Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH AʼLOCHISI” KOʻKRAK NISHONINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining masʼuliyatli va murakkab mehnatini moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash tizimini takomillashtirish, oʻz hayotini oliyjanob ishga — insonning sogʻligʻi va hayoti toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlagan tibbiyot xodimlari faoliyatining obroʻ-eʼtibori va ijtimoiy ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va ularga guvohnoma blankalari tayyorlanishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2021-y., 09/21/643/0959-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-oktabr,
209-son
“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi”
koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar mukofotlanadi.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mazkur Nizomning birinchi bandida koʻrsatilgan xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 5-oktabrdagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
2006-yil 5-oktabrdagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi”
koʻkrak nishonining
TAVSIFI
koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni sariq rangdagi jezdan tayyorlanadi va 34 mm diametrli doiradan iborat boʻladi. Nishonning qalinligi 2 mm.
Koʻkrak nishonining old tomonida markazda orqadan taralayotgan quyosh nurlarida tibbiyot xodimlarining ramzi – ilon chirmashgan jom tasvirlangan, qoʻyi cheti boʻylab — “SOGʼLIQNI SAQLASH AʼLOCHISI” yozuvi bitilgan lenta bor.
Soʻl va oʻng yon tomonlarda — dafna novdasi joylashgan. Yuqori qismida, uchida sakkiz burchakli yulduz joylashgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida markazda nishon uning yordamida qaytarma yoqaga mahkamlanadigan toʻgʻnagʻich bor.
Tasvir va yozuv — qabariq.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 397-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2021-y., 09/21/643/0959-son)