1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.01.00 Kredit uyushmalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
KREDIT UYuShMALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-iyunda 1586-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-sonli “Kredit uyushmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2084, 01.03.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 17 va 50-moddalari hamda “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 5, 6, 7 va 10-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kredit uyushmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Markaziy bankning 2002-yil 25-maydagi 14/23-sonli qaror va u bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmasi ustav fondining eng kam miqdorini, ro‘yxatga olish yig‘im miqdorini, ijro etuvchi organ rahbariga malakaviy talablarni, kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish va ro‘yxatga olish shakllari va tartibini hamda kredit uyushmasining a’zosi tomonidan pay badalini to‘laganligi haqidagi sertifikat shakli to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi nizom (2002-yil 21-iyun ro‘yxat raqami 1151) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-may,
11 / 9-son
Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 13-maydagi 11/9-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Kredit uyushmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida
I. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar
1. Kredit uyushmalari ustav fondining eng kam miqdori quyidagicha o‘rnatiladi:
50 ming AQSh dollari ekvivalentida — Toshkent shahrida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun;
25 ming AQSh dollari ekvivalentida — boshqa aholi punktlarida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun.
Ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti muassislar tomonidan kredit uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi matnda — Markaziy bank) kursi asosida belgilanadi.
2. Ustav fondi mazkur Nizomda kredit uyushmalariga o‘rnatilgan miqdordan kam bo‘lgan kredit uyushmalari ushbu Nizom kuchga kirgan kunidan boshlab bir yil davomida ustav fondining miqdoriga qo‘yilgan talablarni bajarishlari lozim.
3. Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan kredit uyushmasining ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Kredit uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytigacha ustav fondi mablag‘larini to‘plash uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi.
Vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i kredit uyushmasining vakolatli vakili arizasi asosida ochiladi.
Pay badallari kredit uyushmasi a’zolari tomonidan ustav fondini shakllantirish uchun kredit uyushmasi nomiga tijorat bankida ochilgan vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘iga shaxsan topshiriladi.
Markaziy bankka kredit uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgandan so‘ng va kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olgunga qadar, banklarda ochilgan vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘iga qo‘shimcha pul mablag‘larini qo‘yish yoki jamg‘arilgan pul mablag‘larini qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatilgan mablag‘lardan depozit sifatida foydalanish mumkin.
Kredit uyushmasini ro‘yxatga olish rad etilgan hollarda vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘idagi mablag‘lar muassislarga qaytariladi.
II. Ro‘yxatga olish uchun yig‘im
5. Kredit uyushmasi davlat ro‘yxatiga olingani uchun to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
6. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etishdan avval kredit uyushmasini davlat ro‘yxatiga olish uchun yig‘im Markaziy bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
7. Kredit uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan holda to‘langan yig‘im Markaziy bank tomonidan uch kun ichida muassislarga qaytarilishi kerak.
III. Hujjatlarni taqdim etish tartibi
8. Muassislar tomonidan kredit uyushmasi manfaatlarini va Markaziy bankning davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hamda litsenziya berishga doir talablarini bajarishga vakolatli shaxsni tayinlaydilar. Mazkur shaxsning vakolatlari muassislar umumiy yig‘ilishining bayoni bilan belgilanadi.
9. Vakolatli shaxs muassislar umumiy yig‘ilishi tomonidan kredit uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 90 kundan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning hududiy boshqarmasiga kuyidagilarni taqdim etadi:
joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza;
muassislar umumiy yig‘ilishining kredit uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomasi;
kredit uyushmasining ustavi;
kredit uyushmasi faoliyatining biznes-rejasi;
yuridik shaxslar — muassislarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
kredit uyushmasining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
ro‘yxatga olish yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati.
10. Taqdim etilgan biznes-reja quyidagi hollarda ishonchli emas deb hisoblanadi, agarda:
kredit uyushmasi faoliyatini rivojlantirish strategiyasi va asosiy yo‘nalishlari to‘liq ochib ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
moliyaviy istiqbollar (taxminiy buxgalteriya balansi, yangi a’zolarni jalb etish rejasi, depozit mablag‘larini shakllantirish rejasi) buzib tuzilgan hamda kredit uyushmasi faoliyatining mo‘ljallangan strategiyasiga mos kelmasa.
11. Hajmi bir varaqdan ziyod bo‘lgan, taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yig‘majild shaklida tikilgan bo‘lishi lozim.
12. Markaziy bankning hududiy boshqarmasi taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini to‘liqligini mazkur Nizom talablariga muvofiq uch kun muddatda o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kredit uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va unga litsenziya berish masalasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
13. Davlat ro‘yxatiga olish bilan bir vaqtda kredit uyushmasiga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-sonli ilova shakliga muvofiq litsenziya beriladi.
14. Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida kredit uyushmasi o‘z faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim.
15. Litsenziya olingandan so‘ng, Markaziy bankning hududiy boshqarmasi vakolatli shaxsni kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soluvchi, kerakli huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi.
16. Kredit uyushmasini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bank quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi yuridik yig‘majildni rasmiylashtiradi:
joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza;
muassislar umumiy yig‘ilishining kredit uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomasi;
kredit uyushmasi ustavi (ustki qismiga Markaziy bank vakolatli mansabdor shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qo‘yilgan holda);
Kengash raisi imzolagan muassislar ro‘yxati va ular tomonidan to‘langan pay badallari miqdori;
Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasini davlat ro‘yxatiga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori;
kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya;
kredit uyushmasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi karta (2-sonli ilova).
17. Yuridik yig‘majild Markaziy bank tomonidan uch nusxada tayyorlanadi:
bir nusxasi kredit uyushmasi Kengash raisiga imzo qo‘ydirilgan holda topshiriladi va u yuridik hujjatlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus joyda saqlanishi lozim;
bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadi;
bir nusxasi kredit uyushmasi joylashgan manzili bo‘yicha Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
IV. Kredit uyushmasi a’zolik sertifikati shakli va uni berish tartibi
18. Shaxsning kredit uyushmasiga a’zo ekanligini tasdiqlovchi hujjat certifikati hisoblanadi (3-sonli ilovaga muvofiq beriladi). Sertifikat kredit uyushmasi rahbari tomonidan imzolanadi va uning imzosi kredit uyushmasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Sertifikatning ilovasi kredit uyushmasi a’zosi tomonidan kiritilgan pay badali miqdorini belgilaydi hamda sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi.
Sertifikatning ilovasi bosh buxgalter imzosi hamda uyushma muhri bilan tasdiqlanadi.
Kredit uyushmasi a’zosining — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning — ismi sharifi o‘zgarganida, berilgan sertifikat bekor qilinadi va kredit uyushmasiga a’zo bo‘lgan sanasi ko‘rsatilgan holda yangi shakldagi sertifikat beriladi.
19. Pay badallarini to‘laganlik va kredit uyushmasiga a’zo bo‘lganlik sertifikati kredit uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng beriladi.
20. Yangi tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun badallarni to‘langanlik tasdig‘i bo‘lib, vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘iga pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bank ko‘chirmasi hisoblanadi.
V. Kredit uyushmasi Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
21. Kredit uyushmasi Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
22. Ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida Markaziy bankka quyidagi hujjatlar 3 nusxada taqdim etiladi:
kredit uyushmasi Kengashi raisi imzosi bilan ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi kredit uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi;
kredit uyushmasi Kengash raisi tomonidan imzolangan kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matni.
23. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom va qonunchilik talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va mazkur Nizom talablariga javob bermagan holda, hujjatlar kredit uyushmasiga qayta ishlab chiqish uchun qaytariladi.
24. Markaziy bankning Kredit tashkilotlarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasi (keyingi matnda – Komissiya) tomonidan kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng, kredit uyushmasi ustavi ustki qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadigan kredit uyushmasining yuridik yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Komissiyaning o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qilingan majlis bayonnomasidan ko‘chirma bilan birga kredit uyushmasi joylashgan manzil bo‘yicha Markaziy bank hududiy boshqarmasiga va kredit uyushmasiga ularda saqlanadigan yuridik yig‘majildiga tikib qo‘yish uchun yuboriladi.
25. Kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
VI. Kredit uyushmasi filialini tuzish tartibi
26. Filial uni tuzgan kredit uyushmasi tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadi. Filial nomlanishi “filial” so‘zi ko‘rsatilgan holda uni tuzgan kredit uyushmasi nomi bilan mos kelishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan kredit uyushmasi filliallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar.
Kredit uyushmasi filiali qonunchilikka muvofiq kredit uyushmasi Kengashi qaroriga binoan Markaziy bankda hisobga olingan holda tuziladi (yoki tugatiladi).
27. Filial o‘z faoliyatini kredit uyushmasi Kengashi tasdiqlagan filial to‘g‘risidagi Nizom va kredit uyushmasiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
28. Kredit uyushmasi quyidagi shartlarga rioya qilgan holda filial tuzishi mumkin:
kredit uyushmasining moliyaviy ahvoli qoniqarli bo‘lishi;
kredit uyushmasi qonunchilik va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga rioya etishi;
kredit uyushmasi kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega bo‘lishi;
filial ochayotgan kredit uyushmasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab kamida ikki yil davomida o‘z faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalar mavjudligi.
