|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BO‘YIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1325-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16, 2004-13-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2004-yil 15-mart, ro‘yxat raqami 1325 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-mart,
28-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-mart,
2007-24-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 124-modda)