|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.09.2009
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI hUZURIDAGI QIMMATLI QOg‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Buyrug‘i
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI AKSIYALARI ChIQARILUVINI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA ChIQARILUVNI BEKOR QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 20-yanvarda 1159-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2000, 30.08.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 7-iyunda tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat ro‘yxatiga olish va chiqariluvni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 10-iyul, ro‘yxat raqami 1159) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish
va nazorat qilish markazi bosh direktori M.S. YuNUSMATOV
va nazorat qilish markazi bosh direktori M.S. YuNUSMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-dekabr,
2005-17-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 21-modda)