Hujjat 08.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
BAʼZI RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGASHLARI TARKIBLARI HAMDA ULARNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Respublikaning baʼzi komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tenderlar oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi tugatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy soha muassasalarini, maxsus isteʼmolchilar va davlat rezervini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash Tartibiga oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Baʼzi qonun hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin hamda ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyul,
PQ-423-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2006-yil 21-iyuldagi
PQ–423-son qaroriga
5-ILOVA
I. Baʼzi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovasining 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarorining 1-ilovasidagi “V.A. Golishev — Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari” soʻzlari “B.A.Xoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qonun hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 22-iyundagi 309-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 32-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 4 va 5-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 6-ilovaning 10-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorning 1-ilovasi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 25 va 31-ilovalar.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yigirma birinchi xatboshi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 16-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oʻn ikkinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; 2008-y., 40-41-son, 407-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda, 26-27-son, 288-modda; 2013-y., 30-son, 386-modda, 36-son, 477-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)