Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 21 DEKABRDAGI 276-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ilova ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
121-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 20-iyundagi 121-son qaroriga
ILOVA
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi

‎Mehnatga haq toʻlash razryadlari‎
Tarif koeffitsiyentlari‎
1‎ 2,896‎
2‎ 3,186‎
3‎ 3,504‎
4‎ 3,855‎
5‎ 4,240‎
6‎ 4,664‎
7‎ 5,131‎
8‎ 5,695‎
9‎ 6,322‎
10‎ 7,018‎
11‎ 7,718‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 234-modda)