|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Hujjat 06.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 1-ilovasining 264-pozitsiyasi olib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-ilovasining “Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi:
“Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” va “Savdo” hududiy AK” soʻzlari olib tashlansin;
“Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyun,
PQ-369-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 205-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda)