Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiNING
Qarori
LOTEREYa, TOTALIZATORLAR VA TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN BOShQA OʻYINLARNI TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YuRIDIK ShAXSLARNING YaLPI TUShUMIDAN YAGONA SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 26-avgustda 1234-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 15-iyundagi PQ–100–sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 4-apreldagi 51 va 2003-42-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereya, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga (2003-yil 21-aprel, roʻyxat raqami 1234 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-avgust,
80-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-avgust,
48-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 267-modda)