Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2008
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUG‘I
SUG‘URTALOVChILARNING ALOHIDA SUG‘URTA TAVAKKALChILIKLARI BO‘YIChA MAJBURIYATLARI, JAMI MAJBURIYATLARNING YO‘L QO‘YILADIGAN ENG KO‘P HAJMI VA TO‘LOV QOBILIYATI ME’YoRLARINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 22-aprelda 1565-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-sonli “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1806, 12.05.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 10-son, 69-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1998-yil, 7-son, 24-modda) asosan buyuraman:
1. Sug‘urtalovchilarning alohida sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha majburiyatlari, jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p hajmi va to‘lov qobiliyati me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* binoan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgandan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 19-yanvardagi 18-sonli Sug‘urtalovchilarning aktiv va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i (2004-yil 16-mart, ro‘yxati raqami 1328) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-fevral,
10-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 144-modda)