Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INVESTITSIYa LOYIHALARI HUJJATLARINI IShLAB ChIQISh, EKSPERTIZADAN O‘TKAZISh VA TASDIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Tender, loyiha, loyiha oldi hujjatlar va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek loyihalarni amalga oshirishni boshlash uchun tayyorgarlik tartibotlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qaroriga 1-ilovada:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
b) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Loyiha Ekspertlar kengashi tomonidan ma’qullangandan keyin texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-iyun,
110-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom:
a) markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga amalga oshiriladigan (Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg‘armalari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari) investitsiya loyihalari hujjatlarini;
b) ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
v) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
e) moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Hukumat qarorlari bilan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan investitsiya loyihalari hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
investitsiya loyihasi (loyiha) — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar kompleksi;
loyihaoldi hujjatlari — qabul qilingan parametrlarga ko‘ra loyihani amalga oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini asoslab beruvchi hujjatlar yig‘indisi. Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o‘tkazish uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar va/yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul mablag‘lari jalb etilgan taqdirda) kiradi;
loyiha hujjatlari — ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-shaharsozlik yechimlari va texnik yechimlarni, qurilishning smeta qiymatini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab chiqiladi;
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) — variantlarni ko‘rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan manbalari bo‘yicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat;
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda TIA (TIH) deb ataladi) — investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati;
ishchi loyiha — cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega bo‘lgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat;
xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (keyingi o‘rinlarda XMII deb ataladi) — davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi institutlar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda XHMT deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
boshqa tarmoqlar — “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari klassifikatori”ga muvofiq davlat boshqaruvi toifasiga kiritilgan tarmoqlar;
strategik foydali qazilmalar — qimmatbaho, rangli va nodir yer metallari, uglevodorodlar, ko‘mir, uran.
4. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar tarkibi (keyingi o‘rinlarda topshiriq deb ataladi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
5. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriq loyiha tashabbuskori tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlik (idora) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
II. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibi
6. DTIA (DTIH) loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi bo‘yicha loyihalash tashkiloti yoki injiniring kompaniyasi tomonidan ishlanma yuzasidan topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
Loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiquvchi, agar faoliyatning ushbu turini amalga oshirish uchun litsenziya olish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Loyihalashtirishning sifati uchun javobgarlik ishlab chiquvchiga yuklanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
7. Tasdiqlangan DTIA (DTIH) moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni, loyihaning cheklangan qiymatini belgilash, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolari o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
8. TIA/TIH tasdiqlangan DTIA (DTIH), olingan moliyaviy takliflar yoki tuzilgan kredit va investitsiya shartnomalari, shuningdek o‘tkazilgan tanlov savdolari natijalari asosida ishlab chiqiladi.
Ishchi hujjatlar tasdiqlangan TIA(TIH)ning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi.
9. Loyihani amalga oshirish shartlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) DTIA — moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari — TIA — ishchi hujjatlar;
b) DTIH — moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari — TIH — ishchi hujjatlar;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
Hujjatlarni ishlab chiqish variantlari sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Faqat ushbu Nizomning 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha loyihaning TIA (TIH)ni loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiqmasdan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
10. Loyihani amalga oshirish variantlarini va investitsiya loyihasi hujjatlari tarkibini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) TIAni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda — investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan loyihalar bundan mustasno;
b) TIHni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda — “boshqa tarmoqlar” obyektlari va yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda;
v) ILni ishlab chiqqan holda — namunaviy va takroriy qo‘llanadigan loyihalarni qo‘llangan holda quriladigan “boshqa tarmoqlar” va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha (ushbu bandning “b” kichik bandiga to‘g‘ri keladigan hollardan tashqari), shuningdek aholi punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalarini qurishda.
III. Investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan tarkibga muvofiq, zarurat bo‘lganda, asosiy texnik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishga loyihalash tashkilotlari va injiniring kompaniyalarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
12. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) bo‘yicha xulosalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan — DTIA (DTIH) hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan idoralarning — Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining qaror topgan bozor konyunkturasi darajasiga muvofiqligi yuzasidan tarmoq xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda;
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining quyidagilar bo‘yicha xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA bo‘yicha — iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro‘yobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozori konyunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;
DTIH bo‘yicha — ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va “boshqa tarmoqlar”ni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari asosida jahon bozori konyunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda.
Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya), shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining to‘liq va mufassal spetsifikatsiyasini taqdim etish mumkin bo‘lmagan taqdirda asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan TIA(TIH)ni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi o‘z vakolatlari doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda ko‘maklashadilar;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar bo‘yicha xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA bo‘yicha — loyihaning moliya-iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini baholash, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojni aniqlash, shuningdek loyihani moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;
DTIH bo‘yicha — loyihani amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantini tanlash, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining maqbulligi, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan;
d) xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining kredit tarixini o‘rganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash va loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda. Moliyalashtirishni budjet mablag‘lari hisobiga (boshqa manbalardan foydalanmasdan) amalga oshirish nazarda tutilayotgan obyektlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankning ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, jalb etilayotgan kreditlarni to‘lash uchun mablag‘lar defitsitini budjet mablag‘lari hisobiga uzishni nazarda tutadigan DTIA (DTIH) bo‘yicha xulosalarida nazarda tutilayotgan budjet mablag‘larining maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish to‘g‘risidagi xulosalar mavjud bo‘lishi kerak.
Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris bo‘lgan tashkilot tomonidan beriladi.
Sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va og‘ir sanoatda) investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA (TIH) faqat “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti Ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasidan keyin ushbu bandda ko‘rsatilgan vakolatli organlarga ekspertiza qilish uchun kiritiladi
(12-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
13. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga DTIA (DTIH)ni tegishli tushuntirish xatini, ko‘rib chiqiladigan materiallarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan vakolatli ekspertiza organlarining xulosalarini ilova qilgan holda ikki nusxada kiritadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
14. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha loyihaning DTIA (DTIH)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjatni uch kun muddatda tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
16. DTIA (DTIH) Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan loyihaning DTIA (DTIH) har bir sahifasiga “20__ y. _______da _____-son bilan tasdiqlangan” degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qo‘yiladi. Tasdiqlangan DTIA (DTIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi esa Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentida qoladi, loyihaning TIA (TIH) tasdiqlanganda — Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limiga beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
17. Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan xarajatlar turlari bo‘yicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan, belgilangan tartibda:
a) moliyalashtirish manbalari belgilanadi va kelishiladi;
b) pudratchilarni va loyiha bo‘yicha xarid qilinadigan texnologik — asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab chiqiladi.
IV. Investitsiya loyihalarining TIA(TIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan DTIA (DTIH), tanlov savdolari natijasida tanlab olingan texnologik va boshqa asbob-uskunalar bo‘yicha takliflar asosida, moliyalashtirishning ishlab chiqilgan manbalari va shartlarini hisobga olgan holda loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya loyihasining TIA(TIH) ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tarkib bo‘yicha ishlab chiqiladi.
19. Loyihaning TIA(TIH)ni ekspertizadan o‘tkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va moliyalashtiruvchi bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ayni bir vaqtda ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan har qaysi vakolatli ekspertiza organlarining vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
20. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga TIA(TIH)ni kiritadi, unga:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qabul qilinadigan qarori loyihasini;
(20-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi zarurligini asoslaydigan ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan birgalikda tegishli tushuntirish xatini;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini;
kreditlarni to‘lashning prognoz jadvallarini (kreditlar markazlashtirilgan manbalardan jalb etilgan taqdirda);
ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini ikki nusxada ilova qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Loyiha tashabbuskori amalga oshirishda soliq va bojxona imtiyozlari yoki boshqa preferensiyalar berilishini, O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari jalb etilishini nazarda tutadigan loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan qarori loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
22. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining qabul qiladigan qarori loyihasini ko‘rib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritadi.
Loyihaning TIA(TIH)ning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari loyihani amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
23. Tasdiqlangan TIA(TIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi esa saqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasining TIA (TIH) har bir sahifasiga “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ y. _______dagi ____ -son ____ bilan tasdiqlangan” degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qo‘yiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
VI. XMII va XHMT qarz mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalarni tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi
26. XMII va XHMT qarz mablag‘lari jalb etilgan holda ro‘yobga chiqariladigan loyihalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
27. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga XMII/XHMTning baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari asosida tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz mablag‘lar miqdorini o‘z ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida takliflar kiritadilar.
Takliflarni ekspertizadan o‘tkazish ushbu Nizomning 12-bandi talablariga muvofiq har qaysi vakolatli ekspertiza organining o‘z vakolatlari doirasida ayni bir vaqtda u taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Ekspertiza organlari xulosalari olingandan keyin, loyiha tashabbuskorlari iltimosiga binoan, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan so‘rovnoma tayyorlaydi va uni XMII/XHMTga yuboradi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
XMII/XHMTning loyihani moliyalashtirish/birgalikda moliyalashtirish yuzasidan roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi.
28. Ikkinchi bosqichda loyiha tashabbuskori XMII/XHMTning baholash missiyasi hisoboti asosida TIAni ishlab chiqadi va ayni bir vaqtda ko‘rib chiqish uchun uni ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan vakolatli ekspertiza organlariga taqdim etadi.
Ekspertiza organlari xulosalari olingandan keyin TIA ushbu Nizomning IV bo‘limiga muvofiq tasdiqlanadi.
TIA(TIH) tasdiqlangandan keyin O‘zbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT o‘rtasida qarz bitimi imzolanadi.
29. Qarz bitimi imzolangandan keyin uning doirasida tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishi nazarda tutiladigan loyiha tashabbuskori tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tanlov (tender) savdolari budjetini belgilaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishib oladi.
VII. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash xususiyatlari
30. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA(TIH) ushbu bo‘limda bayon qilingan talablarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
32. DTIA (DTIH) tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun DTIA (DTIH)ni Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga va qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga kiritadi.
33. Qayta moliyalashtiruvchi bank tasdiqlangan DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda iqtisodiy samaradorlik, pul oqimlari tahlili, loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskorning moliyaviy jihatdan qodirligi, loyihaning tavakkalchiliklarini va hayotiyligini baholash, taklif etilayotgan moliyalashtirish sxemasining maqbulligi va kredit berish imkoniyati yuzasidan xulosa taqdim etadi.
34. Qayta moliyalashtiruvchi bankning xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tashabbuskorga loyihani va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etadi.
35. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning DTIA (DTIH)ni loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqish uchun Jamg‘arma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.
36. Loyihani moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) to‘g‘risidagi jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashning qarori, loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) asosida investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiqiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining TIA (TIH) sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va og‘ir sanoatda)gi loyihalar bo‘yicha “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti bilan kelishilishi kerak (investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiquvchisi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti hisoblangan hollar bundan mustasno).
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
37. Vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan loyihaning TIA(TIH) tashabbuskor tomonidan Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga kiritiladi.
Loyihaning TIA(TIH) qayta moliyalashtiruvchi bank tomonidan TIA(TIH) bo‘yicha xulosalar berish bilan ayni bir vaqtda ma’qullangan taqdirda qayta moliyalashtiruvchi bank Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga kredit olish yuzasidan belgilangan shakl bo‘yicha buyurtmanoma kiritadi.
38. TIA(TIH) kiritilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ekspert xulosasini taqdim etadi.
39. Iqtisodiyot vazirligi loyihaning TIA(TIH)ni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun Jamg‘arma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.
40. Jamg‘arma boshqaruv kengashining loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori asosida loyiha tashabbuskori loyihaning TIA(TIH)ni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
41. Vazirlar Mahkamasi loyihaning TIA(TIH) bo‘yicha tasdiqlashga tayyorlangan materiallarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan kelishish uchun belgilangan tartibda kiritadi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Vazirlik, idora rahbari
‎_____________________
‎_____________________
‎20__ y. “___” _________ ‎

