Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son va “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarorlariga muvofiq, shuningdek davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aksiyalar (ulushlar) davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
ikki oy muddatda Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Respublika biznes-maktabida korxonalarning strategik rejalashtirish, moliya menejmenti, sotish bozorini segmentlashtirish masalalari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻrta va yuqori boʻgʻin menejerlarini, shuningdek korxonalarning ichki auditi xizmatlari xodimlarini tayyorlash boʻyicha oʻquv-amaliy dasturni joriy etsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat korxonalari va muassasalarini hisobga olish va ularning reyestrini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning asosiy qoidalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-oktabr,
215-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida ichki auditni tashkil etishga qoʻyiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Mazkur Nizom talablari tijorat banklariga va budjet tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki audit — korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yoʻli bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining toʻliqliligi va ishonchliligini taʼminlash, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi boʻyicha korxona tarkibiy boʻlinmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ichki audit xizmati — mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi.
II. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan taʼminlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boʻyicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
4. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishli tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʻyicha);
Oldingi tahrirga qarang.
tuziladigan xoʻjalik shartnomalarining qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy boʻlinmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonunchilik masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga koʻmaklashish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/280/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonaning shuʼba xoʻjalik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va zaruratga qarab ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
III. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari
5. Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, maʼlumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va masʼul shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki auditni oʻtkazishga koʻmaklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki auditni amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonunchilik talablariga rioya qilish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mazkur Nizomning 13—18-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
moliya va statistika hisoboti koʻrsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan oʻtkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki audit xizmati qonunchilikka va korxonaning taʼsis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritilishi va ichki auditor sertifikatiga ega boʻlish shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuv kengashi yoki muassis (aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, ishtirokchilar umumiy yigʻilishi) tomonidan belgilanadigan tartib va shartlarga asosan tanlov asosida tayinlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va vazifalarini hal etish uchun yetarli boʻlishi kerak hamda korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan sertifikatsiyalangan ikki nafardan kam boʻlmagan ichki auditordan iborat etib belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ichki audit xizmatiga ichki auditor sertifikatiga ega boʻlgan uning rahbari boshchilik qiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi.
9. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan taʼlim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
10. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
V. Ichki audit xizmatining mustaqilligi
11. Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi:
ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining qarorlari boʻyicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa toʻlovlarni belgilash;
korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita boʻysunish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki audit xizmati va tashqi auditor bir-birlariga nisbatan mustaqil boʻlishlari lozim, shuningdek, oʻzaro axborot almashishga va oʻzlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga haqli.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
VI. Ichki audit oʻtkazishga va uni oʻtkazish natijalari boʻyicha yigʻma hisobot tuzishga qoʻyiladigan talablar
12. Ichki audit:
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
korportiv boshqarish prinsiplariga rioya qilinishini;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishini;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/280/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishini;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aktivlarning holatini;
ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yoʻli bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonunchilikka muvofiq tekshirishni oʻtkazishning boshqa yoʻnalishlari belgilanishi mumkin.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha bevosita uni oʻtkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi.
Bunda:
a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
uning bajarilishining miqdor va sifat koʻrsatkichlari tahlili;
uning bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar shaxsan koʻrsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni;
b) korporativ boshqarish prinsiplariga rioya qilishni tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
korxona boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaraliligi, uning qatnashchilari (muassislar)ning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;
Oldingi tahrirga qarang.
korporativ boshqarish sohasida qonunchilik buzilishi holatlari bayoni (taʼsis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yigʻilishlar va korxona boshqaruv organlari majlislari oʻtkazilishi, dividendlar toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi va hokazolar);
(13-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
v) korxonaning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va majburiy toʻlovlar hisob-kitobi toʻgʻriligini baholash;
soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;
(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/280/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishda korxona tomonidan qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;
ichki audit davomida aniqlangan korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonunchilikka nomuvofiqligini bayon qilish;
(13-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
e) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
ichki nazorat tizimini va uning faoliyat koʻrsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etish;
korxona tarkibiy boʻlinmalaridagi ijro intizomining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar.
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan oʻtkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Shuningdek oʻtkaziladigan tekshirishlar boʻyicha barcha hisobotlarda korxona ijro etuvchi organi va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning toʻliq paketini oʻz ichiga oladigan yakuniy qism boʻlishi kerak.
14. Oʻtkazilgan ichki audit yakunlari boʻyicha, mazkur Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yigʻma hisobot tuziladi.
15. Yigʻma hisobot:
tahliliy qismni;
yakuniy qismni;
tasdiqlaydigan hujjatlarning toʻliq paketini oʻz ichiga olishi kerak.
