | | |
| Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim: _________________________________ | |||
| | |
(sana va attestatsiyadan oʻtuvchining imzosi) | |
Nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining
___-son protokoli
___-son protokoli
| Toshkent shahri | |
200__ yil “__” ___________ | |||
| | | | | | |
| Attestatsiya komissiyasi raisi |
F.I.O. |
| |||
| Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari |
F.I.O. |
| |||
| Attestatsiya komissiyasi kotibi |
F.I.O. |
| |||
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari: |
| | |||
Attestatsiya komissiyasi 200__ yil “__”______dagi majlis yakunlari boʻyicha | |||||
|
| |||||
| T/r | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Tashkilot yoki muassasa | Ilmiy darajasi, unvoni, toifasi | Lavozimi | Attestatsiya komissiyasining xulosasi |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Attestatsiya komissiyasi raisi Attestatsiya komissiyasi kotibi |
____________________________ ____________________________ | ||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 432-modda; 2015-y., 33-son, 443-modda; 2017-y., 19-son, 342-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)