“KELIShILGAN”
‎O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
___‎__________ 20__ y.
‎“___” _______________ ‎

“KELIShILGAN”
‎O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
‎____________ 20__ y.
‎“___” ______________ ‎

‎‎

‎Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashi/ dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblashini (DTIA/DTIH) ishlab chiqish uchun
‎TOPShIRIQ

‎‎_________________________________________________

(‎‎loyihaning nomi)

T/R‎ Asosiy ma’lumotlar va talablar nomi ‎ Asosiy ma’lumotlar va talablar mazmuni‎
1.‎ Buyurtmachi ‎
2.‎ DTIA/DTIHni ishlab chiqish uchun asoslar‎
3.‎ Qurilish turi‎
4.‎ Buyurtmachi rekvizitlari‎
5.‎ Loyihalash bosqichi
6.‎ Loyiha tashkiloti — bosh loyihachi nomi
7.‎ Korxonaning loyihadagi quvvati
8.‎ Loyihalashtirilayotgan korxona tarkibi
9.‎ Texnologik jarayon va asbob-uskunalarga asosiy talablar‎
10.‎ Korxonaning ish rejimi‎
11.‎ Ishlab chiqarish kooperatsiyasi Korxonaning infratuzilmasi ‎
12.‎ Tashqi transport aloqasi va ta’minot sxemasi‎
13.‎ Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari‎
14.‎ Hududlarni rekultivatsiya qilish va obodonlashtirish‎
15.‎ Qurilishning belgilangan muddatlari (yil)‎
16.‎ Komplekslarni ishga tushirish navbatini ajratish zaruriyati‎
17.‎ Muhandislik qidiruv ishlariga talablar‎
18.‎ Qurilishning alohida shartlari‎
19.‎ Loyihalashtirishning alohida shartlari‎
20.‎ Hisob-kitoblarning (kamida ikkita) variantlari‎

‎Loyiha tashabbuskori‎

‎20__ y. “___” __________ _____________‎
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sxemasi
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari.
5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Obyektni muhandislik jihatidan ta’minlash va jihozlash (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) bo‘yicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy ko‘rsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).
8. Marketing tadqiqotlari natijalari, ular:
tashqi va ichki bozorlar konyunkturasini o‘rganishga asoslangan tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, shuningdek eksport qilish imkoniyatlarini;
potensial iste’molchilar tomonidan to‘lashga qodir talab va raqobatchilar tomonidan taklif o‘rganilganligini;
mahsulotning sifat va narx ko‘rsatkichlari bo‘yicha raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlarining mavjudligini;
loyihaning eng avvalo arzon narxdagi, talab qilinadigan miqdor va sifatdagi mahalliy xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini;
asbob-uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tabiiy-iqlim, ishlab chiqarish omillari va boshqa omillarni hisobga olgan holda vatanimiz texnologiyalarini va xorijiy texnologiyalarni qiyoslash tahliliga asoslangan samarali ishlab chiqarish texnologiyasi, prinsipial texnik yechimlar tanlanganligini;
taklif etilayotgan ishlab chiqarishning maqbul hajmini;
loyihani amalga oshirish, shu jumladan uning investitsiya fazasi muddatlarini tasdiqlashi kerak.
9. Loyiha tashabbuskorining moliyaviy ahvoli va uning loyihani amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlari tahlili.
10. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
11. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIAni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
12. Xarajatlar bo‘yicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan jalb qilinayotgan mablag‘lar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.
13. Loyiha tavakkalchiliklarining tahlili.
14. Naqd pul oqimlari diskontini hisobga olgan holda, barcha investitsiyalar bazasida hisoblab chiqilgan loyihaning EMVdagi moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining, o‘zini o‘zi qoplashi muddatining, nazarda tutilgan kreditlarni qaytarishning hisob-kitoblari.
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari.
5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Obyektni muhandislik jihatidan ta’minotlash va jihozlash (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) bo‘yicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy ko‘rsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).
8. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
9. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIHni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, mo‘ljallanadigan jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
10. Xarajatlar bo‘yicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan jalb qilinayotgan mablag‘lar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.
Izoh. Ishlab turgan va yangidan foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar xarid qilishda DTIA (DTIH) tuzilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

“Kelishilgan”
‎O‘zbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi Kompleksi rahbari
‎200 yil “____”____________ ‎

‎‎“___________________________________________________” loyihasi‎

(‎‎loyihaning nomi)‎

Investitsiya loyihasining DTIAsi‎

(loyihaning nomi)‎

1. Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tdi:
Vakolatli ekspertiza organlari‎ Xulosa natijasi (tavsiya etildi/rad etildi)
Iqtisodiyot vazirligi ‎
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ‎
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎
Moliya vazirligi‎
Vakolatli bank (banklar) ‎

2. “________________________________________________” investitsiya

(loyihaning nomi‎)

loyihasining DTIAdagi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar:‎
T/r‎‏ Ko‘rsatkichlar nomi‎‏ O‘lchov birligi‎‏ Hammasi‎‏ ‎‎Moliyalashtirishning nazarda tutilgan manbalari
o‘z mablag‘lari‎ jalb qilingan mablag‘lar‎
1.‎ Loyihaning cheklangan qiymati*‎ ming AQSh dollari, mln so‘m ‎
2.‎ Kapital qo‘yilmalarning cheklangan summasi, jami‎
Shu jumladan:
‎mashina va asbob-uskunalar
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎


