Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
“OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
KOMMUNAL XIZMATLARGA TARIFLARNI ShAKLLANTIRIShDA XARAJATLAR TARKIBINI ANIQLASh VA RENTABELLIKNING ChEKLANGAN DARAJASINI JORIY ETISh BOʻYIChA NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 1-mayda 1566-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2198, 19.02.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 39-modda) va 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-sonli “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda) farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) va 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 2000-y., 9-son, 61-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 2001-y., 4-son, 23-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom” (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 3-iyuldagi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 51, 4-2/4-3-253, 01-629-sonli va “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom toʻgʻrisida”gi qarori (2001-yil 4-avgust, roʻyxat raqami 1059 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-yil, 15-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 6-oktabrdagi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi 112, 11, 01-1053-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 13-oktabr, roʻyxat raqami 1059-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-mart,
31-son
Iqtisodiyot vazirligi birinchi oʻrinbosari U. ROZUQULOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-mart,
1-son
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-mart,
02-317-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 154-modda; 2006-y., 43-44-son, 438-modda; )