Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2021
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING 2005 YILDA MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA 2006 YILDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING ENG MUHIM USTUVOR YO‘NALIShLARIGA BAG‘IShLANGAN VAZIRLAR MAHKAMASINING 2006 YIL 10 FEVRALDA BO‘LIB O‘TGAN YIG‘ILIShIDAGI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING 2006 YIL 24 FEVRALDA O‘TKAZILGAN BEShINChI YaLPI MAJLISIDAGI “MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING QONUNIY ASOSLARINI MUSTAHKAMLASh – FAOLIYATIMIZ MEZONI BO‘LIShI DARKOR” MA’RUZALARINING ASOSIY QOIDALARINI AMALGA OShIRIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLARNI BAJARIShGA OID O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI HARAKAT DASTURINING 10-BANDINI AMALGA OShIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Senat qo‘mitalari va komissiyalarining nazorat faoliyatini amalga oshirish masalalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borishini ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etishdagi ishlar muvofiqlashtirilishini takomillashtirish, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 154-II-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 550-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 154-II-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 550-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan Tavsiyalar ma’qullansin.
4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi o‘z reglamentlari va nizomlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Namunaviy reglamenti va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. Sobirov
Toshkent sh.,
2006-yil 8-iyun,
173-I-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 154-II-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 550-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 154-II-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 550-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 362-modda; 2010-y., 12-son, 550-modda)