Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2009
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
QARORI
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLARNI ChIQARISh, DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA SO‘NDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-avgustda 1216-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 6-iyundagi 17/2 va 2009-31-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1216-6, 03.09.2009-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-sonli “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga doir investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2003-yil 12-fevral, ro‘yxat raqami 1216 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-iyul,
228-V-5-son
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-iyul,
04/18-371-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 338-modda)