‎ming AQSh dollariga ekvivalent
‎‎ming AQSh dollari‎
qurilish-montaj ishlari‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
dastlabki aylanma kapital
��EMVda ‎
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollariga ekvivalent‎‎
boshqa xarajatlar
‎EMVda
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollariga ekvivalent‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlar qiymati‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
4.‎ Korxonaning quvvati, shu jumladan:
‎— ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ‎
‎— mo‘ljallanayotgan eksport hajmi
Tegishli birliklarda
5.‎ Ish bilan ta’minlanadiganlarning mo‘ljallanayotgan soni ‎ kishi
6.‎ Loyihaning hisoblangan o‘zini qoplash muddati** yil
7.‎ Investitsiya davrining davomiyligi ‎ oy
* Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan mavjud asosiy fondlar qiymati bilan birga.
** Ushbu bandlar DTIHni tasdiqlashda to‘ldirilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi (rezyume).
2. Loyihaning buyurtmachisi:
2.1. Rekvizitlar, maqomi, tarkibi;
2.2. Bozordagi ahvol, mavjud amaliy aloqalar va amaliy nufuz;
2.3. Mavjud va prognoz qilinayotgan salohiyat;
2.4. Iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar.
3. Loyiha strategiyasi (loyihani yaratish tarixi va shart-sharoitlari).
4. Marketing bozori va konsepsiyasi:
4.1. Talab va taklif;
4.1.1. Bozor tuzilmasi va tavsifi. Mahsulot tavsifi, uning bozorda raqobatga bardoshliligi;
4.1.2. Tarmoqning mavjud salohiyati, raqobatchi korxonalar, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari va muammolarini baholash, hududiy joylashtirish, mahsulot sifati;
4.1.3. Tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi roli, uning ustuvorliklari va maqsadlari;
4.1.4. Mavjud talab, uning o‘sishini prognoz qiluvchi asosiy omillar va ko‘rsatkichlar;
4.1.5. Import va uning kelgusidagi tendensiyalari, hajmi va narxlari;
4.2. Marketing konsepsiyasi, sotish prognozi;
4.2.1. Bozorlarning joylashgan joyi, bozor segmentatsiyasi;
4.2.2. Mavjud potensial mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kutilayotgan raqobat;
4.2.3. Sotish dasturi, sotishni tashkil etish;
4.3. Foydalaniladigan savdo markalari va mahsulotning patent tozaligi;
4.4. Marketing xarajatlarini baholash.
5. Moddiy resurslar:
5.1. Xom ashyo, materiallar, komponentlar tasnifi;
5.1.1. Xom ashyo bazasining mavjudligi, xomashyoning qidirib topilgan zaxiralari;
5.1.2. Xom ashyo sifatiga va uni tayyorlash usullariga qo‘yiladigan talablar, mahalliy xomashyoning texnologiyalar talablariga muvofiqligi;
5.2. Loyiha bo‘yicha ehtiyoj, materiallar va komponentlarning mavjudligi va ular bilan ta’minlash, ularning tasnifi, yetkazib berish dasturi;
5.3. Energiya resurslari bilan ta’minlash;
5.4. Bo‘lim bo‘yicha xarajatlarni baholash.
6. Obyektning joylashgan joyi:
6.1. Tanlangan uchastkaning tavsifi;
6.1.1. Xom ashyo bozorlaridan uzoqlik va tayyor mahsulotni sotish, transport kommunikatsiyalari;
6.1.2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani baholash;
6.1.3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olish, afzallik va cheklashlar;
6.1.4. Ekologiya, atrof muhitga ta’sir (umumiy axborot);
6.2. Asosiy pozitsiyalar bo‘yicha uchastkani tanlashni asoslash;
6.3. Bo‘lim bo‘yicha xarajatlarni baholash.
7. Loyihalashtirish va texnologiya:
7.1. Yillar bo‘yicha o‘zlashtirgan holda ishlab chiqarish quvvati;
7.2. Texnologiya va asbob-uskunalar;
7.2.1. Texnologiya va asbob-uskunalarni, texnologik jarayon sxemalarini tanlashni asoslash, afzalliklar va kamchiliklar, asbob-uskunalarning ishonchliligi va yetkazib beruvchining kafolati;
7.2.2. Texnologiyaning atrof muhitga ta’siri;
7.2.3. Asbob-uskunalarni joylashtirish sxemasi:
ishlab chiqarish asbob-uskunalari;
yordamchi asbob-uskunalar;
servis asbob-uskunalari;
ehtiyot qismlar, anjomlar;
7.2.4. “Nou-xau”ni berish shartlari, xodimlarni o‘qitish;
