Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.09.2024

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat mulkini boshqarish

va tadbirkorlikni qo‘llab-

quvvatlash davlat qo‘mitasi

raisi birinchi o‘rinbosari

A.Abduqodirov

1997-yil 31-mart

Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada bo‘lishi
tartibi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22-sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini (negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari bo‘lgan) chiqarish va muomalada bo‘lish tartibini belgilaydi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari (bundan buyon matnda QQH deb yuritiladi) — o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar;
opsion — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat’iy belgilangan narx bo‘yicha sotib olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) — qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozlarning muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
bazis aktivi — QQHning negizida bo‘lgan va qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari;
QQHning amal qilish muddati — QQHni saqlovchisi o‘zining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan davr (yoki aniq sana);
QQHning xaridori (saqlovchisi) — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) o‘ziga oluvchi shaxs;
QQHning sotuvchisi — QQHning xaridori talabiga ko‘ra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini o‘ziga oluvchi shaxs;
global sertifikat — yagona sertifikat uchun talab qilinadigan barcha rekvizitlarni, ushbu QQHning emissiyasi va muomalasining umumiy shartlarini o‘zida jamlagan QQH butun chiqarilishini (yoki chiqarishning bir qismini) hujjatsiz shaklda rasmiylashtiradigan hujjat;
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
(1.2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
II. QQHni chiqarish va muomalada bo‘lishi tartibi
2.1. O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan QQH yo‘l qo‘yiladi.
2.2. QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:
hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);
egasining nomi yozilgan;
QQH sinflar va seriyalarga bo‘linadi.
2.3. QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular bo‘yicha majburiyatlarni o‘z nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi (mazkur Tartibning 2.10 bandiga muvofiq) bir vaqtning o‘zida varrant negizida yotuvchi qimmatli qog‘ozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2.4. QQHda ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
2.5. Bazis aktivining tasnifi quyidagi ma’lumotlardan tarkib topishi kerak:
qimmatli qog‘oz turi (xili, toifasi);
qimmatli qog‘oz nominali;
birligi uchun narxi;
soni;
emitenti;
umumiy qiymati;
qimmatli qog‘ozning turiga qarab boshqa tavsiflar.
OPSIONLARNI CHIQARISH
2.6. Opsionlar opsion emitentining avval chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni ham uchinchi shaxslarning qimmatli qog‘ozlarini ham sotib olish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Opsion saqlovchisi o‘zining sotib olish (sotish) huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin.
2.7. Opsionlarning chiqarilishiga (varrantlardan tashqari) bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lganda yo‘l qo‘yilmaydi.
2.7.1. Sotishga opsion (put-opsion) — opsion saqlovchisiga QQHning bazis aktivi tavsifida ko‘rsatilgan bazis aktivini kelajakda sotish huquqini beradi.
2.7.2. Sotib olishga opsion (koll-opsion) — QQHda belgilangan shartlar asosida bazis aktivini kelajakda sotib olish huquqini beradi.
2.8. Mukofot deb ataladigan opsion narxi xaridor tomonidan sotuvchiga opsionning oldi-sotdi shartnomasiga asosan to‘lanadi.
2.9. Opsion quyidagi zaruriy rekvizitlarni o‘z ichiga olish lozim (1-son ilova*):
nomini “sotib olishga opsion” yoki “sotishga opsion”;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va raqamini;
opsion ko‘chirmasi sanasini;
opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
bazis aktivini sotish (sotib olishga opsion uchun) yoki sotib olish (sotishga opsion uchun) bo‘yicha emitentning majburiyatini;
opsionning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
bazis aktivining tasnifini;
emitentning imzosi.
(2.9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
2.91. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.
Agar aksiyadorlik jamiyatining e’lon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a’zolariga mukofotni yoki rag‘batlantirish to‘lovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta’sis etish chog‘ida to‘liq to‘langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo‘ladi.
2.10. Varrant opsionning alohida turi hisoblanib, u saqlovchisining muayyan muddat oralig‘ida (yoki aniq kunda) varrant emitenti tomonidan birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog‘ozlarga bog‘langan varrantlar chiqarilishi bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar bilan birga amalga oshiriladi. Bunda varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bitta chiqarilishi, varrantlarning faqat bitta chiqarilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
2.11. Varrantlarni:
avval chiqarilib, uchinchi shaxslarga egaligida bo‘lgan yoki emitent tomonidan qaytarib sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha;
bazis aktivining narxi qimmatli qog‘ozlarning (obligatsiyalardan tashqari) nominal qiymatidan past bo‘lganda chiqarish taqiqlanadi.
2.12. Varrantlarning emitenti varrantlarning birinchi saqlovchilari uchun varrantlarni sotib olishda teng narx shartlari, bu esa varrantlarning saqlovchilari qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan varantlar bilan tasdiqlangan yagona narxni belgilashni anglatadi. Bunda varrantlar saqlovchilari uchun qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish narxi varrantlarga ega bo‘lmagan investorlar uchun joylashtirish narxidan farq qilishi mumkin.
