Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh SOHASIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARINING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PF-4148-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlashga oid keyingi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 12-yanvardagi PQ-565-sonli qaroriga muvofiq:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlarining amal qilishi ilovaga* muvofiq 2013-yilning 1-yanvariga qadar toʻxtatib turilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir hafta muddatda mazkur qaror ilovalarida koʻrsatilgan qonun hujjatlarining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turishdan kelib chiqqan holda idoraviy normativ hujjatlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti markaziy apparati, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-fevral,
PQ-586-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 62-modda)