Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2009
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR
BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh
MARKAZINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLARNI ChIQARISh, DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA SO‘NDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-noyabrda 1216-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 6-iyundagi 17/2 va 2009-31-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1216-6, 03.09.2009-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risida nizomga (2003-yil 12-fevral, ro‘yxat raqami 1216) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
228-V-4-son
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
2006-12-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 449-modda)