16. Yigʻma hisobotning tahliliy qismi mazkur Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq, ichki audit xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni oʻz ichiga olishi kerak.
17. Hisobotning yakuniy qismi:
korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy bahoni;
aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish boʻyicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni oʻz ichiga olishi kerak.
18. Yigʻma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi zarur.
19. Yigʻma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning koʻrib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.
20. Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
21. Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va zarur darajada bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatishi kerak.
VII. Ichki audit xizmatining javobgarligi
22. Ichki audit xizmati xodimlari:
oʻzlari oʻtkazgan tekshirishlar natijalari buzib koʻrsatilganligi;
ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ularga maʼlum boʻlgan korxonaning sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi taʼminlanishi uchun javob beradilar.
23. Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qonunni buzishlarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi.
24. Korxonaning kuzatuvchi kengashi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Korxonaning kuzatuv kengashi ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlaydi, shuningdek, auditorlik yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvida ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning vakolatini muddatidan oldin tugatadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/538/0862-son — 2022-yil 30-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
242. Auditor yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvi natijasiga koʻra aniqlangan korxona ichki audit xizmati faoliyati bilan bogʻliq kamchiliklar ichki audit xizmati xodimlari (xodimi) vakolatini muddatidan oldin tugatishga olib keladi.
(242-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari, boshqa xoʻjalik jamiyatlarining ulushlari (keyingi oʻrinlarda davlat aktivlari deb ataladi) davlat manfaatlarini taʼminlash uchun mazkur Nizomga muvofiq belgilanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga — ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga beriladi.
2. Ishonchli boshqaruvga berilishi kerak boʻlgan davlat aktivlari uchinchi shaxslarning huquqlari bilan biriktirilmasligi yoxud istalgan boshqa shaklda begonalashtirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi);
munitsipal mulk jumlasiga kiruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son qarori bilan belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalarning davlat aksiyalar paketini (ulushini) ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
II. Davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish tartiboti
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat aktivlari vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga — investitsiya avtivlarini ishonchli boshqaruvchilarga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat aktivlarini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berish ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan vakolatli organlarning qarorlariga asosan “E-auksion” elektron savdo platformasining elektron onlayn-auksion vositasida tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishonchli boshqaruvchilardan arizalarni qabul qilish va tanlovni oʻtkazish tartibi Davaktiv agentligi tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish huquqi:
respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha uning boshqarish muassisi, foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligi hamda ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida;
munitsipal mulk jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq vujudga keladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ishonchli boshqarish shartnomasi tasdiqlangan yillik biznes-rejalarni bajarish sharti bilan besh yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi va quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
tomonlarning nomi;
shartnoma mavzusi, davlat aktivlari roʻyxati va tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
shartnomaning amal qilish muddati va uni uzaytirish imkoniyati;
davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish tartibi;
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan hisobotlar taqdim etilishi muddatlari;
ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarni begonalashtirish shartlari;
ishonchli boshqaruvchini taqdirlash miqdori va shakli;
ishonchli boshqaruv toʻxatilgan taqdirda davlat aktivlarini oladigan shaxs;
tomonlarning javobgarligi;
shartnoma amal qilishini toʻxtatish uchun asoslar va shartlar;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga cheklovlar (davlat aktivlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga berilgan taqdirda);
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Ishonchli boshqaruvchiga — yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlari qiymati nominal qiymati boʻyicha uning balansdan tashqari hisob raqamlarida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat aktivlarining boshqaruv muassislari davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bu haqda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini xabardor qilishi shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi ikki ish kuni mobaynida:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketlari uning boshqaruv muassisining “depo” hisob raqamida ishonchli boshqarish huquqini olgan shaxsning subhisob raqamiga oʻtkazilishini;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
uning ishonchli boshqaruv huquqini olgan shaxs tomonidan tasarruf etilishi imkoniyatini istisno etadigan koʻrsatib oʻtilgan aksiyalar paketlarini blokirovka qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davaktiv agentligi tomonidan boshqariladigan, shuningdek ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketlarini saqlash va ularni “depo” hisob raqamiga oʻtkazish boʻyicha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun Davaktiv agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davaktiv, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasidan haq toʻlanadi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa davlat aktivlarini boshqaruv muassisining davlat aksiya paketlarini saqlash va ularni “depo” hisob raqamiga oʻtkazish boʻyicha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun haq ushbu subyektlar tomonidan toʻlanadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
III. Ishonchli boshqaruvchining maqomi, huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
12. Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga muvofiq ishonchli boshqaruvga olingan davlat aktivlariga nisbatan barcha yuridik va amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish, begonalashtirish va undan garov sifatida foydalanish bundan mustasno;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tuzilgan shartnoma shartlariga va unga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlari miqdoriga muvofiq kuzatuvchi kengash aʼzosi va jamiyat qatnashchisi sifatida oʻzining barcha vakolatlaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma shartlariga va qonunchilikka muvofiq taqdirlanish, davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bundan mustasno.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Ishonchli boshqaruvchi xoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladigan joriy faoliyatga aralashishga haqli emas.
14. Ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:
Davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvi shartnomasi boʻyicha foyda oluvchi hisoblangan davlatning manfaatlarini ifodalash;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foyda hajmini koʻpaytirish va uni taqsimlashda davlatning manfaatlariga rioya qilish maqsadida davlat aktivlari miqdori bilan beriladigan huquqlar doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan yagona strategiyani amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldida, ish haqi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash boʻyicha uning tomonidan boshqarilayotgan korxonaning qarzdorligi paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ijro etuvchi organning faoliyati, uning tomonidan biznes-reja bajarilishi, jamiyatning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, davlat aktivlari boʻyicha hisoblangan dividendlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻz vaqtida toʻlash ustidan zarur darajada nazorat qilishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xoʻjalik jamiyati boshqaruvi organlariga yoki sudga murojaat qilish yoʻli bilan davlat aktivlariga nisbatan davlatning manfaatlari (huquqlari) buzilishi bartaraf etilishini talab qilish, davlat manfaatlari buzilishini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash uchun ijro etuvchi organ tomonidan ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik jamiyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha, ish haqi boʻyicha qarzdorlik paydo boʻlganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-reja parametrlari bajarilmaganda jamiyatning kuzatuvchi kengashiga ijro etuvchi organ rahbarining ishlarini baholash hamda u bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar (qatnashchilar)ning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish masalasini kiritish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
davlat aktivlarini hech bir shaklda begonalashtirmaslik, boshqa shaxslarning majburiyatlarini biriktirmaslik va ulardan garov sifatida foydalanmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat muassisi (qatnashchisi) boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashish (taʼsis etish), ularni tugatish, qayta tashkil etish boʻyicha jamiyatning niyatlari, shuningdek jamiyatning moliya-xoʻjalik holati, boshlanishi jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini yomonlashtirishi va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan voqealar toʻgʻrisida tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislarini va foyda oluvchini xabardor qilish;
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishincha davlat aktivlarini boshqarish muassislarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan topshiriqlari va koʻrsatmalarini bajarish;
(14-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning kuzatuvchi kengashi va qatnashchilarning umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan masalalar boʻyicha qonunda belgilangan tartibda ovoz berish siyosatini tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislari bilan kelishish;
(14-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketlari begonalashtirilishi toʻgʻrisida davlat aktivlarini boshqarish muassislarining bildirishnomasi olinganda ikki ish kuni mobaynida uni ularning “depo” hisob raqamiga oʻtkazish;
(14-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tashkil etish kunida oʻzining qayta tashkil etilishi fakti toʻgʻrisida tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislarini xabardor qilish;
(14-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat aktivlarining boshqarish muassislari huquqiy voris bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda davlatga tegishli aksiyalar paketi ikki kun muddatda ularga qaytarilishi kerak;
(14-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
unga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida unga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
har chorakda davlat aktivlarining boshqarish muassislari va foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligiga Davaktiv agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida hisobot taqdim etish.
(14-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ishonchli boshqaruvchi davlat aktivlarining boshqarish muassislari bilan kelishmasdan xoʻjalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa qatnashchilarning vakili boʻlishi mumkin emas.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Davlat aktivlarining boshqarish muassislari va respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligining huquq va majburiyatlari
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat aktivlarining boshqarish muassislari va respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligi quyidagi huquqlarga ega:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda davlat aktivi ishonchli boshqaruvga berilgan korxona faoliyati toʻgʻrisida ishonchli boshqaruvchidan maʼlumotlar va hisobotlar olish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ishonchli boshqaruvchiga shartnoma shartlarini bajarish, foyda oluvchi — davlat uchun noxush oqibatlarni bartaraf etish, shuningdek agar ishonchli boshqaruvchi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yuz berganligi isbot qilinmasa, shartnoma shartlari buzilgan taqdirda moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishi boʻyicha talablar qoʻyish.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat aktivlarining boshqarish muassislari quyidagilarga majbur:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
ishonchli boshqarish shartnomasi zarur darajada bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
uchinchi shaxslarning majburiyatlari biriktirilmagan va istalgan boshqa usul bilan begonalashtirilmagan (doimiy ravishda yoki vaqtincha) davlat aktivini ishonchli boshqaruvga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulkini boshqarish boʻyicha qonun hujjatlariga asosan davlat aktivlarining boshqarish muassislariga berilgan huquqlarga muvofiq ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga koʻmaklashish;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchiga koʻrsatmalar berish;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli boshqarish shartnomasiga va qonunchilikka muvofiq ishonchli boshqaruvchiga mukofot toʻlash;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat aktivlarini begonalashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida (oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi yoki Davaktiv agentligining yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining davlat aktivlarini boshqa korxonaning ustav fondiga berish toʻgʻrisida buyrugʻi chiqarilganligi haqida) ishonchli boshqaruvchini bunday qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda xabardor qilish.
