|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.10.2009
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“BANKLARNI RO‘YXATGA OLISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-iyulda 630-9-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 17-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-sonli “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 4-bo‘limiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-iyul,
15/3-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 220-modda)