|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1097-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvarda 7 va 2002-8-son qaror bilan tasdiqlangan Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1097 — Normativ hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 121-modda; 2005-y., 5-6-son, 41-modda; 41-42-son, 324-modda) 1 bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Yo‘riqnoma soliq solishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatilgan to‘lovchilarning ayrim toifalariga tatbiq etilmaydi, agar ularda qonun hujjatlariga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar paydo bo‘lmasa”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
10-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
2007-05-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4—6-son, 50-modda)