Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“DAVLAT STATISTIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 24-sentabrdagi 186 (681)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari chiqargan, ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
921-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 328-modda)