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
V. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ishonchli boshqaruvchiga boshqarish xizmatlari koʻrsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli, agar shartnomada oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli yil natijalari boʻyicha, shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash uning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Davaktiv agentligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida davlat aktivlarini boshqarishi samaradorligiga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
19. Ishonchli boshqaruvchi oʻzi kuzatuvchi kengashi aʼzosi boʻlgan jamiyat mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha ravishda taqdirlanishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash miqdori jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
VI. Tomonlarning javobgarligi
20. Ishonchli boshqaruvchi:
oʻziga ishonib topshirilgan aktivlarning saqlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
agar ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch yoxud Davlat aktivlarini boshqarish muassislarining xatti-harakatlari oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, oʻz harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq hisobot va axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1751-moddasi.
21. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarishda davlatning manfaatlari toʻgʻrisida zarur tarzda gʻamxoʻrlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vaqtida yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani qonunda belgilangan tartibda davlatga toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ishonchli boshqaruvchi (uning rahbari) va davlat aktivlarining boshqarish muassislari oʻz majburiyatlari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda, quyidagi shakllarda javob beradi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
ishonchli boshqarish shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish;
oʻzlarining notoʻgʻri xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash (kompensatsiya qilish) (sud qaroriga koʻra);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma intizomi buzilganligi uchun ishonchli boshqaruvchi va davlat aktivlarining boshqarish muassislari mansabdor shaxslarining javobgarligi;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
javobgarlikning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllari.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Ishonchli boshqarish huquqini toʻxtatish
23. Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda toʻxtatilishi mumkin:
a) tomonlardan birining:
shartnoma muddati tamom boʻlishi;
boshqa tomon oʻz majburiyatlarini bajarmasligi yoki zarur tarzda bajarmasligi;
jamiyat yoki ishonchli boshqaruvchining qayta tashkil etilishi, tugatilishi, bankrot deb eʼtirof etilishi;
davlatning shartnoma boʻyicha foyda olishni rad etishi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvni amalga oshirish mumkin emasligi sababi bilan ishonchli boshqaruvchining boshqarishning amalga oshirishni rad etishi munosabati bilan shartnomani toʻxtatish toʻgʻrisida sabablari asoslangan arizasi. Shartnoma ariza taqdim etilgan paytdan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi.
b) davlat aktivlarini begonalashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi. Ushbu holatda shartnoma, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalar paketlarini boshqarishda — davlatga tegishli aksiyalar paketi uning boshqarish muassisining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchining “depo” subhisobvaragʻidan uning hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan boshlab, Davaktiv agentligining yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining aksiyalar paketi (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilishi toʻgʻrisida buyrugʻi chiqqan paytdan boshlab;
(23-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ulushlarni boshqarishda — tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislari tomonidan ishonchli boshqaruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, ulush (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilganligi haqida Davaktiv agentligining yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining buyrugʻi chiqqanligi toʻgʻrisida xabardor qilingan paytdan boshlab;
(23-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etgan, u huquqiy layoqatsiz, huquqiy layoqati cheklangan yoki dom-daraksiz ketgan deb eʼtirof etilgan taqdirda bekor qilingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
v) Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin.
(23-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi (“Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish”).
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilishi toʻxtagandan keyin davlat aktivlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 31-modda) 1-bandining toʻrtinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilova 8-bandining “g” kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilova II boʻlimining 8-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda) 5-ilova 3-bandining “e” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
2. 3-ilova 9-bandining oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda; 2009-y., 52-son, 568, 578-moddalar; 2011-y., 37-son, 381-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda; 2013-y., 33-son, 438-modda; 2014-y., 27-son, 329-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda, 17-son, 176-modda; 2017-y., 1-son, 14-modda, 25-son, 543-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 04.07.2019-y., 09/19/544/3376-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son; 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/280/0424-son; 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/538/0862-son, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)