|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.10.2009
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
“BANKLARNI ROʻYXATGA OLISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TOʻFRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻFRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda 630-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2014, 08.10.2009-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-aprel,
9/18-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 20-apreldagi
qaroriga 1-ilova
(9/18-sonli bayonnoma)
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 20-apreldagi
qaroriga 1-ilova
(9/18-sonli bayonnoma)
“Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomga oʻzgartirishlar
Nizomga oʻzgartirishlar
1. Kirish qismidagi “boshqa qonunlarini hamda qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 5-6-son, 38-modda) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan oʻzgartirilsin.
2. 5.9-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiy bank ustav kapitalining eng kam miqdori 1,25 mln. AQSh dollari miqdorida belgilanadi va faoliyatining dastlabki uch yili davomida oʻzgartirilmaydi”.