|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2005
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL BOShQARMASI TUZILMASINI, ShTATLAR JADVALINI VA BOShQARMA TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyotni boshqarishning funksional tizimini yanada takomillashtirish va respublika Hukumati apparatida axborot-tahlil ishlari darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tuzilmasi, shtatlar jadvali va boshqarma toʻgʻrisidagi nizom 1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-fevral,
81-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tuzilmasi
* Hammasi — 30 shtat birligi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining
ShTATLAR JADVALI
|
Lavozimi nomi |
Shtat birligi |
Tarif setkasi |
| Boshqarma boshligʻi |
1 |
19 |
| Boshqarma boshligʻi yordamchisi |
1 |
16 |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari— boʻlim boshligʻi |
2 |
18 |
| Shuʼba mudiri |
5 |
17 |
| Bosh mutaxassis |
11 |
16 |
| Yetakchi mutaxassis |
9 |
15 |
| Kotiba—ish yurituvchi |
1 |
9 |
| Jami: |
30 |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Boshqarma” deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
2. Boshqarma faoliyati bozor islohotlarining axborot-tahlil taʼminotini amalga oshirishga, markaziy iqtisodiyot idoralari va tarmoq boshqaruv organlarining makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishdagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirishga, qisqa muddatli davrda makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar hamda oʻrta muddatli va uzoq muddatli davrlarda iqtisodiy islohotlar strategiyasining variantlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, maʼmuriy islohotlarni amalga oshirishga, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan.
3. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati tuzilmasiga kiradi. Boshqarma ijro intizomi masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga hisobot beradi.
II. Boshqarmaning vazifalari
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yoʻnalishlar boʻyicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar boʻyicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini taʼminlash, maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan oʻzgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash;
makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar boʻyicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish.
III. Boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari
6. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik soʻrovlar maʼlumotlarini soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni soʻrash;
Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish;
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish;
qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi boʻyicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar boʻyicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish.
7. Boshqarma quyidagilarga majbur:
mamlakat tarmoqlari va mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tendensiyalarni tavsiflovchi tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshirigʻiga binoan Hukumatning ayrim qarorlari va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek maqsadli va kompleks dasturlar bajarilishi monitoringini iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlarini va hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq holda amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshirish;
eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha Hukumat qarorlari, tarmoq dasturlari va mintaqaviy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish.
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
8. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
boshqarma boshligʻi;
boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — makroiqtisodiy rivojlantirish tahlili va strategiyasi boʻlimi boshligʻi;
budjet-soliq, kredit siyosati va pul muomalasi shuʼbasi;
xususiylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shuʼbasi;
aholi turmush darajasi shuʼbasi;
boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari boʻlimi boshligʻi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
tarmoqlar va mikroiqtisodiy rivojlantirish dasturlari shuʼbasi;
boshqarma boshligʻining yordamchisi.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek boshqarmaga hisobot beradi.
10. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozimga boshqarma boshligʻi bilan kelishgan holda tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tayinlanadilar.
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
11. Boshqarma oʻz ishini Vazirlar Mahkamasi rahbariyati bilan kelishilgan va boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan yillik va choraklik ish rejalari asosida tashkil etadi.
12. Boshqarma oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va kotibiyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Markaziy bank va tijorat banklari hamda boshqa bozor infratuzilmasi institutlari tomonidan taqdim etiladigan statistik va boshqa materiallar, muammolarni mustaqil ravishda oʻrganish, shuningdek xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan uzviy aloqa asosida amalga oshiradi.
13. Boshqarmaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
14. Boshqarma boshligʻi:
boshqarmaga yuklangan vazifalarning hal etilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga boshqarmaning axborot-tahliliy faoliyati davomida erishilgan natijalar toʻgʻrisida axborot beradi;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari — boʻlimlar boshliqlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi.
boshqarma boshligʻi oʻziga va boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Boshqarma faoliyatining joriy masalalari, shu jumladan boshqarma mutaxassislarining xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik loyihalarida va axborot-tahliliy tadqiqotlarda qatnashishi uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan tarmoqlarda va mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi boʻyicha qabul qilingan qarorlarning sifatli bajarilishini talab qilish, shuningdek ularning bajarilishi boʻyicha tezkor va statistik axborotlarni soʻrash;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga boshqarmada ishlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar toʻgʻrisida va boshqarma xodimlarining lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Boshqarma boshligʻi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega.
15. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “32” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
“3. Quyidagilar Axborot-tahlil boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yoʻnalishlar boʻyicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar boʻyicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini taʼminlash, maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan oʻzgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash;
makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar boʻyicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va boʻlimlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish.
4. Axborot-tahlil boshqarmasiga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik soʻrovlar maʼlumotlarini soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni soʻrash;
Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish;
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish;
qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi boʻyicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar boʻyicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 94-modda)