Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2009
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI
MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLARNI ChIQARISh, DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA SO‘NDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-martda 1216-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 6-iyundagi 17/2 va 2009-31-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1216-6, 03.09.2009-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-56-sonli qarorini va 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3618-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risida nizomga (2003-yil 12-fevral, ro‘yxat raqami 1216-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, fevral, 3-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-fevral,
228-V-3-son
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi bosh direktori M. YuNUSMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-fevral,
2006-02-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 79-modda)