29. Mazkur Nizom maqsadlari uchun kredit uyushmasining moliyaviy holati quyidagi holatlarda qoniqarli hisoblanadi:
kredit uyushmasi o‘z faoliyatining joriy yil natijalariga ko‘ra sof foyda olishi;
muddati o‘tgan kreditlarning summasi oxirgi olti oy davomida kredit uyushmasining kredit portfeli hajmining 10%dan yuqori bo‘lmasligi;
kredit uyushmasining kapitali ustav fondi va tekinga olingan mulklarni chegirgandan so‘ng oxirgi olti oy davomida kredit uyushmasi aktivlarining kamida 10% ni tashkil etishi.
30. Kredit uyushmasi filialini hisobga olish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami taqdim etiladi:
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tuzish to‘g‘risidagi ariza;
filialni tuzish to‘g‘risidagi kredit uyushmasi Kengashining qarori;
kredit uyushmasi tomonidan beriladigan vakolatlar doirasidagi huquq va majburiyatlar ko‘rsatilgan filial to‘g‘risida Nizom;
filial rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
31. Filialni tuzish uchun taqdim etilgan hujjatlar to‘plami Markaziy bank tomonidan 30 kalendar kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar to‘liq hamda qonunchilik talablariga va mazkur Nizomning 28-bandiga muvofiq kelsa, shuningdek kredit uyushmasi tomonidan barcha zarur tashkiliy-texnik chora-tartiblar bajarilgan holda, Kredit tashkilotlarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga kredit uyushmasi filialini hisobga olish masalasi kiritiladi. Agar taqdim etilgan hujjatlar to‘plami ushbu Nizom va qonunchilik talablariga zid bo‘lsa, hujjatlar to‘plami sabablar ko‘rsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatlar qaytadan taqdim etilganda, Filial to‘g‘risidagi nizom kredit uyushmasi Kengashi tomonidan qaytadan tasdiqlanishi kerak.
32. Kredit uyushmasi filialini hisobga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda keyinchalik buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan holda hamda filialning faoliyati natijasida kredit uyushmasining moliyaviy holati og‘irlashganda Markaziy bank kredit uyushmasidan mazkur filialni tugatishni talab qilishi mumkin.
33. Kredit uyushmasining filiali joylashgan manzili bo‘yicha qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda bankda hisobvarag‘ini ochadi va qonunchilikka hamda kredit uyushmasining filial to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq hisob-kitob va kassa xizmatini olib boradi.
VII. Litsenziya yo‘qotib qo‘yilganligi uchun dublikat berish
34. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga litseziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. Litsenziat litsenziya dublikati olish uchun litsenziyalovchi organga, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda litsenziya dublikati berish to‘g‘risida ariza taqdim etadi.
Kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun ______- sonli Litsenziya
200__ y. “___” __________
Toshkent sh.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 20____ yil “____” ___________dagi _________-sonli qaroriga muvofiq ____________________________________________________________________________________________________
(Kredit uyushmasining to‘liq nomi)
_____________________________________________________________________________________ kredit uyushmasi
(pochta manzili va boshqa rekvizitlar)
O‘zbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu litsenziya belgilanmagan muddat davomida amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu litsenziya amal qilishini to‘xtatib qo‘yishi, to‘xtatishi yoki O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Kredit uyushmalar to‘g‘risida”gi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda uni bekor qilishi mumkin.
Kredit uyushmasi 20____ yil “____” ___________ da ______-raqam ostida kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish Davlat kitobiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari
_____________________ (ismi- sharifi )
(M.O‘.)
_____________________ (imzo)
Seriya AA № 000000.
Kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Kredit uyushmasini ro‘yxatga olish kartasi
Kredit uyushmasining nomi
Pochta manzili:
Litsenziya raqami va berilgan sanasi
Kredit uyushmasi Kengashi raisi
Telefon raqami
Kredit uyushmasining ijro etuvchi organ rahbari
Telefon raqami
Bosh buxgalter
Telefon raqami
Ro‘yxatga olish sanasiga asosiy ko‘rsatkichlar
Ustav fondi summasi
A’zolar soni, shulardan: yuridik shaxslar jismoniy shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari
___________y.
Kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Kredit uyushmasiga a’zolik to‘g‘risida __ - sonli SERTIFIKATI № _____________________ (a’zo tartib raqami)
yuqorida ko‘rsatilgan kredit uyushmasining a’zosi deb _______________________________________hisoblanadi.