7.2.5. Mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 9000 ISO seriyasi talablariga muvofiqligini ta’minlash tadbirlari hamda ularni amalga oshirish xarajatlari;
7.2.6. Mahalliylashtirish istiqbollari (respublika hududida butlovchi buyumlar va komponentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari);
7.3. Qurilish;
7.3.1. Vaziyatli reja;
7.3.2. Bosh reja sxemasi, binolar va korpuslarning joylashishi;
7.3.3. Prinsipial hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, ularning parametrlari, alohida talablar;
7.3.4. Uchastkani tayyorlash va o‘zlashtirish;
7.3.5. Muhandislik kommunikatsiyalari;
7.3.6. Qurilish-montaj ishlarining pul ifodasidagi hajmi;
7.4. Tugallanmagan qurilishni hisobga olgan holda xarajatlarni baholash.
8. Ishlab chiqarishni tashkil etish va qo‘shimcha xarajatlar:
8.1. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi;
8.2. Qo‘shimcha xarajatlar (umumzavod, ma’muriy xarajatlar);
8.3. Bo‘lim bo‘yicha xarajatlarni baholash.
9. Mehnat resurslari:
9.1. Mehnat resurslariga ehtiyoj va ularning mavjudligi;
9.2. Kadrlarga qo‘yiladigan talablar, ularni o‘qitish zaruriyati va o‘qitishni tashkil etish;
9.3. Bo‘lim bo‘yicha xarajatlarni baholash.
10. Loyihani amalga oshirish sxemalari:
10.1. Loyihani amalga oshirish bosqichlari;
10.2. Loyihani amalga oshirish jadvali;
10.3. Loyihani amalga oshirish budjeti.
11. Loyihani amalga oshirish variantlarini moliyaviy baholash:
11.1. To‘liq investitsiya xarajatlari;
11.2. Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish mexanizmi va manbalari;
11.3. Sotilgan mahsulotlarga to‘liq chiqimlar;
11.4. Iqtisodiy samaradorlikni baholash;
11.5. Qarzga olingan mablag‘larning (ulardan foydalanilgan taqdirda) qoplanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini hisobga olgan holda moliyaviy samaradorlikni baholash, valyutaning qoplanishi;
11.6. Loyihaning asosiy tavakkalchiliklarga sezgirligi;
11.7. Sof joriy qiymat ko‘rsatkichlari va kapital qo‘yilmalar ichki qaytariluvchanligining iqtisodiy normasi;
11.8. Moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini baholash.
(11.4-11.5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qaroriasosida 11.4—11.8-bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
12. Xulosalar:
12.1. Loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari;
12.2. Qabul qilingan variantning muqobil variantlardan afzalliklari;
12.3. Noaniqlik tavakkalchiliklari va jihatlari;
12.4. Loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash.
13. “A” ilova:
“A” ilovada milliy va xorijiy valyuta xarajatini alohida aks ettirgan holda erkin shaklda moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar sxemalari, shu jumladan quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
13.1. Asosiy kapitalga investitsiyalar;
13.2. Ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlar;
13.3. Sotilgan mahsulotlarga chiqimlar;
13.4. Sof aylanma kapitalga ehtiyoj;
13.5. Moliyalashtirish manbalari va rejasi;
13.6. Qarzga olingan mablag‘lardan foydalanish va ularni qaytarish;
13.7. Soliq solishning amaldagi tizimini va majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda mavjud mablag‘lar (aniq pullar) oqimi;
13.8. Mavjud mablag‘larning diskontlangan oqimi;
13.9. Diskont foyda;
13.10. Foyda va zararlar prognozi;
13.11. Prognoz qilinayotgan balans.
14. “B” ilova:
“B” ilovada tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
14.1. Yuridik hujjatlar:
korxona ustavi va ta’sis shartnomasi;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, agar faoliyat turi maxsus litsenziyalar talab qilinadigan faoliyatning alohida turlari ro‘yxatiga kirsa;
rahbarlar, asosiy menejyerlar, direktorlar kengashi, korxona aniq mulkdorlarining qisqacha biografik ma’lumotlari;
14.2. Kontrakt hujjatlari:
asbob-uskunalar yetkazib berish yoki obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan kontrakt;
qurilish pudrati va qurilishni moddiy ta’minlash shartnomasi;
xomashyo, butlovchi buyumlar yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni xarid qilish shartnomasi (mo‘ljallar protokoli);
loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartnomalar;
14.3. Smeta hujjatlari va moliyaviy hujjatlar:
qurilishning smeta hujjatlari;
korxona (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha bo‘yicha garantlar)ning oxirgi uch yil uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan to‘liq buxgalteriya (har choraklik) hisobotlari;
boshqa banklardagi hisob raqamlari, qarz mablag‘lari va ularni qaytarish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
xorijiy sheriklar (muassislar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar – oxirgi ikki yil uchun xalqaro standartlar bo‘yicha (taniqli auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan) yillik hisobot;
14.4. Ekspert hujjatlari va boshqa hujjatlar:
tanlangan texnologiya va texnologiya asbob-uskunalari bo‘yicha idoradan tashqari ekspertiza (“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi), mustaqil konsalting tashkilotining xulosalari;
(14.4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
sotib olinadigan asbob-uskunalarning texnik pasportlari va ularning tanlov asosida tanlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
kadastr (garovga beriladigan yer hamda bino va inshootlar kadastri) va mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
asosiy ishlab chiqarish binolarining texnologiya asbob-uskunalari joylashtirilgan holdagi sxemasi;
14.5. Tayyor mahsulotni sotish va xomashyo, materiallar xarid qilish marketing tadqiqotlari bo‘yicha hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Texnik-iqtisodiy hisoblashni ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy asoslashlar tarkibidan quyidagi bandlar va kichik bandlar chiqarib tashlanishi kerak: 2.2, 2.3, 2.4, 4 (kichik bandlar bilan), 5.1 (kichik bandlar bilan), 5.2, 6.1.1, 6.1.2, 7.1, 7.2 (kichik bandlar bilan), 8 (kichik bandlar bilan), 11.3, 11.5, 11.8, 12.3, 13.2, 13.3, 13.4, 13.9, 13.10, 13.11, 14 (“B” ilova).
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
T/r‎‏ Ko‘rsatkichlar nomi‎‏ O‘lchov birligi‎‏ Hammasi‎‏ Shu jumladan:‎‎
budjet‎ kreditlar, shu jumladan xorijiy qarzlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi‎ markazlashtirilmagan mablag‘lar (o‘z mablag‘lari)‎
1.‎ Loyihaning umumiy qiymati ‎ ming AQSh dollari‎
2.‎ Kapital qo‘yilmalar summasi, hammasi‎ ming AQSh dollari‎
Shu jumladan:
‎mashinalar va asbob-uskunalar
‎EMVda
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
qurilish-montaj ishlari‎ ming AQSh dollari ekvivalenti‎
investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar‎ A�Sh dollari ekvivalenti ‎‎
dastlabki aylanma kapital
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
boshqa xarajatlar
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlar qiymati ‎ ming AQSh dollari ekvivalenti‎
4.‎ Korxona quvvati, shu jumladan:
‎yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi
‎mo‘ljallanayotgan yillik eksport hajmi‎

‎‎Tegishli birliklarda

5.‎ Ish bilan ta’minlanayotganlarning mo‘ljallanayotgan soni ‎

kishi

6.‎ Loyihaning hisoblangan o‘zini qoplashi muddati*

‎‎yil

7.‎ Investitsiya davri muddati ‎

‎‎oy

8.‎ Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati ‎

‎‎ming dollar (ekvivalentda)

9.‎ Kreditni va boshqa qarzga olingan mablag‘larni taqdim etish muddati ‎

‎‎yil

shu jumladan valyuta mablag‘larini qaytarish muddati‎

‎‎yil

* TIHni tasdiqlashda to‘ldirilmaydi.
(6-ilovaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 62-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarorining 4-bandi va qarorga 2-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qarori) 2007-yil 3-yanvardagi 5-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 3-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari) 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 238-modda; 2008-y., 20-21-son, 176-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2017-y., 34-son, 890-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)