|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2006—2008 YILLARDA TO‘QIMAChILIK KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 13 NOYABRDAGI PQ-510-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda to‘qimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 77-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish ekspert kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 25-oktabrdagi 235-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-dekabr,
262-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 514-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)