|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.05.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari eng muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish monitoringini muvofiqlashtirish sohasida uning zimmasiga yuklangan qoʻshimcha vazifalar va funksiyalarga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining cheklangan soni 165 shtat birligidan iborat boʻlgan markaziy apparati (xizmat koʻrsatish xodimlaridan tashqari) tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi oʻzgarganligini eʼtiborga olgan holda uning faoliyatini joriy taʼminlashga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-avgustdagi PQ-148-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-iyul,
PQ-398-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 249-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 257-modda)