(kredit uyushmasiga a’zo bo‘lgan sana)
Imzo: ____________________________________ (kredit uyushmasi rahbari)
Muhr
Seriya _____ №________
Kredit uyushmasiga a’zolik to‘g‘risida ______– sonli Sertifikatiga ILOVA
Pay badali miqdorini kiritgan (o‘zgartirgan) sana
Pay badali qoldig‘i
A’zo imzosi
Bosh buxgalter imzosi (muhr)
PAY BADALI MIQDORI
Kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Biznes-rejani ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar
I. Umumiy ma’lumot
Kredit uyushmasining firma nomini va manzilini ko‘rsatib o‘ting.
II. Kredit uyushmasining faoliyati tavsifi
Kredit uyushmasining asosiy faoliyat yo‘nalishini ko‘rsating.
Kredit uyushmasining mo‘ljallangan xizmatlar ro‘yxatini va ularni amalga oshirish rejasini ko‘rsating. Mo‘ljallangan xizmatlarni qisqacha tavsifi hamda ularni omonatlar, kreditlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha tasnifini taqdim eting.
Xizmatlarni amalga oshirish rejasini taqdim eting. Mo‘ljallangan xizmatlarni joriy etish strategiyasini tavsiflab bering. Kredit uyushmasi a’zolariga xizmatlar ko‘rsatishga doir mavjud usullarini ko‘rsating (ommaviy axborot vositalarida reklamalar joylashtirish, ilmiy seminarlar va yig‘ilishlar o‘tkazish yo‘li bilan).
III. Rahbariyat va boshqarish
Kredit uyushmasining muassislari rahbarlari va kengash a’zolari, ijro etuvchi organi haqida ma’lumot keltiring:
kredit uyushmasining barcha muassislari va kengash a’zolarining nomlari va manzillari;
kredit uyushmasining ijro etuvchi organi a’zolarini hamda bosh buxgalter nomlari va manzillari;
vakil shaxsning ismi-sharifi va manzili.
Kengash a’zolari, ijro etuvchi organ, kredit qo‘mitasi va taftish komissiyasining tashkiliy tarkibi va majburiyatlarini tavsiflab bering.
IV. Bozor tahlili
Xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallanayotgan bozorni tahlil qiling. Sizning tashkilotingiz xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bozorni iqtisodiy jihatdan tavsiflab bering. Bozorda kutilayotgan o‘zgarishlarni, bunday o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillarni va ularning tuzilayotgan kredit uyushmasiga ta’sirini tavsiflab bering. Tahlil oxirgi iqtisodiy ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan bo‘lishi shart.
Ko‘zda tutilayotgan xizmat ko‘rsatish bozoridagi raqobatni tahlil qilib chiqing. Siz xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bozor segmenti (bo‘g‘imi)dagi raqobatchilarni, mazkur bozorga ta’sir o‘tkaza oladigan tashqi raqobatchilarni, shuningdek, boshqa potensial raqobatni sanab o‘ting. Ularning bozor strategiyasi tahlili hamda o‘zingizning o‘zlashtirishingizni va tuzilayotgan kredit uyushmasiga kutilayotgan ta’sirini tavsiflab bering.
V. Maqsad va rejalar
Bozor tahlilida, yangi kredit uyushmasini maqsad va prognozlarni o‘rnatilishida foydalanilgan asosiy prognoz taxminlarini tushuntiring va taqdim eting. Eng kamida quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
Bozor o‘sishi, foiz stavkalari, resurslar qiymati, raqobat;
Aktiv va majburiyatlar tarkibi. Moliyaviy prognoz hisobotlar aktiv va majburiyatlar tarkibini, asosiy vositalarga bo‘lgan investitsiyalarni hamda xodimga berilgan kompensatsiya (to‘lov)larni ko‘rsatishlari lozim. Ular bozor tahlili va strategiyalarda aks ettirilgan tahminlarga asoslanishi shart.
VI. Kapitalizatsiya
Tanlab olingan strategiya va rejalashtirilgan xarajatlarga, tashqi sharoitga ko‘proq muvofiq keluvchi, taxmin qilinayotgan kapital tarkibini taqdim eting.
Kapitalning o‘sish rejasini va birinchi uch yilda moliyaviy o‘sish faoliyatini tasvirlab bering.
VII. Kredit uyushmasini tuzishga manfaatdor bo‘lgan shaxslar guruhlarini o‘rganish
Har bir potensial kredit uyushmasi mahalliy aholining kredit uyushmasi faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini, shuningdek, kredit uyushmasining potensial a’zolarini aniqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazadi. Tadqiqotlar natijalari taxminiy bo‘lib, yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Alohida hollarda kredit uyushmasining potensial homiylarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 243-modda)