2.13. Varrant quyidagi zaruriy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi lozim (2-son ilova*):
nomi “varrant”;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va raqamini;
varrant ko‘chirmasi sanasini;
varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
bazis aktivini sotish bo‘yicha emitentning majburiyatini;
varrantning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
bazis aktivining tasnifini;
varrant xaridorining nomini (egasining nomi yozilgan varrant uchun);
varrant emitentining imzosi.
(2.13-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
FYUCHERSLARNI CHIQARISH
2.14. Bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lgan fyucherslar chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fyucherslar ularning emitenti tomonidan avval chiqarilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarini ham uchinchi shaxslarning qimmatli qog‘ozlarini ham sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlashi mumkin.
2.15. Fyucherslar qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish yoxud kelgusida muomalada bo‘lishi uchun sotish (qaytarish bitim) yo‘li bilan bajarilishga majburiydir.
2.16. Fyuchers quyidagi zaruriy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi lozim (3-ilova*):
nomi “fyuchers”;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va raqamini;
fyuchers ko‘chirmasi sanasini;
fyuchers turini (sotib olishga yoki sotishga);
fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
emitentning bazis aktivini sotish (sotib olish) majburiyatini;
fyuchersni bajarish sanasi;
bazis aktivining tasnifini;
fyuchers emitentining imzosi.
(2.16-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
III. QQHni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
3.1. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi tijorat banklari, sug‘urtalovchilar, birjalar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xo‘jalik birlashmalarining QQHning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Agentlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
3.2. Qolgan hollarda, QQHning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Agentlikning emitent yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. QQH keyingi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish emitent dastlabki tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tgan organda amalga oshiriladi.
(3.2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
3.3. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror amaldagi qonunchilik hujjatlari va ustavga muvofiq tegishli vakolatga ega QQH emitentining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan chiqarilish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari tasdiqlanishi lozim.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.4. QQHni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tegishli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati;
QQHni chiqarish to‘g‘risida qaror;
QQHning emissiya risolasi (QQH ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
ikki asl nusxada QQH blankasining namunasi (QQH hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);
QQHni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma, agarda QQHni chiqarish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma (ikki nusxada);
(3.4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQHning emissiya risolasi tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma, agarda QQHni chiqarish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma (ikki nusxada);
(3.4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi bankning to‘lov o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgisi qo‘yilgan to‘lov hujjati;
QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun belgilangan yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) bankning to‘lov o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgisi qo‘yilgan holda.
(3.4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.5. QQHning emissiya risolasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
emitent, uning ta’sischilari (aksiyadorlari) haqida to‘liq ma’lumotni;
QQH emitentining oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini;
QQHning chiqarilayotgan miqdorini;
QQH chiqarish va muomalasi tartibini;
bazis aktivining tasnifini;
emitentning QQH saqlovchilari oldidagi majburiyatini;
QQH saqlovchilarining huquqlarini.
3.7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga quyidagi hollarda haqlidir:
QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar hamda ulardagi ma’lumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq bo‘lganda;
(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yig‘imlar to‘lanmaganda;
(3.7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarishga bo‘lgan huquqning yo‘qligi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga ko‘ra QQXning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qarori QQH chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.
3.9. QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha emitentning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(3.9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faqatgina QQH chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘liqligiga uchun javob beradi hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartib bilan o‘rnatilgan QQHni chiqarish qoidalarini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.12. Taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lmagan taqdirda QQHni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning har bir nusxasiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va QQHning chiqarilishiga berilgan davlat ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi.
Davlat ro‘yxat raqamini berish, shuningdek Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestriga yozuvlar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3.12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.13. QQHning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin QQHni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi QQHning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. QQHni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud bo‘lganda hujjatning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega bo‘ladi.
3.14. Opsionlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, emitent:
ikki oylik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq opsionlarga (shu jumladan varrantlarga) buyurtma beradi va tayyorlaydi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborotni oshkor qiladi.
(3.14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Emitent ushbu chiqarilishdagi QQHning barcha potensial xaridorlarini bir xil xabardorligini ta’minlashi lozim.
3.15. Emitent tomonidan varrantlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, ular qaysi qimmatli qog‘ozlarga chiqarilayotgan bo‘lsa, ushbu qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bir vaqtda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi.
(3.15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.16. Sotib olish fyucherslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun emitent bazis aktivi summasining 20% miqdorini hisob-kitob kliring palatasidagi o‘z hisobida deponentga qo‘yilganligi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotnomani taqdim etishi shart.
3.17. Emitent davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi vakolatli organ bilan kelishgan holda majburiy rekvizit tarkibiga, amaldagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartibga zid bo‘lmagan QQHning boshqa shart va rekvizitlarni kiritishi mumkin.
(3.17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.18. QQH blanklari qimmatli qog‘ozlar blanklari uchun belgilangan barcha talablarni qondirishi shart va qalbakilashtirishga qarshi yetarli himoya darajasiga ega bo‘lishi lozim (fyucherslar bundan mustasno). QQH — opsionlar va varrantlarning blanklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi.
IV. QQHning muomalasi
4.1. Opsionlarnig (shu jumladan varrantlarning) muomalasi birja ham birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Fyucherslar bilan operatsiyalar faqatgina birja bozorida amalga oshirilishi mumkin.
4.2. Qimmatli qog‘ozlarning tashkillashtirilgan savdolarida QQHga doir bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. QQHga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4.3. Hujjatsiz shakldagi QQH bo‘yicha talab qilish huquqini boshqaga o‘tkazish QQH saqlovchisining topshirig‘i asosida depo hisobvarag‘iga tegishli yozuvlarni kiritish orqali rasmiylashtiriladi.
4.5. Blankali nomi yozilgan QQH bo‘yicha talab qilish huquqini boshqalarga keyingi (birinchi bitimdan so‘ng) o‘tkazilishi ushbu QQH blankalarining orqa tarafida yoxud raqamlangan va tikilgan qo‘shimcha varaqlar –– allonjlarda rasmiylashtiriladi. Bunda o‘z huquqini boshqaga berayotgan shaxs (sedent) va boshqaning huquqini o‘ziga olayotgan shaxs (sessionar) o‘rtasida ikki tomonlama kelishuv (sessiya) tuzilishgan bo‘lishi kerak. Sessiya vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. Sessiyani rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada* keltirilgan.
(4.5-band O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4.6. QQHning sotuvchisi QQHning saqlovchi tomonidan QQHda ko‘rsatilgan muddatda sotib olish QQH taqdim etilganda QQHda ko‘rsatilgan bazis aktivini sotish to‘g‘risida, yoxud sotish QQH taqdim etilganda QQHda ko‘rsatilgan bazis aktivini sotib olish to‘g‘risida QQHning saqlovchisi bilan shartnoma tuzishi shart.
4.7.QQHning saqlovchisi o‘zining huquqidan QQHda ko‘rsatilgan muddatdan keyin foydalangan (QQHni emitentga taqdim etgan) bo‘lsa, QQHning emitenti bunday huquqni QQHning saqlovchisi tomonidan realizatsiya qilinishini rad etish huquqiga ega.
4.8. QQHda belgilangan shartlardan boshqa shartlarda bazis aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish QQHda belgilangan majburiyatlar bajarilishi deb hisoblanmaydi.
4.9. Quyidagilar taqiqlanadi:
haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan QQHning oldi-sotdisi;
bitimni (sessiyani) rasmiylashtirish vaqtida sotuvchining mulki bo‘lmagan QQHni sotish;
QQHni uni amal qilish muddati tugaydigan kunda sotish.
V. Hisobot va javobgarlik
5.1. QQHning emitenti va emitent bilan tuzilgan kelishilgan holda QQHni birinchi egalariga sotadigan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari har bir xaridorga, ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotib olgunga qadar, ularni chiqarish va muomalada bo‘lish shartlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib berishi shart.
5.2. Agentlik qimmatli qog‘ozlar muomalasi to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Tartib talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan QQH emissiyasi jarayoni ustidan joriy nazoratni olib boradi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5.3 Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi pul mablag‘larini depozit qilish to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilganligi uchun javobgarlik bo‘ladi.
5.4. Emitent va QQHning saqlovchisi Agentlikka belgilangan muddatda QQH chiqarilishi (muomalada bo‘lishi) holati to‘g‘risidagi so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
(5.4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
5.5. Mazkur Tartib talablarini bajarmagan, to‘liq yoki o‘z vaqtida bajarmagan, shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holatida emitent va QQHning saqlovchisi belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(5.5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5.6. Adliya vazirligi tomonidan 24.10.1994-yilda 110-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat mulki ulushi sotilishiga Davlat mulki qo‘mitasi opsioni, shuningdek hamkorlarga erkin sotish va tasarruf etish uchun nazarda tutilgan ulush haqida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.